1-Laboratoriya ishi
Mavzu: An’anviy o’qitish.Noan’anaviy o’qitish texnologiyalari
Ishdan maqsad: Talabalar mavzu bo’yicha bilim va ko’nikmalarini shakjjantirish.Olingan bilimlarni amaliyotda qollash
Kutilayotgan natija:Talaba yuqoridagi mavzu bo’yicha bilim va ko’nikmalarga,tajribalarga ega boladilar
Metodik ko’rsatmalar:
An`anaviy va noan`anaviy o`qitish modellari. An`anaviy dars o`tishning asosiy tarkibiy qismlari. An`anaviy darsning afzalliklari. Noan`anaviy darsning tafsilotlari
An`anaviy va noan`anaviy o`qitish modellari. An`anaviy dars o`tishning asosiy tarkibiy qismlari. An`anaviy darsning afzalliklari. Noan`anaviy darsning tafsilotlari.
Nazariy qism:
An`anaviy dars — muayyan muddatga mo`ljallangan, ta`lim jarayoni ko`proq o`qituvchi shaxsiga qaratilgan, mavzuga kirish, yoritish, mustahkamlash va yakunlash bosqichlaridan iborat ta`lim modelidir. O`quv materiali yangi va ancha murakkab bo`lganda, an`anaviy dars — ko`p hollarda ta`lim jarayonining birdan — bir metodi bo`lib qolmoqda.
Ma`lumki, an`anaviy darsda ta`lim jarayonining markazida o`qituvchi turadi. SHu bois, ba`zida an`anaviy darsni markazida o`qituvchi turgan o`qitish usuli deb ham atashadi.
An`anaviy dars o`tish modelida ko`proq ma`ruza, savol —javob, amaliy mashq kabi metodlardan foydalaniladi. SHu sabab, bu hollarda an`anaviy dars samaradorligi ancha past bo`lib, o`quvchilar ta`lim jarayonining passiv ishtirokchilariga aylanib qoladilar.
An`anaviy dars o`tishda mashg`ulotning bosqichlarini quyidagicha rejalashtirish mumkin.
1. Kirish. O`tilgan materialni takrorlash; darsning maqsadini tushuntirish; yangi darsning mavzusi va mashg`ulot rejasi bilan tanishtirish
2. YAngi mavzuni yoritish. YAngi mavzuni kichik — kichik bo`lakchalarga bo`lib berish; rang —barang misollarni imkoni boricha ko`rgazmali taqdim qilish; mavzudan chetlashmaslik; materialning murakkab tomonlarini qayta tushuntirish; o`quvchilarning tushunganlik darajasini tekshirib borish; teskari aloqani ta`minlash.
3. «Teta—poya» mashq. Biror misol (yoki masalani) o`quvchilar bilan qadamba — qadam hal qilish va tahlil qilish:
4. Yo`naltirib turiluvchi mashq. O`quvchilar mashq (yoki masalani) mustaqil bajarishadi, o`qituvchi esa ularni nazorat qilib, tuzatish kiritib boradi.
5. Mustaqil bajariladigan mashq. O`quvchilar mashqni mustaqil holda o`qituvchi yordamisiz bajarishadi.
6. O`quvchilarning tushunganlik darajasini tekshirish. Nazorat savollari bilan murojaat etish va mavzuni o`zlashtirish darajasini aniqlash.
7. YAkunlash. Dars mavzusining asosiy tushunchalarini va o`quv maqsadlarini jamlash.
`qitishning noan`anaviy modellarini shartli ravishda 3 ga ajratish mumkin.
Bu modellar asosan o`quvchi shaxsiga qaratilgan bo`lib, ularni boshqacha qilib markazda o`quvchi turgan ta`lim modellari deb ham atashadi.
Modellashtirish — real hayotda va jamiyatda yuz berayotgan hodisa va jarayonlarni ixchamlashtirilgan va soddalashtirilgan ko`rinishini (modelini) sinfxonada yaratish va ularda o`quvchilarni shaxsan qatnashishi va faoliyati evaziga ta`lim olishini ko`zda tutuvchi metod.
Hamkorlikda o`rganish modeli—o`quvchilarning mustaqil guruhlarda ishlashi evaziga ta`lim olishini ko`zda tutadigan metod.
O`rganishning tadqiqot modeli — o`quvchilarni muayyan muammoni yechishga yo`naltirilgan, mustaqil tadqiqot olib borishini ko`zda tutuvchi metod.
Noan`anaviy (ta`lim jarayoni markazida o`quvchi bo`lgan) o`qitish metodlarning afzalliklari:
O`qitish mazmunini yaxshi o`zlashtirishga olib kelishi.
O`z vaqtida aloqalarning ta`minlanishi.
Tushunchalarni amaliyotda qo`llash uchun sharoitlar yaratilishi.
O`qitish usullarining turli xil ko`rinishlari taklif etilishi.
Motivatsiyaning yuqori darajada bo`lishi.
`tilgan materialning yaxshi eslab qolinishi.
Muloqotga kirishish ko`nikmasining takomillashishi.
O`z—o`zini baholashning o`sishi.
O`quvchilarning predmetning mazmuniga. o`qitish jarayoniga bo`lgan ijobiy munosabati.
Mustaqil fikrlay oladigan o`quvchining shakllanishiga yordam berishi.
Nafaqat mazmunini o`zlashtirishga yordam bermay, balki tanqidiy va mantiqiy fikrlashni ham rivojlantirishi.
Muammolar yechish ko`nikmalarining shakllanishi.
Noan`anaviy o`qitish metodlari quyidagi kamchiliklarga egadir.
Mashg`ulotga tayyorgarlik uchun juda ko`p vaqt talab etilishi.
O`quvchilarni har doim ham keraklicha nazorat qilish imkoniyatining pastligi.
Juda murakkab mazmundagi material o`rganilayotganda ham o`qituvchi ro-lining past bo`lishi.
«Kuchsiz» o`quvchilar bo`lganligi sababli «kuchli» o`quvchilarning ham past baho olishi.
O`qituvchining o`zi ham yaxshi rivojlangan fikrlash qobiliyatiga va muammolar yechish ko`nikmalariga ega bo`lishining talab etilishi.
Nazorat saavollari :
1. An`anaviy dars o`tishda mashg`ulotning bosqichlari?
2. O’qitishning noan`anaviy modellarining shartlari?
3. An`anaviy vanoan’anaviy o’qitish kamchiliklari?
|