Generativ organlar
Gul
Gul joylashuvi, tuzilishi, vazifasi. Gulda o‘tkazuvchi tizimning ishlash mexanizmi. Gulqo‘rg‘on. Androtsey. Changlanish- avtogamiya, kleystogamiya, dixogamiya, geterostiliya va boshqalar. Ginetsey. Urug‘lanish. Murtakning rivojlanishi. Gul formulasi va diagrammasi. Shiradon (nektardon)ning strukturaviy tuzilishi.
To‘pgullarning morfologik belgilari, biologik ahamiyati. Gulli o‘simliklar rivojlanishining umumiy sxemasi. Gulning kelib chiqishi va evolyusiyasidagi yo‘nalishlar haqida ayrim gipotezalar. Bir uyli, ikki uyli va ko‘p uyli o‘simliklar.
Urug‘ va meva
Urug‘ning rivojlanishi. Meva po‘sti- perikarpiy. Bir pallali va ikki pallali o‘simliklarning urug‘i va murtagi. Endosperm. Perisperm. Chala rivojlangan va reduksiyalangan murtak. Urug‘ning morfologik xillari. Urug‘ning xo‘jalik ahamiyati. Urug‘ sifati, uni baholash usullari. Urug‘larni undirishning zamonaviy usullari. Mevaning hosil bo‘lishi. Geterokarpiya va geterospermiya. Disseminatsiya. Urug‘ va mevalarning inson hayotida tutgan o‘rni.
|