Respublikamizning iqtisodiy tarmog‘ining asosini qishloq xo‘jaligi tashkil etadi. Bundan tashqari, o‘simliklardan olinadigan dorivor mahsulotlar farmatsevtika zavodlari va dorixonalarda keng miqyosda foydalaniladi. Shuningdek, oqava suvlarni har xil chiqindilardan tozalashda o‘simliklardan keng foydalaniladi. Shu bois,o‘simliklarning biologik xususiyatlarini bilish, tabiiy zahiralarini aniqlash, ko‘paytirish va ulardan oqilona foydalanishni bilish zarur masala hisoblanadi. Shuning uchun, ushbu fan asosiy umum kasbiy fani hisoblanib, ishlab chiqarish texnologik tizimining ajralmas bo‘g‘inidir.