Mutahassislik fanlarining tasnifi




Download 49.14 Kb.
bet2/15
Sana29.01.2023
Hajmi49.14 Kb.
#40018
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
5A140100 – Biologiya (turlar bo‘yicha)1
y33jismoniy tarbiya - копия, 10-mavzu. Hayvonot olamining xilma xilligi. (4 soat) r e j a, 26, 1- test, Тер ш касб-хунар паспорт, Mavzu Tasvirga matn joylash Fan Informatika №16 Darsning maqsa-hozir.org (1), Web-sahifalarda Animatsiyalar va ularni o’rnatish-hozir.org, YADAS 2023 2024, Turdiyev Temirbek slide
Mutahassislik fanlarining tasnifi

  1. Botanika fanining nazariy asoslari

Oʻsimlik hujayrasining umumiy tavsifi. Oʻsimlik hujayrasining xayvon hujayrasidan farq qiluvchi asosiy belgilari. Hujayra shirasi, uning tarkibi, uglevodlar, azotli birikmalar, alkaloidlar, oshlovchi moddalar. Osmos hodisasi va uning oʻsimlik hayotidagi ahamiyati. Turgor hodisasi, plazmoliz va uning soʻrish kuchi. Deplazmoliz hodisasi. Hujayraning rivojlanish bosqichlari. Hujayra poʻstining hosil boʻlishi va tuzilishi. Hujayra poʻstining kimyoviy tarkibi. Hujayra poʻstining biologik ahamiyati. Poʻst orqali moddalar harakati. Hujayraning boʻlinish jarayonida plastinka va birlamchi poʻstning shakllanishi. Poʻstning kimyoviy tarkibi. Plazmodesma, pora va uning xillari. Poʻstning ikkilamchi kimyoviy oʻzgarishi. Matseratsiya. Organoidlar. Hujayra oraliq boʻshliqlarining shakllanishi va boʻshliq. Hujayraning boʻlinishi. Hujayraning rivojlanish bosqichlari.
Toʻqima, uning ta’rifi va tasnifi. Initsial hujayralar va ularning faoliyati. Hosil qiluvchi toʻqima-meristema, uning tavsifi va faoliyati. Qoplovchi toʻqima, uning xillari va vazifalari. Birlamchi qoplovchi toʻqima — epidermaning tuzilishi. Ikkilamchi qoplovchi toʻqima — peridermaning hosil boʻlishi va biologik ahamiyati. Yasmiqcha, trixoblast, artixioblastlar, velamen-maxsus qoplovchi toʻqima.
Asosiy (assimilyatsion) gʻamlovchi, shamollatuvchi (aerenxima), soʻruvchi, moddalar harakatini tartibga soluvchi, ajratuvchi, mexanik, oʻtkazuvchi toʻqimalaming turlari, ularning tuzilishi, oʻsimlik tanasida joylashishi, vazifalari, biologik va amaliy ahamiyati.
Ildiz haqida umumiy tushunchalar. Asosiy, yon, qoʻshimcha ildizlar. Ildizning morfologik tuzilishi. Ildizning birlamchi va ikkilamchi anatomik tuzilishi. Ildiz tizimlari. Qishloq xoʻjalik oʻsimliklarida ildiz tizimini shakllantirishning amaliy ahamiyati. Ildiz tizimida ildizlarning yangilanishi va halok boʻlishi. Ildizlar metamorfozi. Ildizmevalarning shakllanishi va ularning morfologik tabiati. Ildizmevalarning biologik va amaliy ahamiyati. Ildiz kasalliklari.
Novdaning umumiy tavsifi va uning xillari. Novdalar tizimining hosil boʻlishi. Kurtak va novdaning qayta tiklanishi. Novda apeksi va a’zolarining hosil boʻlishi. Barg hosil boʻlishi. Interkalyar meristemaning ahamiyati, yon novdaga asos solinishi. Bárglarning joylashuvi, uning qonuniyatlari va asosiy tiplari. Akrotoniya, mezotoniya, bazitoniya haqida tushuncha. Monopodial va simpodial shoxlanish, uning biologik va amaliy ahamiyati. Novdaning ixtisoslanishi va metamorfozi, vazifalari va poyaning morfologik va anatomik tuzilishi. Poya-novdaning oʻq a’zosi ekanligi, uning umumiy tavsifi. Poyaning birlamchi yoʻgʻonlashuvi va oʻsishining tezlashuvi. Kambiyning faoliyati va ikkilamchi yoʻgʻonlashuvga oʻtishi. Stel nazariyasi. Yogʻochlikning tuzilishi, uning tarkibiga kiruvchi elementlar. Yillik halqalar. Bir va ikki pallali oʻsimliklar poyasining tuzilishi va yoʻgʻonlashuvining oʻziga xosligi.
Barg-novdaning yon a’zosi ekanligi, uning ta’rifi, vazifalari. Bargning morfologik tuzilishi, xillari. Geterofilliya hodisasi. Bargning anatomik tuzilishi. Barg mozaikasi. Xazonrezgilik.
Gul va uning ta’rifi, tuzilishi, vazifasi. Gul qismlarining joylashuvi. Gul formulasi va diagrammasi. Gulqoʻrgʻon shakli, vazifasi, kelib chiqishi. Shiradon (nektardon). Gulning rivojlanish bosqichlari. Tojibarglarda gulyaproqlarning shakllanishi. Androtsey. Ginesey. Oʻsimliklarning gullashi va changlanishi. Changlanish omillari. Tuguncha. Urugʻchi. Ginesey evolyutsiyasining asosiy yoʻnalishi. Urugʻmurtak tuzilishi va tiplari. Urugʻmurtakning rivojlanishi va megasporogenez. Murtak qopchigʻi va uning rivojlanishi (megagametogenez).
Toʻpgullarning morfologik belgilari. To‘pgullarning biologik ahamiyati. Gulli oʻsimliklar rivojlanishining umumiy sxemasi. Gulning kelib chiqishi va evolyutsiyasidagi yoʻnalishlar haqida ayrim gipotezalar. Bir uyli, ikki uyli va koʻp uyli oʻsimliklar. Oʻz-oʻzidan changlanishdan himoyalanish: dixogamiya, geterostiliya va boshqalar. Avtogamiya va uning biologik ahamiyati. Kleystogamiya. Gulli oʻsimliklarda urugʻlanish. Urugʻ va mevaning hosil boʻlishi.
Bir pallali va ikki pallali oʻsimliklarning urugʻi va murtagi. Chala rivojlangan va reduksiyalangan murtak. Urugʻning zaxira moddalari. Urugʻning morfologik xillari. Urugʻning xoʻjalik ahamiyati. Tinim holdagi urugʻ. Urugʻning unishi. Urugʻ sifati, sifatini baholash usullari
Oʻsimliklarning koʻpayishi - Yer yuzida tarqalgan oʻsimliklar, jumladan, tuban va yuksak oʻsimliklardagi koʻpayish hodisasi, uning tabiatdagi ahamiyati.
Zamburugʻlar va ularning hozirgi zamon tizimidagi oʻrni. Zamburugʻlarning anatomik va morfologik tuzilishi, ekologiyasi, geografiyasi va hozirgi zamon tizimi.
Suv oʻtlarining sistematikasi va ekologiyasi - morfologik va anatomik tuzilishi, ekologiyasi, geografiyasi va hozirgi zamon tizimi.
Flora va uning nazariy asoslari - Oʻzbekiston florasi va uning turlar tarkibi, rivojlanish qonuniyatlari va turlar xilma-xilligini saqlash.
Yuksak sporali oʻsimliklarning sistematikasi va ekologiyasi - Yoʻsinlar (Вrуорhуtа), psillofitlar (Рsillорhуta), plaunlar (Lусороdioрhуtа), qirqboʻgʻinlar (Еguisetорhуtа), qirqquloqlar (Рtеrорsidа) boʻlimlari va ularning zamonaviy tizimi, oʻziga xos belgi va xususiyatlari.
Urugʻli oʻsimliklar sistematikasi va ekologiyasi - Qaragʻaytoifalar (Рinорhуtа) va magnoliyatoifalar (Маgnоliорhуtа) boʻlimi vakillari, ularning zamonaviy tizimi, oʻziga xos belgi va xususiyatlari, Oʻzbekiston florasida tutgan oʻrni.
Oʻsimliklarning hayotiy shakllari - Oʻsimliklarning hayotiy shakllarining zamonaviy tizimi. Raunkiyer va Serebryakov tizimlari.
Gullash biologiyasi - Oʻsimliklarda gul (generativ organ)ning tuzilishi va uning biologiyasi.
Dorivor oʻsimliklar. Oʻzbekiston florasida tarqalgan shifobaxsh oʻsimliklar, sistematikasi, areallari va rivojlanish qonuniyatlari, ularni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish.
Oʻsimliklar seleksiyasi va urugʻchilik - Foydali madaniy oʻsimlik turlari, ularning seleksiyasi va urugʻchilikning nazariy asoslari.
Organogenez - Oʻsimliklar dunyosida organlarning (ildiz, poya,barg, gul, urugʻ, meva) paydo boʻlishi va ularning evolyutsiyasi
Oʻzbekiston «Qizil kitob»iga kiritilgan oʻsimliklar.
Qizil kitob va uning tuzilishi, sistematikasi, areallari, geografiyasi.
Dendrologiya - daraxt va butalarni anatomo-morfologik tuzilishi, ularni muhofaza qilish va oqilona foydalanish, sistematikasi
Manzarali bogʻdorchilik va gulchilik - Manzarali daraxt, butalar, bir yillik va koʻp yillik oʻsimliklar, ularni koʻpaytirish, ulardan foydalanish, biologiyasini va ekologiyasini oʻrganish, boshqa qit’a va davlat florasidagi oʻsimlik turlarni introduksiya qilish (mahalliy muhitga moslashtirish).




  1. Download 49.14 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Download 49.14 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mutahassislik fanlarining tasnifi

Download 49.14 Kb.