V. Mustaqil ishlarni tashkil etishning shakli va mazmuni




Download 45.08 Kb.
bet5/8
Sana09.06.2023
Hajmi45.08 Kb.
#71388
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Boshlang\'ich sinflarda axborot texnologiyalari
ALT ergonomika 6 mavzu, RD, 4- ma’ruza. Chiziqli tenglamalar sistemasi Reja, MUSTAQIL ISH, IF, Barcha tadbirlar-64-betlik, Mavzu; Har xil bosqichlarda mehnat gigienasi, 978-5-8050-0542-9, Boshlang\'ich sinflarda axborot texnologiyalari, maftuna stajirovka, B.B.Tugalov , 2017 35 UYKURR, Faoliyat xavfsizligini taminlashning ergonomik ko`rsatgichlarini, Cyber Security Task 2 - Model Answer
V. Mustaqil ishlarni tashkil etishning shakli va mazmuni

Mazkur fan bo’yicha talabalar mustaqil ta'limini tashkil etish uchun mustaqil ishning quyidagi shakllaridan foydalanish tavsiya etiladi:


Mustaqil ishni bajarishdan asosiy maqsad – profеssor-o‘qituvchilarning bеvosita rahbarligi va nazorati ostida talabalarni sеmеstr davomida fanlarni uzluksiz o‘rganishini tashkil etish, oldingi bilim, ko‘nikmalarini chuqur o‘rganib mustaxkamlash, kеlgusidagi darslarga tayyorgarlik ko‘rish, amaliy mеhnat madaniyatini, yangi bilimlarni mustaqil ravihda izlab topish va qabul qilishni shakillantirishdan iborat.
Talaba mustaqil ishini tashkil etishda “Kompyutеr ta’minoti ” fanining xususiyatlari, shuningdеk, har bir talabaning akadеmik o‘zlashtirish darajasi va qobiliyatini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalaniladi: ayrim nazariy mavzularni turli xil o‘quv adabiyotlari yordamida mustaqil o‘zlashtirish, bеrilgan mavzu bo‘yicha rеfеrat tayyorlash, laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rish, kurs ishini bajarish, BMIni tayyorlash, anjumanlarga ma’ruza tеzislarini tayyorlash, fan olimpiadalarida ishtirok etish, ilmiy jamiyatlar va to‘garaklarda ishtirok etish, kafеdra ilmiy ishlarida ishtirok etish va xokozolar.
Talaba musqatil ishni tayyorlashda fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:

  • darslik va o‘quv qo‘llanmalar bo‘yicha fan boblari va mavzularini o‘rganish;

  • tarqatma matеriallar bo‘yicha ma’ruzalar qismini o‘zlashtirish;

  • elеktron o‘rgatuvchi va nazorat qiluvchi tizimlar bilan ishlash;

  • maxsus adabiyotlar bo‘yicha fanlar bo‘limlari yoki mavzulari ustida ishlash;

  • zamanoviy axborot tеxnologiyalari asosida fan bo‘yicha matеriallarni topish va o‘rganish;

  • talabaning o‘quv-ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan fanlar bo‘limlari va mavzularni chuqur o‘rganish;

  • faol va muammoli o‘qitish uslubi.

1. Darslik va o’quv qo’llanmalar bo’yicha konspekt tayyorlash. Modul texnologiyasining talablariga ko’ra talabaning yangi mavzuga oldindan tayyorgarlik ko’rib keladi. Ma’ruza materialni ‘uxta o’zlashtirishga yordam beruvchi bunday usul o’quv materialiga diqqatni ko’proq jalb etishga yordam beradi. Talaba kons’ekti turli nazorat ishlariga tayyorgarlik ishlarini osonlashtiradi, vaqtni tejaydi. Joriy nazorat sifatida baholanadi.


2. Ma'ruzalar matni bo’yicha ma’ruza bilimlarni o’zlashtirish. Odatda professor-o’qituvchilar tomonidan tayyorlangan ma'ruzalar matni mavzuning bir nechta adabiyotlar va o’z tajribasidan foydalangan holda qisqa, lo’nda, tartibli, sxemali bayonidan iborat bo’ladi. Bundan tashqari bunday tarqatma material talabalar mustaqil o’zlashtirishlari uchun berilgan ma’ruza materialni o’rganish tartibini belgilab beradi.
3. Modulni yakunlash. Talaba modul bo’yicha ma'ruza va amaliy mashg’ulotlar tugagach, bir hafta mobaynida ma’ruza bilimlarini berilgan savolnoma bo’yicha tartiblab, egallagan amaliy ko’nikmalarini namoyish yetish uchun modul texnologiyasi asosida tayyorlangan mustaqil ishlar to’’lamida keltirilgan o’z variantidagi topshiriqlarni bajaradi. Tayyorlangan referat asosida o’qituvchi yakka suhbat o’tkazadi. Oraliq nazorat sifatida baholanadi.
4. Fan bo’yicha qo’shimcha adabiyotlar bilan ishlash. Mustaqil o’rganish uchun berilgan mavzular bo’yicha talabalar tavsiya etilgan asosiy adabiyotlardan tashqari qo’shimcha o’quv, ilmiy adabiyotlardan foydalanadilar. Bunda rus va horijiy tillardagi adabiyotlardan foydalanish rag’batlantiriladi.
5. INTERNET tarmog’idan foydalanish. Fan mavzulari, boblarini o’zlashtirish, referat, kurs ishi, bitiruv malakaviy ishlarini yozishda mavzu bo’yicha INTERNET manbalarini to’ish, ular bilan ishlash nazorat turlarining barchasida qo’shimcha reyting ballari bilan rag’batlantiriladi.
6. Ma’ruza materialni mustaqil o’zlashtirish. Ma'ruza mashgulotlarida ma’ruza materialning ayrim masalalari talabalar uchun mustaqil o’zlashtirishga beriladi. Bunday mavzular talabalar bilimlar darajasini e'tiborga olib, o’quv adabiyotlarda to’liq yoritilgan savollardan tanlanadi. Talaba ma’ruza material bo’yicha konspekt tayyorlaydi, topshiriqlarni bajaradi. Bunday ishlar joriy nazorat sifatida baholanadi.
7. Ta'limning faol metodlari asosida tashkil etilgan mashg’ulotlar. Ayrim ma'ruza, asosan amaliy, laboratoriya mashg’ulotlarida talabalar o’quv-biluv faoliyatini faollashtirishga qaratilgan juft bo’lib, komandada, kichik guruhlarda ishlash, bahs, munozara, aqliy hujum, muammoli vazifalar, «Bumerang», klaster, konferentsiya kabi metodlardan foydalaniladi.
8. Test topshiriqlari. Kompyuter yoki tarqatma materiallar yordamida oraliq, yakuniy nazoratlarni tashkil etish; talabalarning o’z-o’zini nazorati; bir yoki bir nechta modul yakunida foydalaniladi.
9. Masofaviy ta'lim. Universitet kutubxonasi kompyuterlari, pedagog.uz portalining elektron kutubxonasi, INTERNET tarmoqidagi O’zbekiston, Rossiya oliy o’quv yurtlari elektron kutubxonalarining ma'lumotlar bankidagi klassik matematik adabiyotlar, elektron darslik va o’quv qo’llanmalar, ma'ruzalar matni, o’rgatuvchi va nazorat qiluvchi metodik ishlanmalar va boshqalardan foydalanish.
10. Video-praktikumlar. Ko’p yillik metodik tajribaga ega professor-o’qituvchilar, malakaviy amaliyot davrida talabalar, maktab o’qituvchilari tomonidan o’tkazilgan dars va darsdan tashqari mashg’ulotlarning video tasvirlarini tayyorlash va ularni tahlil qilib baholash, o’rganishdagi talabalar mustaqil faoliyati.
11. Tadqiqiy mustaqil ishlar Tadqiqot muammosini ko’ra olish malakasini, uni mustaqil ifodalay olish, farazni belgilab olish, muammoning hal qilinish rejasini ishlab chiqish, uni hal qilishni mo’ljallaydi. Tanlangan mavzu bo’yicha o’quv mashg’ulotini loyihalash va uni amalga oshirish. Loyiha taqdimoti oralik nazorat shaklida baholanadi.
12. Ijodiy tadqiqot ishlari. Bunday ishlarda vazifa muammoli vaziyatning yuzaga kelishini taqozo qiladigan sharoit yaratishdan iborat bo’ladi. Talaba o’z faoliyatida tayyor namunalardan ozod bo’lgan holda masalaning hal qilinish yo’llarini qidiradi, tadqiq qiladi. Bunday ishlar sirasiga eksperiment qo’yish, jihozlar, maketlar va dars ishlanmalarini tayyorlash bilan bog’liq bo’lgan vazifalar kiradi.

Bakalavrga mustaqil ta’limning mavzulari beriladi, bu mavzular bo`yicha egallanishi kerak bo`lgan bilim, ko`nikma va malakalar, muddati va topshirish shakli aytiladi. Ko`rsatilgan muddatda nazariy material konspekti, referati ko`riladi, test yoki savol-javob o`tkaziladi. Amaliy xarakterdagi topshiriqlar yechimi ko`rsatiladi va o`xshash misollar yordamida tekshiriladi.





  1. Ta’lim texnologiyasini tuzilishini tushuntirish.

  2. Uzluksi ta’lim jarayonida boshlang’ich sinf o’qituvchilarining axborot kompetentligi kasbiy tayyorgarligini tushuntirish.

  3. O’quv jarayonida axborot texnologiyalarnining asosiy yo’nalishlari va uni tadbiq etish.

  4. Word dasturida ishlashni tushuntirish.

  5. Boshlang`ich sinf o‘qituvchilarini me`yoriy xujjatlarini tayyorlashda Word dasturidan foydalanishni o‘rgatish.

  6. Powerpoint dasturida ishlashni tushuntirish.

  7. Powerpoint dasturi yordamida darslarga ko‘rgazmali qurollar tayyorlashni o‘rgatish.

  8. Arxivlash dasturlari.

  9. Fayllarni axrivlash va arxiv fayllarni ochish.

  10. Internet tarmoqlarida axborot makoni haqida tushuncha berish. Elektron pochtalar bilan ishlashni o‘rgatish.

  11. Informatikada modellashtirish haqida tushuncha berish.

  12. Boshlang’ich ta’limda fanlarni o’qitishda axborot texnologiyalaridan foydalanish

  13. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini nomerlashga o’rgatishda axborot texnologiyalaridan foydalanish.

  14. Arifmetik amallarni o’rgatishda axborot texnologiyalaridan foydalanish.

  15. Geometrik materiallarni o’rgatishda axborot texnologiyalaridan foydalanish.

  16. Ulushga ko‘ra butunni, butunga ko‘ra ulushni topishga doir masalalarni yechishni o‘rgatishda axborot texnologiyalaridan foydalanishni o‘rgatish.

  17. Sodda masalalarni yechishni o‘rgatishda axborot texnologiyalaridan foydalanishni o‘rgatish.

  18. Murakkab masalalarni yechishni o‘rgatishda axborot texnologiyalaridan foydalanishni o‘rgatish.

  19. Algebraik mazmundagi masalalarni yechishni o‘rgatishda axborot texnologiyalaridan foydalanishni o‘rgatish.

  20. Geometrik mazmundagi masalalarni yechishni o‘rgatishda axborot texnologiyalaridan foydalanishni o‘rgatish.

  21. Nostandart masalalarni yechishni o‘rgatishda axborot texnologiyalaridan foydalanishni o‘rgatish.

  22. Mantiqiy masalalarni yechishni o‘rgatishda axborot texnologiyalaridan foydalanishni o‘rgatish.

  23. Tenglama tuzishga oid masalalarni yechishni o‘rgatishda axborot texnologiyalaridan foydalanishni o‘rgatish.

  24. Boshlang’ich sinf o’quvchilariga savod o‘rgatish davrida axborot texnologiyalaridan foydalanishni o‘rgatish.

  25. Tovushlar va harflarni o‘rgatishda axborot texnologiyalaridan foydalanishni o‘rgatish.

  26. So’z turkumlarini o‘rgatishda axborot texnologiyalaridan foydalanishni o‘rgatish

  27. O’qish darslarida axborot texnologiyalaridan foydalanishni o‘rgatish..

  28. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida tabiatshunoslik tasavvur va tushunchalarini shakllantirishda axborot texnologiyalaridan foydalanishni o‘rgatish.

  29. Jonajon o’lkamiz tabiatini o’ratishda axborot texnologiyalaridan foydalanishni o‘rgatish.

  30. Tabiatshunoslik darslarida ekologiya asoslarini o’rgatishda axborot texnologiyalaridan foydalanishni o‘rgatish.

  31. Mehnat darslarida axborot texnologiyalaridan foydalanishni o‘rgatish.

  32. Qog’ozdan ko’gazmali qurollar yasashni o’rgatishda axborot texnologiyalaridan foydalanishni o‘rgatish.

  33. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini informatika ta’limiga tayyorlashni tushuntirish.

  34. Boshlang’ich sinf o’quvchilarining axborot savodxonligini shakllantirishni tushuntirish.

  35. Kompyuter qurilmalari haqida tushuncha berish.

  36. Kompyuterda foydalanuvchiga mos muhitni tashkil etish, texnik xavfsizlikni tushuntirish.

  37. Axborot turlari.axborotlarni kodlashtirishni o‘rgatish.

  38. Matnli va sonli axborotlar haqida tushuncha berish.

  39. Algoritmlar, ularning turlari, xossala-ri haqida tushuncha berish.

  40. Mashq qildiruvchi dasturlar bilan ishlashni o‘rgatish. Paint grafik redaktori bilan ishlashni o‘rgatish.

  41. Multimediali ta’limni amaliyotga joriy tatbiq etish usullari, xususiyatlari.

  42. Xorijiy mamlakatlarda boshlang’ich sinflarda informatika ta’limining tahlilini o‘tkatish.

  43. O’zbekistonda boshlang’ich sinflarda informatika ta’limining istiqbolli rejalari haqida tushuncha berish.

Boshlang`ich ta’lim va sport - tarbiyaviy ish mutaxassisligida tahsil olayotgan bo’lg’usi boshlang`ich sinflarda ishlaydigan o’qituvchilarining axborot texnologiyalari fani bo’yicha talabaning mustaqil ta'limi shu fanni o’rganish jarayonining tarkibiy qismi bo’lib, uslubiy va axborot resurslari bilan to’la ta'minlangan.
Talabalar auditoriya mashg’ulotlarida professor-o’qituvchilarning ma'ruzasini tinglab, masalalar yechadilar. Auditoriyadan tashqarida talaba darslarga tayyorlanadi, adabiyotlarni konspekt qiladi, uyga vazifa sifatida berilgan topshiriqlarni bajaradi. Bundan tashqari ayrim mavzularni kengroq o’rganish maqsadida qo’shimcha adabiyotlarni o’qib referatlar tayyorlaydi hamda mavzu bo’yicha testlar yechadi. Mustaqil ta'lim natijalari reyting tizimi asosida baholanadi.
Uy vazifalarini bajarish, qo’shimcha darslik va adabiyotlardan yangi bilimlarni mustaqil o’rganish, kerakli ma'lumotlarni izlash va ularni topish yo’llarini aniqlash, talabalarning darsda olgan bilimlarini chuqurlashtiradi, ularning mustaqil fikrlash va ijodiy qobiliyatini rivojlantiradi.
Uy vazifalarini tekshirish va baholash amaliy mashg’ulot olib boruvchi o’qituvchi tomonidan, konspektlarni va mavzuni o’zlashtirish darajasini tekshirish va baholash esa ma'ruza mashg’ulotlarini olib boruvchi o’qituvchi tomonidan har bir mashg’ulotlarda amalga oshiriladi.



Download 45.08 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 45.08 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



V. Mustaqil ishlarni tashkil etishning shakli va mazmuni

Download 45.08 Kb.