• Hujjatlashtirish
  • Hujjatlar va uni yuritishning tshlik qilish




    Download 127,39 Kb.
    bet8/15
    Sana09.01.2024
    Hajmi127,39 Kb.
    #132892
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
    Bog'liq
    Kommunikatsiya siyosati

    Hujjatlar va uni yuritishning tshlik qilish
    Hujjat – bu boshqarish jarayonini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan voqealar, hodisalar, jarayonlar, faktlar to’g’risidagi axborotlarni maxsus materiallarda turli usullar bilan mustahkamlash vositasidir. Boshqacha qilib aytganda hujjat – bu narsaning nimaligini, miqdori, sifati va shu kabilarni ko’rsatuvchi rasmiylashtirilgan ish qog’ozi yoki kimning kimligini, mashg’ulotini, biror tashkilotga a’zoligini tasdiqlovchi ish qog’ozi (passport, guvohnoma, reyting daftarchasi va h.k.).
    Hujjatlashtirish deganda biror kimsa yoki narsa haqidagi fikrni yozib, hujjat holiga keltirish, rasmiylashtirish tushuniladi.
    Ish yuritish – bu korxonalarning o’z funksiya va vazifalarini bajarish dazomida hujjatlar ustida olib boriladigan ish usullari va jarayonlari majmuasidir. Bu jarayon hujjatlashtirish, ular ustida ishlash usullarini o’z ichiga oladi.
    Hujjatlashtirish va ish yuritishning ahamiyati ikkita omil bilan belgilanadi.
    Birinchidan, boshqaruv mehnatining umumiy hajmida ish yuritish operatsiyalarining salmog’i katta bo’lib, 30-60 foizgacha yetadi. Yirik va o’rta korxonalarni boshqarish jarayonida minglab xilma-xil hujjatlardan foydalaniladi. Ishlab chiqarishga oid operatsiyalarning aksariyati hujjatlashtirish yordamida boshlanadi, amalgam oshiriladi, nazorat qilinadi, tartibga solinadi va nihoyasiga yetkaziladi.
    Ikkinchidan, ish yuritishning ahamiyatini korxonaning tehnik iqtisodiy ko’rsatkichlariga, tezkorlikka, boshqaruv xodimining mehnatiga, madaniyatiga, tejamkorligiga va hokazolarga uning bevosita ta’sir o’tkazishi bilan belgilanadi.
    Koaxonaga kelgan hujjatlar kirish korrespondensiyasi deb ataladi. Qabul qilingan korrepondensiyaning adres bo’yicha kelganligi tekshirilishi va konvertlar, hujjatlarga zarar yetkazilmagan holda ochilishi kerak. Biror shaxsga atalgan konvertlarni ochish tavsiya etilmaydi. Hujjatlar bilan olib boriladigan butun ish bir qancha bosqichlardan iborat (4-chizma).



    Qabul qilish

    Qayd qilish

    Ijro etish

    Jo’natish

    Saqlash
    Hujjatlarni

    4-chizma. Hujjatlar bilan ishlash jarayoni.


    Korxonada jo’natiladigan hujjatlar chiqish korrespondensiyasi deyiladi. Har bir hujjatda indeks bo’lishi shart. Bu narsa boshqa muassasalarbilan yozishmalarda ularni ko’rsatish hamda delolarda va arxivda ularni qidirib topish imkonini beradi.
    Hujjatlar muayyan oqimda harakat qiladi, hujjatlar oqimi deganda hujjatlarning belgilangan izchillikda tayyorlangan paytdan boshlab korxonadan jo’natilgunga qadar yoki arxivga topshirilgunga qadar harakat tushuniladi.

    • Nominal belgi – bunda hujjatlar vazifasiga yoki nomiga ko’ra (hisobtlar, aktlar, qarorlar va h.k.) birlashtiriladi.

    • Xronologiya belgi – bunda hujjatlar calendar davlatlari bo’yicha guruhlanadi.(oylar, yillar bo’yicha hisobotlar).

    • Korrespondensiya belgisi – bunda hujjatlar kelish manbalari (vazirliklar qumitalar, birlashmalar, konsernlar va h.k.)ga ko’ra birlashtiriladi.

    • Yo’nalishlar bo’yicha – bunda hujjatlar yo’nalishlar (fan – texnik kengashining, mahsus ilmiy qarori va h.k.) bo’yicha birlashtiriladi.

    Geografik belgi – bunda hujjatlar bir shahar yoki tumanda bo’lgan korxona, tashkilotlar bo’yicha guruhlanadi.

    Download 127,39 Kb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




    Download 127,39 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Hujjatlar va uni yuritishning tshlik qilish

    Download 127,39 Kb.