• Ishlab chiqarish boshqarish
  • Rahbarning yozishni bilishi
  • 4. Kommunikatsiya va kommunikatsion jarayon. Kommunikatsiya
  • Tashqi kommunikatsiya
  • Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti




    Download 127,39 Kb.
    bet11/15
    Sana09.01.2024
    Hajmi127,39 Kb.
    #132892
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
    Bog'liq
    Kommunikatsiya siyosati

    Kuzatuv axborot tizimi. Bu tizim avtomatlashgan nazorat va boshqaruvni ta`minlaydi. Keyingi ikkila tizim asosan texnologik jarayonlar to`g`risidagi axborotlarni qayt ishlash uchun qo`llaniladi.
    Axborotlar tizimi – bu murakkab tizim bo`lib, o`z ichiga turli hujjatlarni, axborot oqimi, aloqa kanallari, texnik vositalar va avtomatik boshqaruv tizimlarini oladi. Butun axborot tizimi aniq va doimiy ishlashi lozim.
    Ishlab chiqarish boshqarish – bu ijodiy jarayon, o`ziga xos bir san`at. U rahbarning xilma-xil ish usullarida namoyon bo`ladi. Bu usullar esa rahbarga ushbu sohada o`z omilkor kishilarning fikri turli kanallar orqali aniqlash va bu ijodiy fikrlardan boshqarish jarayonida foydalanish imkoniyatini beradi. U o`z fikrlarini har bir kishining yetkazish uchun ham ma`lum xislatlarga ega bo`lishi kerak.
    Rahbarning yozishni bilishi – bu faqat savodli yoza bilishi emas, balki fikrni qisqa va ravon, davlat tilida badiiy, sodda bayon qilish demakdir. Rahbarlikda bu o`z qarorini bo`ysinuvchiga yetkazish uslubidir. Ishlab chiarishni boshqarishda yozish mumkin bo`lgan hamma narsani yozib quyishi kerak, degan qoida amal qiladi. Bu bo`ysinuvchiga yozilganlarga qarab o`z xatti-harakatini aniq tekshirib borish, rahbarga esa qarorning bajarilishini nazorat qilib turish imkoniyatini beradi.
    Rahbar o`ziga axborot tayyorlovchi xodimlar mehnatini tashkil eta bilishi, ulardan omilkorlik bilan foydalanishi kerak. Noto`g`ri , past qiymatli axborot tufayli mon boshqaruv qarori qabul qilishdan ehtiyot bo`lishi, eng muhimi unga kelayotgan axborotlarni saralab olishi darkor. Funksional xizmat xodimlari, yordamchi , referentlar rahbarga eng zarur axborotlarni tekshirib berishi maqsadga muvofiq bo`ladi.

    4. Kommunikatsiya va kommunikatsion jarayon.
    Kommunikatsiya – bu kishilar o`rtasidagi o`zaro axborot almashuvidir. Rahbarlar qilayotgan hamma ishlar axborotlarning samarali almashishini talab qiladi. Yaxshi yo`lga qo`yilgan kommunikatsiya ish muvaffaqiyatini ta`minlaydi. So`rovlar shuni ko`rsatadiki, 73% amerikalik, 85% yapon, 63% angliyalik rahbarlar, kommunikatsiya qo`yilgan maqsadga erishish yo`lidagi bosh to`siq deb hisoblaydilar. Yana bir boshqa so``rovga ko`ra 2000 turli kompaniyaning 250 ming xodimi korxonalarda axborot almashish eng qiyin masalalardan biri deb biladilar.4
    Umuman har bir rahbar 50% dan 90% gacha vaqtini kommunikatsiyaga sarflaydi. Shu sababli, shuni tasdiqlash mumkinki, menejer faoliyatining samaradorligi eng avvalo kommunikatsiya samaradorligiga , ya`ni:

    • kishilar bilan yakkama-yakka suhbat olib borish qobilyati,

    • telefonda so`zlashuv qobilyati,

    • majlislarda qatnashish madaniyati kabilarga bog`liq.

    Korxona (tashkiliy) kommunikatsiyasi – bu o`ta murakkab, ko`p bosqichli tizim bo`lib, o`z tarkibiga nafaqat tashkilot ichidagi, shuningdek uning tashqarisidagi axborot almashuvini ham oladi.
    Tashkilot - bu davlat nazorati va boshqaruvchi ostidagi ob`yekti bo`lib, u o`zidan yuqori tegishli tashkilotlarga (makroiqtisodiyot va statistika vazirligiga) turli hisobotlar, ma`lumotlar, axborotlar berib turadi.
    Tashqi kommunikatsiya – deganda tashkilot bilan tashqi muhit o`rtasidagi axborot almashuvidir. Tashqaridan , vazirlik qo`mitalari, Vazirlar Mahkamasi, Prezident devoni axborotlari bunga misol bo`ladi.

    ______________________


    4Ustoychivoye ekonomicheskoye razvitiye v usloviyax glo­balizatsii i ekonomiki znaniy: konseptualnыe osnovы teorii i praktiki upravleniya / Pod red. V.V. Popkova. Uchebnik. M.: ZAO «Izdatelstvo «Ekonomika», 2022. — 295 bet.



    Download 127,39 Kb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




    Download 127,39 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti

    Download 127,39 Kb.