|
Boshqaruv axborotlarini turkumlashtirishi
|
bet | 10/15 | Sana | 09.01.2024 | Hajmi | 127,39 Kb. | | #132892 |
Bog'liq Kommunikatsiya siyosatiBoshqaruv axborotlarini turkumlashtirishi.
Hozirgi davrda xalq xo`jaliginig turli bo`linmalari faoliyatini boshqarish, eng avvalo tegishli boshqaruv qarorlarini qabul qilish turli – tuman axborotlarga bog`liq. Axborotning xilma-xilligi har bir boshqaruv ob`yektning faoliyati ko`p tomonlamaligi bilan, boshqaruv sohalari ham turli-tumanligi bilan belgilanadi. Bo`lar esa pirovard natijada ishlab chiqarish jarayonlari miqyosining kattaligi, o`ta murakkabligi va davom etish sur`atlarining yuqoriligi bilan bog`liqdir.
Boshqaruv axborotlari o`ta turli-tuman bo`lganligi tufayli mazkur boshqarish qarorlarini ishlab chiqish uchun zarur va yetarli axborotni tanlab olish ancha qiyin. Barcha axborotlarni o`ziga xos belgilarga qarab tur va guruhlarga ajratish, ya`ni klassifikatsiya qilish yoki tasniflash, bu qiyinchiliklarni bartaraf etish yoki bir oz yengillashtirishga ma`lum darajada yordam beradi. Turkumlanganda axborot tizimi har tomonlama soddalashadi, shuningdek , uni to`plash , o`zatish va turlarga ajratish osonlashadi, buning natijasida rahbar xodimlar axborot bilan to`liqroq ta`min etiladi.
Ishlab chiqarish doimiy rivojlanishda bo`lganligi sababli axborotni turlari, soni va ko`lami ham ko`payib boraveradi. Shu bois yuqorida keltirilgan turkumlashni to`liq deb bo`lmaydi. Barcha boshqarish vazifalarini kompleks hal etish uchun axborotlar bir boshqarish ob`yektininng o`ziga xos xususiyatlarini hisobga olib aniq turkumlanadi.
5-chizma. Axborotlar tizimi.
Oddiy tizim. Axborot paydo bo`lgan joydan iste`mol joyiga keltiriladi. Budayaxborot telefon orqali yoki signallar vositasida kelib tushishi mumkin. Bu turdagi axborot tizimi quyi boshqaruv bosqichiga to`g`ri keladi. Ish joyidan ustaga berilgan axborot bunga misol bo`la oladi. Bunday axborotga deyarli ishlov berilmaydi.
Murakkab tizim. Bu tizim ishlab chiqarish va boshqaruv tarkibining murakkabligi bilan bog`liq. Bu yerda dastlabki axborot yuzaga keladi. Ishlov berishda hisoblash texnikasidag keng foydalaniladi.
Murakkab axborot tizimning har xil darajada mexanizatsiyalash turlari quyidgilardan iborat:
Axborotlarni to`la o`zlashtirish davri. Bunda axborot oddiy mexanizmlardan foydalanilgan holda butunlay qayta ishlanadi.
Aralash axborot tizimi. Bunda axborotni mexanizatsiyalashgan va avtomatlashgan qurilmalari yordamida o`zgarishlar erishiladi. Bu tizim avtomatlashgan nazoratni ta`minlay , ba`zida korxonaning ishlab chiqarish faoliyati ustidan oddiy boshqaruv jarayonini amalga oshiriladi.
Axborot ma`lumot tizimi. Bunda ko`z bilan bajariladigan nazorat uchun ba`zi bir ma`lumotlarni berish bilan cheklanadi.
|
| |