• Teskari aloqa
  • Boshqarishda foydalaniladigan axborotlarga quyiladigan talablar




    Download 127,39 Kb.
    bet9/15
    Sana09.01.2024
    Hajmi127,39 Kb.
    #132892
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
    Bog'liq
    Kommunikatsiya siyosati

    3. Boshqarishda foydalaniladigan axborotlarga quyiladigan talablar.
    Boshqarishda foydalaniladigan va bajarilishi uchun uzatiladigan axborotlarga quyidagi talablar quyiladi.

    • ishonchlilk;

    • tushunarli, bir ma`nolik;

    • tezkorlik;

    • to`liqlik;

    • tejamlilik.

    Hozirgi davrda rahbar boshqaruv ishlarida tashabbus va omilkorlik ko`rsatishi, tezkorlik bilan ish olib borishi , vaziyat o`zgarishini o`z vaqtida payqab olish , resurslar bilan manaver qila olishi, har bir konkret sharoitda maqbul qaror qabul qilishi zarur. Buning uchun rahbar ishonchli va mazmunli axborot olib turishi lozim. Ortiqcha . befoyda axborot rahbar ishini qiyinlashtiradi, ortiqcha mehnat va vaqt sarflashga olib keladi.
    Axborot tushunarli bo`lishi kerak, chalkash bir - biri bilan taqqoslab bo`lmaydigan ko`rsatkichlar to`g`ri rahbarlik qilishga va o`z vaqtida qaror qabul qilishga putur etkazadi.
    Axborotning o`z vaqtida kelishi va o`z vaqtida bajaruvchilarga yuborilishi, ya`ni tezkorlik ham juda muhimdir. U boshqaruv jarayoning ishlab chiqarishning uzluksiz borishiga yordam beradi. Shuningdek dastlabki, axborotni boshqarish turli maqsadlar uchun oson o`zgarish, undan boshqaruvning barcha bo`g`inlarida foydalanish mumkinligi, axborotning uzil-kesil ishlanishi , undan qo`shimcha ishlov foydalanish ham katta ahamiyatga ega.
    Zarur paytda kerakli natija beradigan axborotlar qimmatli hisoblanadi. Kechi berilgan axborotlar o`z qimmatini yuqotadi.
    Ishlab chiqarish vaziyatiga to`g`ri baho berish va aniq qaror qabul qilish uchun boshqaruv organi axborot bilan to`liq ta`min etilishi, axborot hajmi maqsadga muvofiq bo`lishi kerak. Axborot yetishmasligi yoki haddan tashqari ko`payib ketishi tezkor va to`g`ri boshqarishga halal beradi. Boshqarish apparati xodimlar qanchalik yuqori malakali bo`lsalar, axborot qimmati ham yuqori va tartibga solingan bo`ladi. Boshqarish organlari ma`lumotlar qabul qiluvchi texnika vositalari bilan qanchalik mukammal ta`minlangan bo`lsa rahbarlarga ortiqcha ,befoyda ma`lumotlar shunchalik kam kelib tushadi. Bu esa o`z navbatida axborot oqimidagi tejamkorlikni ta`minlaydi.
    Boshqarish tizimining muvafaqqiyatti ishlashining zarur sharti faqat to`g`ri aloqagagina emas, balki teskari aloqaning ham mavjud bo`lishidir. Teskari aloqa har qanday darajadagi tizimlar harakatini rostlab turish uchun universal mexanizm hisoblanadi.
    Boshqariluvchi tizimda boshqaruvchi tizimga (bo`ysunuvchidan boshliqqa) kelib tushadigan axborotni, ya`ni berilgan farmoyish va bo`yruqning natijalari to`g`risidagi axborotni teskari aloqa deb tushunish qabul qilingan.
    Boshqaruv tizimi unsurlari ichida murakkab, ko`p tomonlama va xilma-xil aloqalar mavjudligi sharoitida teskari aloqaning ahamiyati ayniqsa ortadi. Boshqaruvchi tizim farmoyish yoki buyruq (topshiriq) berganda keyin aloqa shu farmoyish yoki buyruq qanday bajarilayotgani to`g`risida teskari aloqa yo`li bo`yicha o`z vaqtida axborot bilan ta`minlanib turilmasa, boshqarish jarayoni buziladi va boshqaruv tizimi butunlay izdan chiqadi.
    Ishlab chiqarishni va davlat boshqaruvining barcha darajalarida mustahkam teskari aloqa mavjudligi harakterlidir. Odatiy bir misol. Mamlakatimizning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi bo`yicha ishlab chiqiladigan barcha qonunlar, albatt umumxalq muhokamasiga qo`yiladi, ularga mehnatkashlarning mulohaza va istaklari hisobga olinib, qo`shmichalar va o`zgarishlar kiritiladi.
    Teskari aloqa yordamida axborotni jo`natuvchi bilan uni qabul qiluvchi o`rtasida aloqa o`rnatiladi. Bu jarayonda axborotni qabul qiluvchi axborot bilan o`zaro almashuv jarayonining barcha bosqichlarini takrorlaydi, natijada axborotni yuboruvchi endi uni qabul qiluvchiga aylanadi, ya`ni har ikki tomon o`z vazifalarini o`zaro almashgandek bo`ladi.
    Teskari aloqa – eshitganga, o`qiganga yoki ko`rganga tan aks ta`sir yoki ta`sirlanish tayanchi. Bunda mazkur axborotni olgan shaxs shu axborotga bo`lgan munosabatini, tushunganligi yoki to`liq tushunmaganligini , qo`llab – quvvatlashi yoki inkor etishi shu axborotni yuborgan shaxsga bildiradi. Bunday aloqa har ikkala tomonning bir- birini qanchalik tushunganini bilish uchun lozim.
    Rahbar berilgan topshiriq yoki aytilgan so`z har doim bo`ysinuvchilar tomonidan birdek qabul qilinadi, deb o`ylamasligi kerak. Bunday xato fikrga boruvchi rahbar o`zini real voqeylikdan o`zoqlashtiradi. Teskari aloqani samarali o`rnatmagan rahbarning boshqaruv faoliyati zaiflashadi va inqirozga yuz tutadi.
    Shov-shuv axborot almashuv jarayonida salbiy ta`sir ko`rsatuvchi unsurlardan hisoblanadi. Axborotni uzatish nazariyasi tili bilan aytganda shov-shuv –bu g`oyani buzib talqin qilishda namoyon bo`ladi. Aytilgan so`zdan tortib, to uni qabul qilgungacha bo`lgan masofadagi turli to`siqlar, shov-shuvlar axborotni kodlashtirish va dekodlashtirish , shuningdek rahbar bilan bo`ysinuvi o`rtasidagi aloqa jarayoniga katta ta`sir o`tkazishi mumkin. Shu sababli shov-shuvni ham e`tiborsiz qoldirish mukmin emas.



    Download 127,39 Kb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




    Download 127,39 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Boshqarishda foydalaniladigan axborotlarga quyiladigan talablar

    Download 127,39 Kb.