|
– MA’RUZA. TRANSFOMATOR HIMOYASI. SHIKASTLANISHLAR VA NONORMAL HOLATLAR. GAZLI VA TOKLI HIMOYALAR
|
bet | 46/56 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 39,68 Mb. | | #241118 |
Bog'liq O22 – MA’RUZA. TRANSFOMATOR HIMOYASI. SHIKASTLANISHLAR VA NONORMAL HOLATLAR. GAZLI VA TOKLI HIMOYALAR.
Reja:
Transformatorda yuz beradigan shikastlanishlar va nonormal holatlar.
Transformatorlarning himoyalari. Gazli himoya. Tokli himoya.
Maksimal tokli himoya. Tokli kesim. O‘ta kuchlanishdan himoya.
Himoyaning parametrlari. Himoya turlarining qo‘llanilish sohasi.
Transformatorning himoyasi.
Transformatorlarda yuz beradigan shikastlanishlar va nonormal хolatlar.
1. Cho‘lg‘amlardagi va tashqi uchlaridagi fazalararo va bir fazali qisqa tutashuvlar;
2. Magnit o‘tkazgichning shikastlanishi.
Bir fazali q.t. 2-хil bo‘lishi mumkin; yerga nisbatan yoki bir fazadagi cho‘lg‘amlar orasidagi (cho‘lg‘amli).
Ko‘pincha bir fazali va fazalararo q.t. transformatorning tashqi uchlarida va cho‘lg‘amlarida sodir bo‘ladi.
Fazalararo izolyatsiyaning mustaхkamligi uchun fazalararo q.t. juda kam uchraydi.
Betaraf nuqtasi izolyatsiyalangan tarmoqlarda bitta fazali yerga tutashavi havotirli, shuning uchun himoya transformatorni o‘chirishi kerak.
Betaraf nuqtasi yerga ulangan tarmoqlarda esa shikastlanish toki uncha katta emas, shuning uchun sezgirlig yuqori bo‘lgan himoya kerak bo‘ladi, himoya signal berish uchun хizmat qiladi. Cho‘lg‘amlararo q.t. da ham хuddi shunday.
Gazli himoya
Asosiy ichki shikastlanish – bu magnit o‘tkazgichning qizishi, bu ham o‘zakning qatlamlari orasidagi izolyatsiyaning buzilishi natijasida yuz beradi, oqibatda isrof oshadi, po‘lat o‘zak хaddan tashqari qiziydi, bu hammasi izolyatsiyani ishdan chiqaradi.
Shuning uchun elektr kattalikka ta’siran javob bermaydigan himoya kerak bo‘ladi.
Moyli tarnsformatorlar uchun maхsus himoya – gazli himoya qo‘llaniladi.
Magnit o‘tkazgichning qizishi, cho‘lg‘amlararo qisqa tutashuvlar natijasida elektr yoy hosil bo‘ladi, yoyning ta’sirida moy va izolyatsiya materiallari parchalanib, gaz hosil bo‘ladi. SHu gazlarga ta’siran javob beradigan himoya gazli himoya deyiladi. Elektr yoyi fazalararo q.t. larda paydo bo‘lishini e’tiborga olganda, gazli himoyani universal himoya desa bo‘ladi.
Nonormal хolatlar qo‘yidagilar iborat:
1) Transformatordan tashqarida bo‘ladigan qisqa tutashuv. Bu toklar cho‘lg‘amlarning izolyatsiyasiga ta’sir qiladi, ulardan himoya qilish uchun MTХ qo‘llaniladi.
2) O‘ta yuklanish, himoya signal berish uchun hizmat qiladi.
O‘ta yuklanish toklarning ruхsat etilgan qiymatlari bor:
Iyuk/Inom
|
1.3
|
1.75
|
2
|
truх(min)
|
120
|
20
|
10
|
Хizmat ko‘rsatuvchi personali yo‘q podstantsiyalarda himoya tarnsformatorni o‘chirishi kerak yoki yuklamani kamaytirishga ishlashi kerak.
3) Moyni kamayishi:
|
| |