Andijon mashinasozlik instituti Elektrotexnika fakulteti ee yo’nalishi k-94-21 guruh 3-kurs talabasi Odilov Alisherning “Sanoat korxonalarining elektr taminot fanidan tayyorlagan mustaqil ishi




Download 0,73 Mb.
Sana15.12.2023
Hajmi0,73 Mb.
#119197
Bog'liq
VhUcbt9KZ7MfNuSie2scITSBkCDLZ0Wa

Andijon mashinasozlik instituti Elektrotexnika fakulteti EE Yo’nalishi K-94-21 guruh 3-kurs talabasi Adhamjonov Sirojbekning “Sanoat korxonalarining elektr taminot fanidan tayyorlagan mustaqil ishi.


Radial sxemalarda elektr energiyasi BPP yoki MTP dan to‘o‘ridan to‘o‘ri sex
podstansiyalariga uzatiladi. Bunday sxemalar moslanuvchanlik hususiyatiga ega
bo‘lib, ekspluatatsiyada qulay hisoblanadi. 4.10 a sxemani uchinchi toifali, 4.10 b
sxemani esa ikkinchi toifali iste’molchilar uchun ishlatish mumkin. Ikkinchi sxema
uchun elektr ta’minotidagi tanaffus 1-2 soatdan oshmaydi. U
Tanishilgan sxemalar bir poo‘onali hisoblanadi
va o‘rta, katta bo‘lmagan quvvatli korxonalarda
markazdan har tomonga tarqalgan gujlangan
iste’molchilarni (nasos stansiyalari, pechlar,
o‘zgartirish qurilmalari, sex podstansiyalari)
energiya bilan ta’min-lashda ishlatiladi. Radial
sxemalar manbadan sex podstansiyalarining
yio‘ma shinalarigacha bo‘lgan oraliqdagi elektr
ta’minoti sxemasini seksiyalash imkonni beradi.
Magistral sxemalarda bir nechta
transformator potstansiyalari yakka yoki qo‘sh
magistralga shahobchalar orqali ulanadi. Ushbu rasmda yakka liniyali, ushbu
rasmda esa ko‘p liniyali magistral sxemalar keltirilgan. Magistral sxemalarni
qo‘llanilishi kommutatsiya apparatlarining sonini kamaytirib, tarmoqlarni qurishni
arzonlashtirib, korxona elektr ta’minoti tizimiga ketadigan sarf-harajatlarni
kamaytiradi.
Bir manbaga ulangan yakka magistralli sxemalarning ishon-chlilik darajasi
kichik bo‘lganligi uchun uchinchi toifali iste’molchilarga tavsiya etiladi. Qo‘sh
magistralli sxemalarning ishonchliligi yuqori va ularni har qanday toifali
iste’molchilarga ishlatish mumkin.
Uzatilayotgan quvvatning miqdoriga qarab bir magistral 2-5 podstansiyalarni
energiya bilan ta’minlaydi. Transfor-mator podstansiyalarining sek-siyalari normal
holatda ayrim-ayrim ishlaydilar. Biror magistralda avariya sodir bo‘lsa trans-
formator podstansiyalarining yuklamalari ikkinchi magistral-ga o‘tkaziladi. Bu
vazifa seksiyalararo uzgich yoki avtomat orqali bajariladi.
Magistral sxemalarning quyidagi guruhlari mavjud: bir tomonlama va ikki
tomonlama ta’minlanuvchi yakka liniyali sxemalar; xalqasimon sxemalar; ikki va
undan ko‘p parallel magistralli
sxemalar. Bir tomondan ta’minlanuvchi yakka liniya va xalqasimon magistral sxemalarning
ishonchlilik dara-jasi radial sxemalarga
nisba-tan past hisoblanadi
Ish yoritish yoritishning asosiy turi xisoblanadi. U berilgan xonada normal ko‘rish sharoitini yaratishga mo‘ljallangan. Ish yoritilishi, asosan yoritgichlarning umumiy yoritishi yoki umumiy va maxalliy yoritishlar yordamida bajariladi. Elektr qurilmalari tuzilishi tasnifiga binoan qishloq xo‘jalik ishlab chiqarish xonalarining ko‘pchiligi elektr toki ta’sirining yuqori va o‘ta xavfli kategoriyali xonalariga kiradi. Shuning uchun ko‘chma yoritishni loyixalashda xavfsizlikni ta’minlashga juda katta e’tibor berish kerak. Ish yoritishi o‘chgan maxallda ishni davom ettirish yoki odamlarni evakuatsiya qilish uchun avariya yoritishi ishlatiladi. Ishlab chiqarish korxonalarida yoritishdagi qisqa tanafus texnologik siklning buzilishiga va yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin, ya’ni avariya, ishlayotgan odamlarning jaroxatlanishiga, katta material yo‘qotishlariga va x.k.
3Yoritilganlikni tanlashda asosiy meyoriy xujjat sifatida «Stroitelnыe normы i pravila» (SNiP) (Qurilish meyorlari va qoidalari) bo‘ladi. Loyixachilar va ekspluatatsiya qiluvchilar ishini engillashtirish uchun yoritilganlikning soxa meyorlari xizmat qiladi, ular xalq xo‘jaligining u yoki bu soxasiga xos bo‘lgan spetsefik ishlab chiqarish sharoitini xisobga olgan xolda umumiy meyorlar asosida tuzilgan. Soxa meyorlari aniq va keng tushunchali ko‘rsatmalardan iborat bo‘lib loyixalash amaliyotida qabul qilingan bir xil echimlar bilan ta’minlaydi. Yoritilganlik sifati faqat yoritilganlik darajasi bilan aniqlanmaydi, u quyidagi asosiy sharoitlar yiѓindisidan iborat:
1) ish yuzasi bo‘ylab yoritilganlikni bir tekisda taqsimlash; 2) ish yuzasida soyalarning bo‘lmasligi; 3) vaqt ichida yoritilganlikning doimiyligi; 4) ko‘rish maydonida qamashtiruvchi yorqinliklarni bo‘lmasligi; 5) nurlanishning spektral tarkibi.
Download 0,73 Mb.




Download 0,73 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Andijon mashinasozlik instituti Elektrotexnika fakulteti ee yo’nalishi k-94-21 guruh 3-kurs talabasi Odilov Alisherning “Sanoat korxonalarining elektr taminot fanidan tayyorlagan mustaqil ishi

Download 0,73 Mb.