• 2.8. Elektrotal yuk ko‘tarish mexanizmi elektrodvigatelini o‘ta yuklanishdan ximoyalash qurilmasi
  • Andijon mashinasozlik instituti elektrotexnika fakulteti




    Download 0,79 Mb.
    bet12/33
    Sana16.05.2024
    Hajmi0,79 Mb.
    #238851
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   33
    Bog'liq
    tayyor diplom

    Boshqarish tugmachalari (knopkalari) magnitli yurgizgichlar, relelar, avtomatlar va sh.o‘.larni kontaktlarini 500 V gacha bo‘lgan kuchlanishlarda o'zib ulash uchun ishlatiladi.Boshqarish tugmachalari rusumi, kuchlanish, ruxsat etilgan toki, kontaktlar soni va og‘irligi bo‘yicha tanlanadilar.
    Kran-balkadagi barcha dvigatellarini boshqarish uchun quyidagi boshqarish tugmachalarini tanlaymiz:
    rusumi-KUO-3 ;
    kuchlanish-380 V;
    ruxsat etilgan toki-2.5 A;
    kontaktlar soni 2 (1 ta ochiq, 1 ta yopiq);
    og‘irligi 300 gr (0.3kg)
    2.8. Elektrotal yuk ko‘tarish mexanizmi elektrodvigatelini o‘ta yuklanishdan ximoyalash qurilmasi
    Yuk ko‘tarish mexanizmini elektrodvigatelini ishga tushish chastotasi katta bo‘lganligi uchun uni yurgizish tokidan qizishi intensiv bo‘lganligi bois elektrodvigatelni effektiv ximoya qilish uchun xarorat datchiklaridan va boshqarish qurilmalaridan tashqil topgan xaroratdan ximoyalash vositalaridan foydalanishni qo‘llaymiz.
    Xarorat datchiklari bo‘lib yarim o‘tkazgichli termorezistor va pozistorlar xizmat qiladi. Ular stator cho‘lg‘ami yonboshi oralig‘iga ( xar bir fazoga bittadan) joylashtiriladi. Ximoyalovchi datchik sifatida asosan diametri 3 mm, qalinligi 1,5 mm disk ko‘rinishidagi ST 14-1A yoki ST-14 15 pozistorlari ishlatiladi.
    UVTZ-1 M rusumli bunday qurilma quyidagicha ishlaydi. Magnitli yurgizgichni PUSK knopkasi ezilganda 1 va 4 qismlarga kuchlanish beriladi. Mabodo elektrodvigatel xarorati chegaraviy miqdordan past bo‘lsa datchik qarshiligi oz bo‘ladi va kuchaytirgichlarniishga tushishi kuchlanishdan katta bo‘ladi, bu kuchlanish R 6, R 7, va R 8 bo‘lgichlariga bog‘liq bo‘ladi.
    Bu xolatda tranzistor VTI ochiq, tranzistorlar VT1 va tiristor VS1 yopiq, rele KVI o‘lchanmagan bo‘ladi.
    Elektrodvigatel xarorati chegaraviy qiymatidan qolib ketgan taqdirda datchiklar qarshiliklari keskin oshadi va datchikdan chiqadigan signal kamayadi, trizistor VTI yopiladi, tranzistor VT1 esa ochiladi. Tiristor VS1 va rele KVI ulanadi, rele kontaktlari magnitli yurgizgich g‘altagini tarmoqdan o'zib qo‘yadi, natijada elektrodvigatel tarmoqdan o'zilib qoladi va to‘xtaydi.
    Mobodo datchiklar zanjirida o'zilish yoki qisqa tutashuv sodir bo‘lsa trazistor VT1 ochiladi, tiristor VS1 va rele KVI ulanadilar va relelar magnit g‘altagi ta’minot zanjirini o'zib qo‘yadi, natijada elektrodvigatel tarmoqdan o'ziladi.Boshqarish qurilmasi plastmassali g‘ilofga joylashtiriladi va izolyatsiyalangan simlar yordamida datchiklarga ulanadi.



    1. Download 0,79 Mb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   33




    Download 0,79 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Andijon mashinasozlik instituti elektrotexnika fakulteti

    Download 0,79 Mb.