|
Kran-balka boshqarish sxemasi elementlarini tanlash
|
bet | 10/33 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 0,79 Mb. | | #238851 |
Bog'liq tayyor diplom2.7. Kran-balka boshqarish sxemasi elementlarini tanlash
Boshqarish va ximoya vositalari elektr yuritmani tarkibiy qismi xisoblanib elektr yuritmani boshqarish(yurgizish, to‘xtatish, tez to‘xtatish, teskariga aylantirish), avariyaviy xolatlarda esa elektrodvigatelni ximoya qilish, shuningdek texnologik jarayon talablariga binoan elektrodvigatel ishini ta’minlash vazifalarini bajaradi.
Boshqarilishi bo‘yicha vositalar ikkiga bo‘linadi:
1. Qo‘l bilan boshqariladigan;
2. Avtomatik boshqariladigan.
Qo‘l bilan boshqariladigan (noavtomatik) vositalar elektr zanjirlarini ulash va o'zish bo‘yicha tayyorgarlik operatsiyalarinibajarish uchun qo‘llaniladi va qo‘l bilan boshqariladi. Ularga rubilniklar, paketli o'zgichlar, kontrolerlar, tugmali stansiyalar, avtomatlar va shunga o‘xshashlar kiradi.
Avtomatik boshqarish vositalari elektr yuritmalarni ishga tushirish, tez to‘xtatish, aylanish chastotasini rostlash, avariyaviy xolatlarda ularni ximoya qilish, shuningdek blokirovka aloqalari va masofadan boshqarishni amalga oshiradi.
Elektr yuritmalarni boshqarish uchun keng ko‘lamda kontaktli vositalar ( magnitli yurgizgichlar,kontaktorlar, oraliq relelari, dasturli elementlar va sh.o‘.), shuningdek yarim o‘tkazgichli qurilmalar asosidagi kontaktsiz vositalar xam qo‘llaniladi.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan fikrlardan kelib chiqib kran-balka elektr yuritmalarini boshqarish uchun quyidagi vositalarni tanlashni amalga oshiramiz:
Rubilniklar turi, nominal toki, qutblar soni, yuritma turi, ulanish ko‘rinishi bo‘yicha tashlanadi.
Kran-balkani boshqarish uchun markaziy shitga o‘rnatish uchun quyidagi rubilnik tashlanadi.
Nomi –rubilnik ajratkich;
2. Turi – P 21;
3. Qutblar soni -3 ;
4. Nominal toki -100 A
5. Yuritma turi-markaziy dasta;
6. O‘rnatish usuli-oldingi va orqali.
Magnitli yurgizgichlar kattaligi (velichina), turi, nominal
kuchlanishdagi quvvati, nominal toki, reversivligi bo‘yicha tanlanadi
Kran-balka yuritmalarini boshqarish uchun quyidagi magnitli yurgizgichlar tanlanadi
|
| |