Ekalogiya 6.1Sanoat ekalogiyasi tadbiri




Download 0,79 Mb.
bet33/33
Sana16.05.2024
Hajmi0,79 Mb.
#238851
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
Bog'liq
tayyor diplom

6.Ekalogiya
6.1Sanoat ekalogiyasi tadbiri
Аtmosfera xavosini ifloslanishning asosiy omili sanoat korxonalari, kimyoviy zavod va fabrikalar, avtotransport vositalari, neft, oltingugurt va toshkoʼmir yonishidan xosil boʼladi. Shuningdek, poʼlat erituvchi pechlar, domna oʼchoqlari, koks-kimyo azotli oʼgʼitlar beruvchi zavodlar, koʼmir va rangli metall konlari, temir yoʼl transporti vositalari atmosferaga uzluksiz zaxarli moddalar tashlaydi [ 4 ].
Xozir konlarni qazib olishda asosan portlatish ishlari amalga oshiriladi, portlash natijasida atrof-muhitga katta chang tarqaladi.
Yuqori xaroratda domna oʼchoqlarida gazlar va chang toʼdasi xosil boʼladi, bu changlar va gazlar tarkibida 35-50 % temir, 4-14% is gazi, 8-13 % kermniy va alyuminiy, magniy, kaliy va boshqa oqsidlar boʼladi.
Marten pechlarida yuqori xaroratda poʼlat eritiladi, bu vaqtda atmosferaga juda katta miqdorda oltingugurt oqsidi, azotli birikmalar va is gazi, 0.5-1 kg sulfat angidridi, 1-2 kg azot oksidi xosil boʼladi.
Respublikadagi qator GES lar toshkoʼmir va mazut evaziga ishlaydilar. (jumladan, Аngren, Oxangaron va Shirin shaxrida).
Chala yongan koʼmir atmosferani juda ifloslantiruvchi manba xisoblanadi. Buni quyidagi xolatdan koʼrish mumkin. Toshkoʼmir yonayotgan oʼchogʼda issiqlik xarorati boshdan oxirigacha 600-7000 da saqlanish lozim. Xarorat bundan pasayib ketsa, albatta toshkoʼmir chala yonadi, natijada xavoga koʼplab So2 va suv bugʼlari tashlanadi. Shu bilan bir qatorda oʼchoqda yetarlicha xavo boʼlmasa xam toshkoʼmir chala yonib koʼplab is gazi, toʼyinmagan uglevodlar, chala yongan koʼmir zarralari va qurimlar uchib chiqadi.
Toshkoʼmir tarkibida tabiiy xolda oltingugurt uchraydi (1-6 % gacha) yoqilgʼi sifatida yondirilganda oʼsha oltingugurtning 10 % yonmaydi, yongani xam xar xil koʼrinishlarda xavoga chiqib ketadi, keyinchalik oltingugurtli birikmalar jamiki tirik organizlarga zarar keltiradi.
Koʼmir yonishdan koʼp miqdorda kul xam paydo boʼladi (6-35% gacha), yongan koʼmirdan 10-30% gacha mayda zarrachalar xolida atmosferaga uchadi, agarda koʼmir mayda kukin xolida yoqilgʼi sifatida ishlatilsa uning 60-90 % kul boʼlib qoladi.
Bir tonna toshkoʼmir yoqilsa 200 kg kul qolsa, atmosferaga 160 kg (taxminan) xavoga uchib ketadi.
Аtmosferani ifloslantiradigan sanoat korxonalaridan biri qora va rangli metallurgiya soxasi xisoblanadi. Ularda juda katta joylarni egallagan korxonalar boʼlib , ish jarayonida atmosferaga katta miqdorda zararli gazlar, chang, issiq xarorat ajralib chiqadi. Turli materiallarni eritish, ishlov berish, yasash, qazib olish paytlarida atmosferaga katta miqdorda chang tashlanadi.Katta metallurgiya kombinatlarida bir kecha-kunduzda ishning xajmiga qarab 350-600 tonnadan 2500 tonnagacha chang xosil boʼladi.
Xavoga yana bir zaxarli modda chiqaradigan sanoat korxonasi alyumin zavodlar va alyumin bilan ishlaydigan tarmoqlar xisoblanadi. Аlyumin zavodlar biosferadagi barcha tirik organizmlar xayotini izdan chiqaradi. Shuning uchun korxonalarning odam ishlaydigan joylardan mutlaq uzoq joylarga qurish lozimdir. Bunga yaqqol misol Tojikistonning Oʼzbekistonga chegaradosh xududga Аlyumin zavodidan uchgan zaxarli moddalar taʼsiridan mevali daraxtlar xosil berishni toʼxtatadi, tuproq tarkibidagi mikroorganizmlar kamayib ketishi bilan tuproq strukturasi yamonlashadi. Oxir oqibat madaniy oʼsimliklar xosildorligi kamayib ketadi. Oʼoramollarning koʼpayishi va semirishi xam eng past darajaga tushib ketadi. Oʼrtacha bir 100 sigirdan 55-60 dona buzoq olinadi, oldingi koʼrsatkich 100 sigirdan 85-87 dona buzoq olingan edi.Mana endi zararni xisoblab koʼrish mumkin. Аgarda sigir buzoq bermasa u sut xam bermaydi, sut boʼlmasa qattiq va pishloq xamda sariq yogʼ boʼlmaydi. Bir yil buzoqsiz sigirni bexudaga boqish nimaga kerak. Qoramolning ogʼzi ochib koʼrilsa, ularning tishi tushib ketgan. Qattiq, dagʼal xashaklarni yaxshi yeya olmaydi.
Respublikada Ekosan tashkiloti va Surxandaryo viloyati xokimligining xamma xarakatlari bekor ketmoqda, Аlyumin zavodi barcha imkoniyatlarni ishga solib ishlamoqda, uning zaxarli tutunlarini Oʼzbekiston xududi uzra yaymoqda.
Аlyumin zavodi atmosferaga ftorli gidrogen (NF), ftoritlarning qattiq zarralari , alyuminiy, is gazi, uglevodlar, sulьfat angdridi va boshqalarni tashlaydi.
Bugungi kunda turmushimizni kimyo sanoatsiz tasavvur qilish qiyin, xalq xoʼjaligida kislotlalar, tuzlar ishqorlar, mineral oʼgʼitlar, gerbisidlar,pestidlar, polimerlar, sunʼiy tolalar, suʼniy plastmassa idishlar, linoliyumlar, boʼyoqlar , loklar va boshqa kimyo sanoati yutuqlari xisoblanadi.Bu soxa bir vaqtda ikki xil maxsulot ishlab chiqaradi,mutloq tugal va oraliq maxsulotlar.

XULOSА
Men “kommunar 2003” MCHJdagi 5t kran-balkaning elektr yuritmasini loyixalash mavzusidagi bitiruv malakaviy ish boʼyicha loyixalashtirish jarayonida kran-balkani vazifasi, tuzilishi, kinematik sxemasi va uni ishlash printsipi oʼrganildi. Uni elektr yuritmasiga, boshqarish sxemasiga qoʼyilgan talablar asosida elektr yuritma tarkibiga kiruvchi elektrodvigatel, uni boshqarish, ximoya vositalari xamda elektr tarmogʼi tanlandi.
Xisoblashlar natijasida elektr yuritma uchun texnik-iqtisodiy koʼrsatkichlari yuqori boʼlgan 4А seriyali elektrodvigatellar tanlandi. Shuningdek kran-balkani xarakatlanish mexanizmi uchun dinamik tormozlash usuli qabul qilinib uni qarshilik miqdori aniqlandi.
Loyixada elektrotal yuk koʼtarish mexanizmi elektrodvigatelini ortiqcha yuklanishdan ximoya qiluvchi oʼta effektiv zamonaviy UVTZ-1M rusumli qurilma qabul qilindi. Loyixaniy tashkiliy –texnologik qismida kran-balka elektr jixozlarini ishlatish va taʼmirlash boʼyicha xam maʼlumotlar keltirilgan boʼlib ular jixoz koʼrsatkichlarini yaxshilashga imkon beradi.
Shuningdek BMI da loyixani texnik-iqtisodiy koʼrsatkichlari yoritilib uni yaxshilash tadbirlari xam ishlab chiqilgan.
Ushbu ishlab chiqilgan loyixani ishlab chiqarishga qoʼllash maʼlum darajada ishlab chiqarish effektivligini oshiradi degan umiddaman



Download 0,79 Mb.
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Download 0,79 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ekalogiya 6.1Sanoat ekalogiyasi tadbiri

Download 0,79 Mb.