|
Elektr tokining inson organizmiga tasiri
|
bet | 28/33 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 0,79 Mb. | | #238851 |
Bog'liq tayyor diplomElektr tokining inson organizmiga tasiri
Elektr tokidan inson organizimidan termik (yani issiklik), elektrolitik va biologik tasir k o'zatiladi. Elektr tokining termik tasiri inson tanasining bazi joylarida kuyish, qon tomirlari, nerv va xujayralarning qizishi sifatida k o'zatiladi. Elektrolitik tasir esa, qon tarkibidagi yoki xujayralar tarkibidagi t o'zlarning parchalanishi natijasida qonning fizik va kimyoviy xususiyatlarining o'zgarishiga olib keladigan xolat tushuniladi.
Bunda elektr toki markaziy asab tizimi va yurak-qon tizimni kesib o’tmasdan tananing bazi bir qisimlarigagina tasir ko’rsatishi mumkin.
Elektr tokining biologik tasiri - bu tirik organizm uchun xos Bo’lgan xususiyat xisoblanadi. Bu tasir natijasida muskullarning keskin qiskarishi tufayli inson organizmidagi tirik xujayralar tulqinlanadi, bunda asosan organizimdagi bioelektrik jarayon b o'ziladi.
Yani inson organizmi asosan bioelektrik toklar yordamida boshkariladi.
Bunga tashqi muxitdan yuqori kuchlanishdagi elektr tokining ta’siri natijasida biotoklar rejimi b o'ziladi va oqibatda inson organizmiga tok urish xolati vujudga keladi. Yani boshqarilmay qolgan organizmda xayot faoliyatining bazi bir funksiyalari boshqarilmay qoladi: nafas olishning yomonlashuvi, qon aylanish tizimining ishlamay qolishi va x.k. Elektr tokining inson organizmiga tasirining xilma xilligidan kelib chiqib, uni ikki guruxga bo’lib qarash mumkin: maxalliy elektr ta’siri va tok urish.
Maxalliy elektr tasiri - kuyib qolish, elektr belgilari xosil bo’lishi, terining metallashib qolishi xollaridir. Elektr tasirida kuyish asosan organizim bilan elektr utkazgichi o’rtasida volta yoyi xosil Bo’lganda sodir bo’ladi. Elektr o’tkazgichdagi kuchlanishning tasiriga qarab bunday kuyish turlicha bo'lishi mumkin. Yengil kuyish faqat yallig’lanish bilan chegaralanadi, o’rtacha og’irlikdagi kuyishda pufakchalar xosilbo'ladi va og’ir kuyishda xujayra va terilar ko’mirga aylanib, og’ir asoratlarga olib kelishi mumkin. Elektr belgilari - bu terining ustki qismida aniq kulrang yoki och sarg’ish rangli 1-5 mm diametrdagi belgi paydo bo’lishi bilan ifodalanadi. Bunday belgilar odatda xavfli emas.
Terining metallashib qolishida, odatda erib mayda zarrachalarga parchalanib ketgan metal teri ichiga kirib qoladi. Bu xolat xam elektr yoyi xosil bulganda ro’y beradi. Malum vaqt o’tgandan keyin bu teri ko’chib tushib ketadi va xech qanday asorat qoldirmaydi.
Organizm ichki organlarining qarshiligi uncha katta emas.
Odamning quruq, zararlanmagan terisi 2.000 dan 20.000 Om gacha va undan yuqori qarshilikka ega bo’lgani xolda, zararlangan teri qarshiliga 40-5000 Om qarshilikka ega bo’ladi va bu qarshilik inson ichki azolari qarshiligiga teng xisoblanadi. Aytilganlarni xisobga olgan xolda umuman texnik xisoblar uchun inson organizmi qarshiligi 1000 Om deb qabul qilingan.
Inson organizmi orqali oqib o’tgan tokning miqdori uning asoratini belgalaydi, yani oqib o’tgan tok qancha katta bulsa, uning asorati xam shuncha katta bo’ladi.
Inson organizmi orqali 50 Gers li sanoat elektr tokining 0,6-1,5 mA oqib o’tsa, buni u sezadi va bu miqdordagi tok sezish chegarasidagi elektr toki deb ataladi.
Agar inson organizmidan oqib o’tgan tokning miqdori 10-15 mA ga yetsa, unda organizmdagi muskullar tartibsiz qisqarib, inson o’z organizmi qismlarini boshqarish qobiliyatidan maxrum bo’ladi, yani, elektr toki bo’lgan simni ushlab turgan bo’lsa, panjalarini ocha olmaydi, shuningdek unga tasir kursatayotgan elektr simini olib tashlay olmaydi. Bunday tok chegara mikdordagi ushlab qoluvchi tok deyiladi. Tok mikdori 25-50 mA ga yetsa, unda tok tasiri ko’krak qafasiga tasir ko’rsatadi, buning natijasida nafas olish qiyinlashadi. Tok tasiri o'zoq vaqt davom etsa, yani bir necha minutga cho’zilsa, unda nafas olishning to’xtab qolishi natijasida odam o’lishi mumkin. Tok mikdori 100 mA va undan ortiq bo’lsa, bunday tok yurak muskullariga tasir ko’rsatadi va yurakning ishlash ritmi b o'ziladi, natijada qon aylanish tizimi butunlay ishdan chiqadi va bu xolat xam o’limga olib keladi.
Inson organizmi orqali oqib o’tgan tokning davomliligi xam aloxida axamiyatga ega, chunki tok tasiri o'zoq davom etsa, unda inson organizmining tok o’tkazuvchanligi orta boradi va tokning zararli tasiri organizmda yig’ila borishi natijasida asorat og’irlasha boradi.
Tokning turi va chastotasi xam zararli tasir ko’rsatishda muxim ro’l o’ynaydi. Eng zararli tok 20-100 Gs atrofidagi elektr toki xisoblanadi. Chastotasi 20 Gs dan kichik va 100 Gs dan katta toklarnin tasir darajasi kamayadi. Katta chastotadagi elektr toklarida tok urish bo’lmaydi, lekin kuydirishi mumkin.
Agar tok o’zgarmas bo’lsa, unda tokning sezish chegarasidagi miqdori 6-7 mA, ushlab qoluvchi chegara miqdori 50-70 mA, 0,5 s davomida yurak faoliyatini ishdan chiqarishi mumkin bo’lgan miqdori 300 mA gacha ortadi.
|
| |