|
Sanoat korxonalarini yoritish
|
bet | 27/33 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 0,79 Mb. | | #238851 |
Bog'liq tayyor diplomSanoat korxonalarini yoritish
Yorug’lik inson faoliyati davomida juda muxum ro’l o’ynaydi.
Ko’rish inson uchun asosiy malumot manba xisoblanadi. Umumiy olinadigan ma’lumotning taxminan 90% ko’z orqali olinadi.
Suniy yoritish manbalari
Ish bajarish vazifasiga ko’ra suniy yoritishlar: ishchi yoritilish, avariya yoritilishi va maxsus yoritilishlarga bo’linadi.
Sanoat korxonalarida unumli ish sharoitini tashqil qilish va ishchilarni ish sharoitlarini yaxshilash maqsadida ko’zni toliqishdan saqlovchi yoritish vostalarini tashqil qilish sanoat korxonalari oldiga qo’yilgan asosiy sanitariya-gigiyenik talabidir. Bunday sharoit tashqil qilish uchun sanoat korxonalarini yoritish sistemalariga quyidagi asosiy talablar qo’yiladi.
1. Ish joylarini yoritish sanitariya gigiyenik normalar asosida ish kategoriyalariga moslashgan bo'lishi kerak. Ish joylarini maksimal yoritish albatta ish sharoitini yaxshilashga olib keladi.
2. Ish olib borilayotgan y o'zaga va ko’zga ko’rinadigan atrof- muxitga yorug’lik bir tekis tushadigan bo’lishi kerak. Chunki, agar ish olib borilayotgan y o'zada va atrof -muxitda yaltiroq uchastkalar mavjud bo’lsa, unda ko’zning ularga tushishi va qaytib ish zonasiga qaraganda ko’zning jimirlashishi va ma’lum vaqt ko’nikishi kerak bo’ladi.
3. Ishchi y o'zalarida keskin soyalar bo’lmasligi kerak. Chunki ish y o'zasida keskin soyalarning bo’lishi, ayniqsa u soyalar xarakatlanuvchi bo’lsa, bajarilayotgan obektning ko’rinishini yomonlashtiradi.
4. Ishlab chiqarish zonalarida to’g’ri yoki nur qaytishi tasiri xosil bulayotgan yaltirash bo’lmasligi kerak. Chunki ish zonalarida yaltirash ko’zning ko’rish qobiliyatini pasaytirib, ko’zni kamashtirishi mumkin.
5. Yoritilish miqdori vaqt bo’yicha o’zgarmas bo’lishi kerak. Yoritilishning ko’payib-kamayishi, agar uktin-uktin ro’y beradigan bulsa, Ko’zga zarar keltiradi, chunki ko’z yorug’lik o’garishlariga ko’nikishiga to’gri keladi.
6. Yorug’lik nurlarini optimal yo’nalish bilan yo’naltirish kerak, bunda malum xolatlarda detalning ichki y o'zalarini ko’rish va boshqa xollarda detal y o'zasidagi kamchiliklarni yaxshiroq ko’rish imkoniyati tug’iladi.
7. Yorug’likning lozim bo’lgan spektor tarkibini tanlash zarur. Bu talab materiallarning rangini aniq belgilash zarur bo’lgan xollarda muxim rol o’ynaydi.
8. Yorug’lik qurilmalari qo’shimcha xavflar manba bo’lmasligi kerak. Shuning uchun yoritish manbalari ajratadigan issiqlikni, tovush chiqarishini maksimal kamaytirish kerak.
9. Yoritish qurilmasi ishlatish uchun qulay, o’rnatish oson va iqtisodiy samarali bo’lishi kerak.
|
| |