|
Elektr toki tasiriga tushgan kishiga birinchi tibbiy yordam Ko’rsatish
|
bet | 29/33 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 0,79 Mb. | | #238851 |
Bog'liq tayyor diplomElektr toki tasiriga tushgan kishiga birinchi tibbiy yordam Ko’rsatish.
Elektr toki tasiriga tushgan kishiga tibbiyot xodimi kelgunga qadar
Ko’rsatiladigan yordamni ikki qismga bo’lib qaraladi: tok tasiridan qutqazish va birinchi yordam ko’rsatish.
Tok tasiridan qutqazish o’z navbatida bir necha xil bo’lishi mumkin. eng oson va qulay usuli bu elektr qurilmasining o’sha qismiga kelayotgan tokni o’chirishdir.
Agar buning iloji bo’lmasa (masalan, chiqish qurilmasi o'zoqda Bo’lsa), unda tok kuchlanishi 1000 V dan ko’p bo’lmagan elektr qurilmalarida elektr simlarini sopi yog’ochli bo’lgan boltalar bilan kesish yoki zararlangan kishining kiyimi quruq bo’lsa, uning kiyimidan tortib tok tasiridan qutqazib qolish mumkin. Agar elektr tokening kuchlanishi 1000 V dan ortik bulsa, unda dielektrik qo’lqop va elektr izolyatsiyasi mustaxkam bo’lgan elektr asboblaridan foydalanish kerak.
Elektr tasiriga tushgan kishiga birinchi yordam ko’rsatish, uning xolatiga qarab belgilanadi. Agar tasirlangan kishi xushini yuqotmagan bo’lsa, uning tinchlantirib, vrach kelishini kutish yoki uni tezda davolash muassasasiga olib borish zarur.
Agar tok tasirida xushini yuqotgan ammo nafas olishi va yurak tizimi ishlayottan bo’lsa, unda uni quruq va qulay joyga yotkizish, kamari va yoqasini bo’shatish va sof xavo kelishni taminlash zarur Nashatir spirti xidlatish, y o'ziga suv purkash, tanasini va qo’llarini ishqalash yaxshi natija beradi.
Agar jaroxatlangan kishining nafas olishi qiyinlashsa, qaltirash xolati bo’lsa, ammo yurak urish ritmi nisbatan yaxshi bo’lsa, unda bu kishiga suniy nafas oldirish ishlarini bajarish zarur.
Klinik o’lim xolati y o'z bergan taqdirda sun’iy nafas berish bilan bir qatorda yurakni ustki tomondan massaj qilish kerak.
Suniy nafas berish jaroxatlangan kishini tok tasiridan kutkazib olish, uning xolatini aniqlash bilanoq boshlanishi kerak.
Suniy nafas berish "og’izdan og’izga" deb ataluvchi usul bilan, yani yordam kursatuvchi kishi o’z o’pkasini xavoga to’ldirib, jaroxatlangan kishi og’zi orqali uning o’pkasiga bu xavoni xaydaydi. Odam upkasidan chiqqan xavo, ikkinchi odam o’pkasi ishlashi uchun yetarli midorda kislorodga ega bo'lishi aniqlangan. Bu usulda jaroxatlangan kishi chalkancha yotkiziladi, og’zini ochib begona narsalardan tozalanadi. xavo o’tish yo’lini ochish uchun boshini bir yuli bilan peshona aralash ko’tariladi, ikkinchi yo’l bilan daxanidan tortib, daxanini bo’yni bilan taxminan bir chiziqqa keltiriladi . Shundan keyin kukrak kafasini tuldirib nafas olib, kuch bilan bu xavoni jaroxatlangan kishi og’zi orqali puflanadi. Bunda yordam kursatayotgan kishi og’zi bilan, jaroxatlangan kishining og’zini butunlay berkitishi va y o'zi yoki panjalari yordamida uning burnini berkitish kerak. Shundan keyin yordam kursatuvchi boshini kutarib yana o’pkasini xavoga to’ldiradi. Bu vaqtda jaroxatlangan kishi passiv ravishda nafas chiqazadi.
Bir minutda taxminan 10-12 marta puflashni doka, dastro’mol va trubka orqali xam bajarish mumkin. Agar jaroxatlangan kishi mustaqil nafas olishini tiklagan taqdirda xam, suniy nafas oldirishni unumli nafas olishiga bemor o’ziga kelguncha davom ettiriladi.
|
| |