|
a)TOL-10/100nurli optik signalizatsiya
|
bet | 32/33 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 0,79 Mb. | | #238851 |
Bog'liq tayyor diploma)TOL-10/100nurli optik signalizatsiya
1-axborot bloki 2- yong’in signal bloki 4-avtomatik informatsiya bloki
b)yong’in xaqida xabar beruvchi SKPU-1 qurilmasi
xabarlagichlar qabul apparatiga radial chizma boʼyicha bir necha joyda ulangan boʼladi. Oʼz-oʼzidan ishlaydigan yongʼin xabarlagichlari ishlab ketish impulьsiga koʼra issiqlik, tutun, yorugʼlik, aralash va ulьtratovush xabarlagichlariga boʼlinadi.
SDPU-1 va SKPU -1 qurilmalaridan foydalanilgan yongʼin signalizatsiyasining afzalliklari quyidagilardan iborat:
- Qoʼriqlash signalizatsiyasi tizimiga ega;
- Yongʼin xaqida xabar berish toʼliq avtomatlashtirilgan va “01”ulangan;
- Yongʼin xqidagi xabar yongʼin aloqasi markaziy punktiga uzatiladi.
Qurilma 50 ta yongʼinga qarshi nurlar va 5ta qoʼriqlash signalizatsiyasiga moʼljallab tayyorlangan boʼlib, yongʼinga qarshi bitta nurga 10tagacha KI-1 xabarlagichni xamda bitta SI-1 xabarlagichni ulash mumkin.
Xabarlagichlarning turi va miqdoriga qarab SKPU-1 qurilmasi 50dan 100m2 gacha maydonni nazorat qilib tura oladi.
Issiqlik xabarlagichlari 100-150 Vt quvvatli elektr chiroq yordamida tekshiriladi. Tutun va issiqlik xabarlagichlarni ulrga tutun manbaini yaqinlashtirish yoʼli bilan tekshiriladi. Yorugʼlik xabarlagichini unga yoqilgan gugurt choʼpini koʼpi bilan 5m gacha yaqinlashtirish orqali tekshirish mumkin
5.3 Yong’in signalizatsiyasi va avtomatikasi sxemasi tuzish
Yongʼindan xabar bergichlar yongʼinga qarshi kurashishda eng muxim vositachi xisoblanadi. Ular sodir boʼlgan yongʼinni oʼz vaqtida aniqlash va oʼt oʼchiruvchilarga tez xabar berish imkonini beradi. Xabar bergich tizimi quyidagi talablarni bajarish kerak: mahalliy yongʼin muhofazasiga tezlik va uzluksiz xabar berish, elektr xabar bergich qoʼllanilganda elektr zanjirida uzilish roʼy berganda qabul apparatiga avtomatik tarzda xabar berish va boshqalar. Xabar berishni eng ishonchli turi elektr tarmogʼi (tizimli) xisoblanadi. Elektr yongʼin xabar bergichlar tizimi yongʼinni aniqlash va uning joyini xabar berish uchun belgilanadi. Elektr yongʼin xabar bergichlar qurilayotgan , qayta qurilayotgan va mavjud sanoat, qishloq xoʼjaligi bino va inshootlariga oʼrnatiladi. Ularning asosiy qismlari: xabar bergichlar yongʼin xabar bergich stantsiyasi, elektr toki bilan taʼminlash tuzilmasi va aloqa chizigʼi boʼladi. Yongʼindan xabar bergichlar issiqlik ( tashqi muxit haroratini koʼtarilishini sezuvchi); yorugʼlik (alanganing yorugʼlik nurini sezuvchi); kombinatsiya qilingan (issiqlik va tutinni sezuvchi) va boshqalar boʼladi.
Yongʼindan xabar bergich stantsiyasi xabar bergichdan kelgan elektr signalni qabul qilib, ularni yorugʼlik va tovushli signallarga oʼzgartiradi va avtomatik yongʼin oʼchirish vositalarini ulash imkoniyatini beradi. Аloqa chiziqlari xabar bergichlarni yongʼin xabar bergich stantsiyalariga ulaydi. Elektr yongʼin xabar bergichlar tizimini tanlashda xona va muxitning xususiyatlari, yongʼin xavfli materiallarning borligi, ularni yonish xarakteri , texnologik jarayonlarni xisobga olib tanlanadi.Shuningdek , xabar bergichlarning texnikaviy maʼlumotlarini hisobga olib, ularni ishlatish sharoitlariga moslab tanlanadi.Nisbiy namligi 80% dan kam boʼlgan va yonish xarorati koʼtarilishi mumkin boʼlgan joylarda АTIM-3, АTP-3M, POST-1 va DTL tipidagi issiqlik xabar bergichlari qoʼllaniladi. Nisbiy namligi katta boʼlgan xonalar uchun АTP-3V, АTIM-3, TRV-2 va boshqa avtomatik xabar bergichlar qoʼllaniladi. Portlash xavfi boʼlgan xonalarni muhofaza qilish uchun TRV-1 va TRV-2 portlash xavfsizlik xabar bergichlari qoʼllaniladi.
|
| |