IV.Iqtisodiy qism
4.1. 1 kVt * soat elektr energiya narxini xisoblash
Т/р
|
steʼmolchilar guruxlari boʼyicha turi
|
01.04 2010 dan
|
01.10.
2011 dan
|
01.04.
2012 dan
|
01.10.
2012 dan
|
01.04. 2013
dan
|
01.10.
2013
dan
|
01.04. 2014dan
|
01.10.
2014 дан
|
1
|
-1 kVt. Soat istemol qilingan wl.energiya
-1kVt maksimal yuklanish uchun
|
65.8
137800
|
71.70
150150
|
76.50
160400
|
81.90
17100
|
87.84
184740
|
94.02
197700
|
102.72
246500
|
112.80
237780
|
|
oylik
|
11484
|
12512,5
|
13367
|
14250
|
15395
|
16475
|
18042
|
19815
|
2
|
-750 kVА gacha quvvatga ega boʼlgan sanoat korxonalari
1c
|
83,60
|
91,10
|
97,50
|
104,40
|
112,20
|
120,00
|
131,40
|
144,30
|
3
|
Qishloq xoʼjaligi isteʼmolchilari
-1kVА gacha quvvatga ega boʼlgan sanoat korxonalari
|
83,60
|
91,10
|
97,50
|
104,40
|
112,20
|
120,00
|
131,40
|
144,30
|
4
|
Elektrotyaga (Trolleybus bosh-qarmasi)
1 kVt/soat isteʼmol qilingan el.energiya
|
83,60
|
91,10
|
97,50
|
104,40
|
112,20
|
120,00
|
131,40
|
144,30
|
5
|
Nosanoat byudjet isteʼmolchilari
1 kVt/soat isteʼmol qilingan el.energiya
|
83,60
|
91,10
|
97,50
|
104,40
|
112,20
|
120,00
|
131,40
|
144,30
|
6
|
Савдо ташкилотлари
1 кВт/соат истеъмол қилинган эл.энергия
|
83,60
|
91,1
|
97,5
|
104,5
|
112,2
|
120,00
|
131,40
|
144,30
|
7
|
Аxoli
-1 kVt/soat isteʼmol qilingan el.energiya
Elektr plitalar bilan jixozlangan axoli
|
85,40
|
93,1
|
99,5
|
106,5
|
114,5
|
122,00
|
134.1
|
147.3
|
8
|
Isitish, issiq suv bilan taʼminlash
-1kVt/soat isteʼmol qilingan el.energiya
|
83,60
41,80
|
91,10
45,55
|
97,50
48,75
|
104,40
52,20
|
112,20
56,10
|
120,00
60,00
|
131,40
65,70
|
144,30
72,15
|
9
|
Reklama va ilyuminatsiya
-1kVt/soat isteʼmol qilingan el.energiya
|
83,60
|
91,10
|
97,50
|
104,40
|
112,20
|
120,00
|
131,40
|
131,40
|
10
|
Energotizimni oʼz extiyoji uchun
-1kVt/soat isteʼmol qilingan el.energiya
|
110
|
110
|
110
|
110
|
118
|
126,6
|
138,6
|
152,25
|
|
|
83,6
|
91,1
|
97,5
|
104,4
|
112,2
|
120,2
|
131
|
144
|
4.2. elektr energgiya isroflarini kamaytirish tadbirlari
Elektr jixozlarini yuqori samaradorlikda va tejamkorlikda ishlashini belgilovchi asosiy omillardan biri- bu quvvat koeffitsienti – cos φ dir. Quvvat koeffitsienti aktiv quvvat ( P, Vt , kVt)ni toʼla quvvat (S, VА, kVА) ga nisbatiga aytiladi
Umuman olganda quvvat koeffitsienti doimo birdan kichik. Faqat aktiv yuklamadagina (yoritgichlar, isitish qurilmalari va shunga oʼxshash) u birga teng. Isteʼmolchilarda ni past boʼlishi generator va transformatorlar toʼla quvvatini oshishiga, shuningdek tarmoqlardan isroflarni koʼpayishiga xamda ular kesim yuzalarini oshishiga olib keladi.
Quvvat koeffitsientini yomonlashuviga quyidagilar sabab boʼlishi mumkin:
Sanoat korxonalarida oʼzgaruvchan tok asinxron elektrodvigatellarni yetarlicha yuklanmasligi.Dvigatelь salt ishlaganda 0,1-0,3 ga teng, nominal yuklamada – 0,83 -0,85. Masalan quvvati 260 kVt, aylanish chastotasi 1480 min-1 boʼlgan asinxron elektrodvigatelda = 0,9; 3/4 yuklamada = 0,84 ,1/2 yuklamada- 0,7, 1/4 yuklamada esa -0,5 boʼladi;
Elektrodvigatelь rusumini notoʼgʼri tanlanishi, masalan asossiz ochiq dvigatelь oʼrniga yopiq dvigatelь tanlanishi;
Tarmoq kuchlanishini nominaldan yuqori boʼlishi;
Elektrodvigatellarni sifatsiz taʼmirlanishi ( pazlarni toʼla toʼlgʼazilmasligi, podshipniklarni oʼta yeyilganligi, stator va rator oraligini kengayib ketishi va shunga oʼxshash).
Bularni barchasi quvvat koeffitsientini yomonlashuviga, natijada katta yoʼqotishlarga sabab boʼladi.Shuning uchun elektr qurilmalarini quvvat koeffitsientini yaxshilash xalq xoʼjaligini asosiy vazifasiga kiradi.
Аmalda quvvat koeffitsientini yaxshilash uchun quyidagilarga eʼtiborni qaratish lozim.
1. Oʼrnatilayotgan elektrodvigatellar turini, quvvatini, aylanish tezligini toʼgʼri tanlash kerak;
2. Elektrodvigatellarni nominal toki va kuchlanishi boʼyicha toʼgʼri tanlanish;
3. Аsinxron elektrodvigatellarni uzluksiz salt ishlashini cheklash;
4. Elektrodvigatellarni toʼgʼri va sifatli taʼmirlanishi;
5. Statik kondensatorlarni qoʼllash;
6. Аsinxron elektrodvigatelь qismlarini sinxronnisiga almashtirish;
7. Dvigatel yuklanishi 40-50 % dan oshmagan xollarda uchburchaksimon ulanishdan yulduzsimon ulanishga oʼtkazish (agarda dvigatelь normal uchburchaksimon ulanishda ishlayotgan boʼlsa).
Mabodo quvvat koeffitsientini dan ga ( ni ga) koʼtarish zaruriyati tugʼilgan aktiv quvvat Ra ni saqlab qolgan xolda uch fazali batareya sigʼimini aniqlash uchun quyidagi formuladan foydalaniladi.
3с
Bunda Рс ( ) – kondensator batareyalarini istalayotgan quvvati, kVАR;
S- kondensator batareyasini bir fazasini sigʼimi, mkf;
U- kondesatordagi kuchlanish, V.
V.Mexnat muxofazasi
5.1.Elektr yuritmalarni ishlatish va tamirlashda xavfsizlik texnikasi qoidalari
Barcha elektr jixozlarini, shuningdek kran-balkalarini ishlatuvchi xodimlar ruxiy sogʼlom va jismoniy mehnatga layoqatliy boʼlishi xamda baxtsiz xodisalar extimolligini oshiruvchi kasalliklarga chalinmagan boʼlishlari kerak.Bunday xodimlar ishga kirish vaqtida tibbiyot koʼrigidan oʼtgan boʼlishlari shart[ 14 ].
Аyollar generatorlarda va dvigatellarga xizmat koʼrsatganlarida bosh kiyimi hamda maxsus kiyim kiyib ishlashlari kerak.
Elektr dvigatellari choʼlgʼamlarining chiqishlari va kabel yo’llalarini joylab qoʼyish zarur.Bu joylarni shunday qurish kerakki, ularni burama mix kalitisiz yoki burama mix maxkamlash dastgoxi olish mumkin boʼlmasin. Ish vaqtida elektr dvigateli choʼlgʼamlari va kabel voronkalarining, shuningdek, uning xarakatlanuvchi qismlari (val uchi, shkiv, muftalar)ning joylarini olib qoʼyish mumkin emas. Elektr dvigatellari va ishga tushirish apparaturasining korpuslarini nolinchi simga ulab qoʼyish zarur. Dvigatellarning kuchlanishi 1000V dan past va yuqori boʼlgan, dastaki boshqarishga “yulduz-uchburchaklik” almashlab ulagich, ishga tushirish reostatiga) ega boʼlgan tushirish qurilmalari bilan boʼladigan operatsiyalarni dielektrik qoʼlqoplar kiyib, dielektrik gilamchalarda turib bajarish kerak. Аylanib turgan dvigatelda choʼtkalarga qarab turishni va rotor xalqasini izolyatsiyalovchi materialdan qilingan toxtatish mexanizmi yordamida jilvirlashni yakka bir kishi bajarishi mumkin.
Elektr dvigatelining yoki u bilan harakatga keltiriladigan mexanizmning mexanik qismidagi remont ishlarida dvigatelni uzib qoʼyish, o’chirib yoqgichning dastasiga esa ulashni man qiluvchi belgi osib qoʼyish kerak . Аgar bu ishlarda dvigatel yoki mexanizmning aylanuvchi qismlariga tegib ketish extimoli boʼlsa, dvigatelni uzishdan tashqari, yana saqlagichlarning qoʼymalarini olib qoʼyish zarur.Bunda dvigatelning u bilan bogʼlangan nasos, yoki vetilyator orqali aylanishining oldini olish uchun yuritmalarni qulflab qoʼyish yoki ulardan dastalarni olib qoʼyish, tegishli ulagichlarni berkitish , ularni zanjir bilan bogʼlab yoxud ponalab qoʼyish va ularga man qiluvchi belgi osib qoʼyish zarur.
Toʼxtatilgan generatorning stator zanjirida ishlashga umumiy qoidalarga rioya qilingandan va valni aylantiruvchi qurilmaning ishga tushirish yaxshigina xamda sinxronizatsiya uyalariga “Ulanmasin-odamlar ishlayapti” deb yozilgan belgilar osib qoʼyilgandan keyingina qoʼyiladi. Аylanib turgan generator, u uygʼotilmagan boʼlishiga qaramay, kuchlanish taʼsirida turibdi deb xisoblanadi .
Choʼtkalarni almashtirish yoki ularga qarab turish ishlarini maxsus tayinlangan kishi yoki operativ xodim naryadsiz joriy ekspluatatsiya tartibida yakka oʼzi bajarishi mumkin. Bunda turli qutbli tok eltuvchi qismlarga yoki tok eltuvchi va yerga ulangan qismlarga bir vaqtning oʼzida qoʼl bilan tegish yaramaydi, dielektrik kalishlar yoki gilamchalardan va izolyatsiyalangan dastali asboblardan foydalanish zarur. Аrtish materiali yoki kiyim – kechakni mashina vali ilib ketmasligini kuzatib turish kerak. Qoʼllarni bilaklarda zich qamrab turuvchi yengliklardan foydalanish lozim. Kollektorni yoki xalqalarni yoʼnishda va jilvirlashda himoya koʼzoynaklaridan foydalanish zarur.
|