|
Changlarning inson organizmiga ta’siri
|
bet | 25/33 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 0,79 Mb. | | #238851 |
Bog'liq tayyor diplomChanglarning inson organizmiga ta’siri
Changlarni inson terisiga tasiri natijasida teri yallig’lanadi, biroz shishadi, qizaradi va og’rik paydo bo’ladi. Changlar teri va yog’ bezlari teshiklariga tushib ularni normal ishlashga yo’l qo’ymaydi, natijada terida yog’ va suyuqliklar yetishmaydi va teri quriydi, yoriladi. Yog’ bezlarining teshiklari chang bilan kirgan bazi bir mikroblar bilan tilib qolsa toshmalar kelib chiqishi va terini yiringlab ketishi mumkin. Teri bezlari teshiklariga chang to’lib qolishi terining ter ajratish xususiyatini pasaytiradi. Bu esa issik ishlab chiqarish binolarida kishi tanasiga yomon tasir ko’rsatadi, chunki terlash organizmning xaddan tashqari qizishiga qarshi ximoya vositasi sifatida juda muxim axamiyatta ega.
Ishqorli changlarning teriga tasirini aloxida xisobga olish kerak, chunki bu chang terida teri yaralanishi kasalligini olib kelishi mumkin. Bunday changlarga xrom ishkorli t o'zlar, mishyak, oxak, soda, kalsiy karbidi, osh t o'zi, superfosfat changlari va xokazolar kiradi.
Changlarning ko’zga tasiri natijasida ko’zlar konyutivit kasali bilan kasallanadilar, bunda ko’z qizarib yosh oqadigan bo’ladi, ayrim xollarda ko’z shishadi va yiringlaydi.
Ovqatlanish azolariga xar qanday changlar xam tasir ko’rsata oladi. Eruvchan zaxarli changlar ovqatlanish azolariga tushishi bilan qonga surilib butun organizmni zaxarlaydi.
yuqori nafas olish yo’llarining nozik shilliq qavatiga xar xil changlar xam tasir qilaveradi. Paxta, yung, zig’ir changlari shilliq qavatlarini ko’p shikastlamaydi, ammo bu turdagi changlar nafas olish yollarining devorlariga maxkam yopishib, qiyinchilik bilan araladi va ko’pincha surunkali bronxitlar bilan kasallanishga olib keladi.
Yuqorida nomlari aytib o’tilgan chang kasalliklari ichida eng yomoni silikoz kasalligidir. Kvars changi boshka changlarga qaraganda eng agressiv xisoblanadi. Uning tasiridan xosil bo’ladigan silikoz kasalligi tez rivojlanib, ifodali o’tadi. Agar chang kasalliklarining boshqa turlari 15-20 yil changli sharoitda ishlagandan keyin rivojlansa, silikoz kasalligini boshlang’ich belgilari 5-10 yil ishlagandan keyin belgilanadi. Bazi hollarda esa kvars changi xavoda juda ko’p bo’lgan sharoitda silikoz kasalligining boshlang’ich belgilari 2-3 yildan keyin rivojlanadi.
|
| |