• Mikroiqlimning organizmga tasiri.
  • Ishlab chiqarish mikroiqlimining gigiyenik normalari




    Download 0,79 Mb.
    bet21/33
    Sana16.05.2024
    Hajmi0,79 Mb.
    #238851
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   33
    Bog'liq
    tayyor diplom

    Ishlab chiqarish mikroiqlimining gigiyenik normalari.
    Ishlab chiqarish mikroiqlimi normalari mexnat xavfsizligi standartlari sistemasi "Ish zonasi mikroiqlimi" (GOST 12,100 (76)ga asosan belgilangan. Ular gigienik va texnik iqtisodiy negizlarda asoslangan. Xarorat, nisbiy namlik va xavo xarakatining tezligi risoladagi va yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan miqdorlar ko’rinishida normalanadi. Risoladagi miqdorlar deganda odamga o'zok muddat va muntazam ta’sir qilganda tashqi muxitga moslashuv reaksiyalarini kuchaytirmasdan organizmning normal faoliyatini va issiqlik xolatini saqlashini taminlaydigan mikroiqlim ko’rsatgichlarining yig’indisi tushunilib,ular issiqlik sezish mo’tadilligini vujudga keltiradi va ish qobiliyatini yuksaltirish uchun
    shart-sharoit xisoblanadi. Yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan mikroiqlim sharoitlari-organizmning faoliyatini va issiqlik xolatdagi o’zgarishlarini,fiziologik moslanish
    imkoniyatlaridan chetga chiqmaydigan tashqi muxitga moslashish reaksiyalarining kuchayishini bartaraf etadigan va tez normaga soladigan mikroiqlim ko’rsatgichlarining yig’indisidir. Bunda sog’lik uchun xatarli xolatlar vujudga kelmaydi,biroq nomo’tadil issiqlik sezgilari, kayfiyatning yomonlashuvi va ish qobiliyatining pasayishi k o'zatilishi mumkin. 1,2,3 jadvalarda mikroiqlimning risoladagi va yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan normalari keltirilgan. Doimiy ishlarda 1-jadvalda keltirilgan miqdorlar taminlanishi lozim, ular xavoni mo’tadillashtirishda xam majburiydir.
    Mikroiqlimning organizmga tasiri.
    Inson organizmi xavo xaroratining juda katta o’zgarishda moslasha oladi. Chunki odam organizmida o'zluksiz ravishda issiqlik paydo bo’ladi va undan tashqariga ajralib chiqib turadi, buning natijasida issiqlikning
    paydo bo’lishi va sarf qilinishi orasidagi doimiy nisbat xamda xarorat bir xil darajada saqlanib turadi. Bu fiziologik jarayon esa organizmning issiklik almashuvi deyiladi. Odam organizmida o'zluksiz paydo bo’ladigan issiqlik tashqariga uch xil yo’l bilan chiqadi: konveksiya, nur tarqatish va terlash. Normal mikroiqlimda (xavo xarorati 20 C atrofida) konveksiya yo’li bilan 30% atrofida, nur tarqatish yo’li bilan 45% atrofida, terlash yuli bilan esa 25% atrofda organizmdan issiqlik ajralib chiqadi. Xavo xarorati yuqori bo’lganda yoki xavoda infraqizil nurlar bo’lganida, organizmning normal issiqlik ajralib chiqish jarayoni b o'ziladi. Agar xavo xarorati teng yoki undan ortik bo’lsa, organizm o’zidan konveksiya yo’li bilan issiqlik chiqara olmaydi. Bordiyu buning ustiga xavoga qizigan jismlardan infraqizil nurlar ajralib chiqib turgan bo’lsa, organizmdan nurlanish yo’li bilan issiqlik chiqara olmaydi.
    Bunday xollarda organizmning issiqlik almashuvi juda qiyinlashadi, chunki organizmdagi ortiqcha issiqlik faqat terlash yo’li bilan tashqariga chiqadi. Xavo namligi yuqori bo’lgan sharoitda esa organizmdan terlash yo’li bilan chiqadigan issiqlik qiyinlashadi va organizmdan ortiqcha issiqlik konveksiya va nur tarqatish yo’li orqali chiqadi.Noqulay iqlim sharoitida organizmning issiqlik almashuvi jarayoni b o'zilishi (o’zgarishi) natijasida, organizmdagi xayotiy zarur a’zolarning normal ishlashi qiyinlashadi va fiziologik funksiyalari o’zgaradi.
    Sovuq xavoning organizmga tasiri juda yaxshi o’rganilmagan, shu narsa malumki sovuk xavoning tasiri natijasida organizmlarning xar xil bakteriyalarga bo’lgan qarshiligi susayadi. Natijada kishilar gripp, nafas olish yo’llarini shamollashi, o’pka shamollashi, nervni va bosh miyani shamollashi kasali bilan kasallanadilar. Shuning uchun xam bu kasalliklar shamollanish kasalligi deb ataladi. Xavoning namligi va xarakatchanligi xam kishi organizmiga sezilarli tasir qiladi va organizmning issiklqlik almashuvining o’zgarishida ifodalanadi. Yuk ko’tarish va tashish ishlarida xavfsizlikni taminlash mashinalarning bevosita yuk ko’taruvchi moslamalari (stropalar,trosslar, zanjirlar, qisqichlar, ilgaklar) foydalanishga tushirilishidan oldin va xar galgi sozlashdan so’ng, sinovdan o’tkazilishi shart. Sinov me’yordagi yuk ko’tarish qobiliyatidan 25% ko’p ortilgan xolda bajariladi.
    Po’lat arqonlar o’ramning xar qadamidagi o'zilgan simlar soniga va zanglash sababli diametrining kamayganligiga qarab, meyoriga solishtirib, ishga yaroqliligi yoki yaroqsiz ekanligi aniqlanadi. Po’lat arqon sim yoki zanjirlarni, oddiy sinalmagan simlar bilan ulab o'zaytirib, ishlab chiqarishga qo’llash taqiqlanadi. Yuk tuprok shag’al ostida bo’lsa yoki ustida boshqa narsalar bo’lsa, uni ko’tarish mumkin emas va yukni ko’tarilgan xolda qoldirib (tanaffus yoki ish tugagach) ketish qatiyan man qilinadi. Yuk ko’tarish mexanizmlarining soz xolatda saqlanishiga va ulardan xavfsiz foydalanishga javobgarlik ana shu mexanizmlar ishlatiladigan korxona bo’linmasi yoki muxandis-texnik xodimi zimmasiga yuklatiladi. Bu xodim maxsus buyruq bilan tayinlanadi. Yuk ko’tarish mexanizlaridan xavfsiz foydalanish uchun, ayniqsa, ularning tayanch qismlari, arqon, tros, ilgak va boshka qismlari kattarok mustaxkam zaxira bilan tayyorlanadi. Mexanizm va t o'zilmalarda ularnig imkoniyatidan og’irrok yuklarni, odamlar xamda begona (og’irligi aniq bo’lmagan) yuklarni ko’tarish, nosoz yuk ko’tarish mexanizlari va t o'zilmalaridan foydalanish man etiladi. Yoshi 18 dan kichik bo’lmagan, o’qigan, yo’l-yo’riq olgan va malaka sinovidan (attestatsiyadan) o’tgan, shuningdek, tegishli guvoxnomaga ega bo’lgan kishilar yuk ko’tarish t o'zilmalari xamda mexanizmlarida ishlashga ruxsat etiladi.
    Yuk kutarish va tashish vosittalarini xavfsiz ishlatishga ko’yiladigan asosiy talablar quyidagilardan iborat:
    a) Xamma aylanuvchi va xarakatlanuvchi qismlari xamda mexanizmlari ishonchli to’siqqa ega bo’lishi;
    b) Signalizatsiyasi, blokirovkali tormozlari ishonchli ishlashi kerak. Omborxonalar va ayrim sexlardagi transporter va konveyerlarning eng xavfsiz xarakat tezligi 0,2 m/s.dan oshmasligi zarur va tezlikni cheklab turish uchun, tezlik cheklagichlari bilan taminlanishi darkor. Osma tashish t o'zilmalari (elektr relslar, osma elektr shatakchilar, etektr poyezdlar tasmali transportyorlar), odatda, ish o’rinlari xamda yo’laklar tepasida joylashtirilmasligi kerak va ular ishonchli ximoya vo- sitalari yordamida o’rnatilishi, tushib ketgan yukni tutib qola oldigan darajada mustaxkam bo'lishi kerak. Ishlab chiqarish korxonalarida yuklarni ortishtushirish, taxlash va joylashtirish bilan bog’lik xamma yumushlar Mexnat hakidagi qonunlar asosida "Ortish-tushirish ishlari. Xavfsizlikning umumiy talablari" ga muvofik belgilab quyilgan.
    Ortish-tushirish ishlari ko’tarishtishish t o'zilmalaridan foydalanib bajariladigan bo’lsa, korxona mamuriyati ishlarning xavfsiz amalga oshirishligiga jovobgar shaxsni tayinlaydi. Bu shaxs yukni ortish-tushirish va tashish vositalari xamda usullaning to’gri tanlanishini k o'zatib turishi lozim. Bunday ishlar tajribali xodim raxbarligida olib boriladi.
    Ortish-tushirish ishlari asosan mexanizatsiyalashtirilgan usulda, yani tushirgichlar yordamida, ishlar xajmi kichik bo’lganida esa kichik mexanizatsiyalar yordamida amalga oshiriladi. Yuklarni tugri maxkamlash ortish-tushirish ishlarining xavfsiz bajarishda katta axamiyatga ega. Agar yukni ko’chirish vaqtida zanjir va arqonlarning o’z-o’zidan yechilib yoki siljib ketish extimoli bo’lsa, yuklarni tushib ketishi, baxtsiz xodisalar y o'z berishi mumkin.
    Undan tashkari, konveyerlarning xavfli mintaqalari, odamla yuradigan yulaklar bilan kesishgan joylarida ximoya tusiqlari bilan taminlanishi shart xisoblanadi.

    Download 0,79 Mb.
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   33




    Download 0,79 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ishlab chiqarish mikroiqlimining gigiyenik normalari

    Download 0,79 Mb.