|
Yong’in haqiida umumiy malumotlar va uni oldini olish chora-tadbirlari
|
bet | 22/33 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 0,79 Mb. | | #238851 |
Bog'liq tayyor diplomYong’in haqiida umumiy malumotlar va uni oldini olish chora-tadbirlari.
Yong’in chiqishga asosan olovdan notog’ri foydalanish; elektr ustanovkalarni, pechlarni, tutun trubalarini montaj qilish va ishlatish koidalarining b o'zilishi; xalq xo’jaligi obyektlarini loyixalash va ko’rishda yong’in xavfsizligi normalari talabalarining b o'zilishi; yong’in jixatdan xavfli jixozlarni ishlatishda va oson alangalanadigan materiallardan foydalanishda yong’in xavfsizligi qoidalariga rioya qilmaslik; bolalarning olov bilan o’ynashi; momaqaldiroq razryadlari
sababbo'ladi. Bino yoki inshoatning o’tga chidamliligi ularning quyidagi asosiy
qismlari: yong’inga qarshi devorlar, ko’tarib turuvchi va o’zini o’zi ko’tarib turuvchi devorlar, zina kataklari devorlari, o’rnatma panel devorlari, karkas devorlar to’ldirgichi, ko’taruvchi poydevorlar, qavatlararo va chordok yopmalari xamda tomlarning o’tga chidamliligi bilan belgilanadi. Turar joylarda chiqadigan yong’inlar katta moddiy zarar yetkazadi va umumiy yong’inlar miqdorining 50% ni tashqil etadi. Uylarda (binolarda) yong’in chiqishiga asosan elektr va gaz jixozlaridan, sanoat xamda uy-ro’zg’or asboblaridan foydalanish qoidalarining b o'zilishi va boshqalar sabab bo’ladi. Turar joy binolarining o’tga chidamlilik darajasi bino qavatlarining soni va maydoniga bog’lik. Ko’p qavatli ancha o'zun binolarda binoni bo’limlarga ajratadigan yong’inga qarshi devor sifatida ko’ndalang devorlar va seksiyalararo devorlardan foydalaniladi. Odam yashamaydigan xonalar o’tga chidamlilik chegarasi 0,75 soat bo’lgan devor va orayopmalar bilan ajratiladi.
Shovqin va uning inson tanasiga tasiri
Shovqin, silkinish va ultratovushlar ajralib chiqishga qarab bir xil bo’ladi ular xammasi jismlarning tebranishidan tashqil topib, bizning eshitish azolarimiz tomonidan qabul qilinadi. Ular bir-birlaridan faqat tebranish chastotasi bilan va odamlar ularni xar xil qabul qilishi bilan farq qiladilar. 20 Gs dan 20000 Gs gacha tebranishlarni tovush deb ataladi va ularni biz tovushdek eshitamiz. Shunday bir kancha tovushlarni tartibsiz qushilishi shovqin deb ataladi. 20 Gs dan past bo’lgan tebranishlarni infratovush deb ataladi. 20000 Gs dan yuqori bo’lgan tebranishlarni esa ultratovush deyiladi. Ultratovushlarning biz eshita olmaymiz, ularni faqat ba’zi bir uy xayvonlarigina eshita oladi.Qattik jismlarning tebranishiga va shu tebranishlarni jismlarning o’zlari yoki boshqa qattik jismlar orqali o'zatilishiga silkinish deyiladi. Silkinishni biz chayqalishdek qabul qilamiz va ularni tebranish chastotasi 1 Gs dan 100 Gs gacha bo’ladi.
Tovush kuchi kattikligiga qarab subyektiv baxolanadi. Tovush tarkibi asosiy tonlarni k o'zatib boruvchi qo’shimcha tonlarning miqdori va sifati bilan tavsiflanadi. Tebranish chastotasi ovoz balandligini aniqlaydi va ovozning asosiy subyektiv xarakteristikalaridan biri xisoblanadi.
Tovush tebranishlarining absolyut quvvati yoki fizik birligi sifatidagi tovush kuchi va fiziologik sezgi sifatidagi uning kattikligi o’rtasida to’g’ridan-to’g’ri proporsional bog’lanish yuk. Bu bog’lanish murakkab bo’lib, odamning eshitish apparatlari funksiyalarining asosiy xususiyatlari bilan bog’liqdir.
Normal eshitishda tovush tebranishlarining 20 Gs dan-20000 Gs gacha chastotasi qabul qilinadi, shunga xam eng yuqori chegara faqat bolalar yoshiga xosdir. Ular balog’atga yetgan sari eshitish organlari tomonidan qabul qilinadigan tovushlarning chastotasi kamaya boradi va yosh o’tib qolganida 15000 gs dan oshmaydi. Ana shu chegaralarda xar bir tovush uchun tovush quvvatining yoki tovush kuchining oxirgi tasiri bor. Quvvatning minimal oxirgi tasiri uning bilinar bilinmas sezgisini xosil qiladigan tovush kuchiga mos keladigan tovush kuchiga mos keladi, yani tovush eshitilishi bo’sag’asida turadi. Quvvatning maksimal oxirgi tasirni «ogriq bo’sag’asiga» mos keladi-tovush quvvati keyinchalik zo’rayganda tovushning kuchayishi eshitilmay, balki ikkala quloq xam zirqirab og’riy boshlaydi.
|
| |