• Changlarning gigiyenik axamiyati
  • Ishlab chiqarishdan chiqadigan changlarning inson organizmiga tasiri




    Download 0,79 Mb.
    bet24/33
    Sana16.05.2024
    Hajmi0,79 Mb.
    #238851
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   33
    Bog'liq
    tayyor diplom

    Ishlab chiqarishdan chiqadigan changlarning inson organizmiga tasiri.
    Chang deb, xavoda qattiq jismlarning mayda zarralarini malum bir vaqtda osilib turilishiga aytiladi. Changlar xavo tasiri ostida doimo xarakatda bo’ladi. Ishlab chiqarish binolaridagi xavoning tarkibida, u yoki bu miqdorda chang bo’ladi, xatto nisbatan toza changsiz degan xonalarda xam malum miqdorda chang bo’ladi. Buni oddiy qurollanmagan ko’z bilan xam o’tib turgan quyosh nurlariga qaraganda ko’ra olish mumkin.
    Ishlab chiqarish binolarida changni ko’plab ajralib chiqishi, ishlab chiqarish texnologiyasini xarakteriga bog’lik. Ishlab chiqarish sharoiti chang aralib chiqishi ko’pincha mexaniq jarayonlar bilan bog’likdir, masalan, burab teshish, parchalash, ishqalash, elash, o’tkirlash, arralash, sepiladigan materiallarni tashish, quyish va erishdan xosil bo’ladi. Chang bunday paytlarda ishchilar tanasi uchun xavfli bo’lib, ularni o’rab turgan muxitni aniqlovchi bir omil bo’lgani uchun biz ularni sanoat changlari deb ataymiz.
    Changlar qanday materialdan ajralib chiqishiga qarab organiq va anorganiq changlarga bo’linadi. Organiq changlar; o’simlik changlari-yog’och, paxta, zig’ir, un changlari va shunga o’xshashlari, xayvon maxsulotlaridan chiqadigan changlar-jun, qil, suyak, shox changlari va xokazolar kiradi. Ishlab chiqarishda ko’pgina aralash changlar xam uchraydi, masalan, metall buyumlarni charxlash va shlipovka qilishda mineral va metall changlari, tosh ko’mir chiqarishda mineral va ko’mir changi ifloslangan paxtani tozalaganda paxta va tuprok changlari uchraydi.
    Elektr zaryadli o’ta mayda changlarni zavodda ko’plab yig’ilishi natijasida elektr zaryadlari malum potensialga erishgandan keyin portlab ketishlari mumkin, portlash y o'z berishi uchun ikki shart, yani: yetarli konsentratsiyada chang to’planishi va yuqori xaroratli issiklik manba bo'lishi lozim.
    Changlarning gigiyenik axamiyati
    Changli ishlab chiqarish binolarida ishlovchi ishchilar, changning xam tashqi, xam ichki tasiriga uchraydilar. Chang ogiz, burun bo’shliklariga, teriga, ko’zga va yuqori nafas olish yo’llariga tasir qiladi, so’lak bilan yutilib ovqatlanish azolariga tasir qiladi va nafas olinayotgan xavo bilan yutilib ovqatlanish azolariga tasir qiladi va nafas olinayotgan xavo bilan nafas olish organining eng o'zok uchastkasi bo’lak o’pkagacha borib yetadilar. Changi tashqi tasiri uncha xavfli emas, chunki ishchi changli muxitdan chiqib, qulini, betlarini yuvishi bilan yoki qoqib tashlashi bilan chang bilan bo’lgan aloqa tugaydi. Bundan tashqari ter xamma changlarni xam ichkariga o’tkazmaydi va o'zi xam ularni tasiriga berilmaydi.
    Ba’zi bir chang fraksiyalarining xamma changga bo’lgan nisbatini biz changlarni razmerligi deymiz. Changlarni gigiyenik nuqtai nazarda baxolashda, shartli ravishda, quyidagi fraksiyalarga bo’lamiz: 2mk dan 2-4mk gacha, 4-6mk gacha 6-8 mk gacha, 8-10mk gacha va 10 mk dan katta. Xar xil ishlab chiqarish paytlarida xar xil fraksiyali changlar uchrab turadi. Masalan, qattiq jismlarni maydalayotganda chiqqan changlar 5-10 mk atrofida bo’ladi. Ularni juda mayda ezilayottanda esa 2-5mk atrofida bo’ladi.
    Changni organizmga biologik tasiriga qarab ularni kimyoviy tarkibini aniqlaymiz. Kimyoviy tarkibga qarab changlar ikki gruppaga: zaxarli va zaxarsiz changlarga bo’linadilar. Zaxarli changlar organizmga tushishlari bilan organizmni o’tkir yoki surunkali zaxarlaydilar. Zaxarsiz changlar va organizmga juda ko’p miqdorda tushsagina uni zaxarlaydilar. Changi strukturasi, yani uni tashqi ko’rinishi xam muxim gigiyenik axamiyatta ega. O’tkir qirrali changlar teriga tez tasir qilib, teridan bemalol organizmga o’tadilar. Elektr zaryadli changlar organizga tushgan paytlarida, o’sha yerda o'zok ushlanib qoladilar va maxalliy tasir
    ko’rsatadilar. Yuqorida aytib o’tilgandek changlar fizikaviy va kimyoviy xususiyatlariga qarab, organizmga xar xil tasir qiladilar. Changlarni xamma turi xam organizm uchun xavfli. Absolyut xavfsiz chang bo’lmaydi.

    Download 0,79 Mb.
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   33




    Download 0,79 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ishlab chiqarishdan chiqadigan changlarning inson organizmiga tasiri

    Download 0,79 Mb.