|
Elektr jixozlarini tamirlash (PPR) grafigini tuzish
|
bet | 17/33 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 0,79 Mb. | | #238851 |
Bog'liq tayyor diplom3.2. Elektr jixozlarini tamirlash (PPR) grafigini tuzish
PPR jadvalini (grafigini)tuzishdan maqsad barcha koʼrinishdagi elektr jixozlari uchun yil davomida texnik xizmat, texnik taʼmirlash va kapital taʼmirlashlarni oʼtkazishni kalendar muddatlari va sonini aniqlashdan iborat boʼlib, shuningdek texnik ekspluatatsiya uchun kerakli mehnat sarfi va boshqa resurslarni xisob-kitob qilishdir.Jadval tuzishda elektromontyorlarni kun davomida toʼla bandligini taʼminlashga erishish lozim. Barcha turlicha talablarni bajarilishini taʼminlash uchun, avvalo yiriklashtirilgan grafikni soʼngra oldini olish (PR) jadvallarini PPR tizimi taklif qilgan koʼrsatma boʼyicha bajarilishi talab qilinadi.Yiriklashtirilgan jadval yil davomida bajariladigan tezkor va rejali xizmat koʼrsatish uchun elektromontyorlarga boʼlgan talabni belgilaydi, shuningdek joriy va kapital remontlar uchun xam PPR tizimini jadvali yillik oldini olish ishlari va xar bir elektr jixozi turi uchun ular sonini aniqlaydi.
PPR jadvalini tuzishda quyidagilarga amal qilish kerak: mavsumiy elektr jixozlarni joriy taʼmirlashni xar yili ishlatish mavsumidan oldin rejalashtirish; mashinalarni elektr qismini va ishchi mashinalarni oʼzlarini xam joriy taʼmirlashlarni bir kalendarь muddatlarda rejalashtirish, profilaktik tadbirlar normadagi davriyligidan farqi ±35% dan oshmasligi lozim. PR yillik jadvalini qurishda rejalashtirish vaqt oraligi sifatida bir xafta qabul qilinadi.Bu xolat kvartal va oylik ish xajmini osongina aniqlash imkonini beradi, shuningdek kvartal va oylik jadvallar tuzishdan voz kechiladi.
Yiriklashtirilgan yillik PR jadvali quyidagi ketma-ketlikda ishlab chiqiladi: yil davomida soxalar boʼyicha elektr jixozlarini bandlik jadvali tuziladi ; xar bir i-nchi soxa uchun koʼrsatilgan davrlarda ishlatiladigan elektrlashtirilgan obʼektlar soni va turi aniqlanadi, soʼngra bu obʼektlarni ekspluatatsiya kartalari boʼyicha ayrim j-e ish turlariga mehnat sarfi yigʼindisi (Тij kishi.s) xisoblab topiladi. Тij= Тij/41 formulasi yordamida Tij mehnat sarfi kishi-xaftaga oʼtkaziladi va jadvalga yoziladi; jadval boʼyicha koʼrsatilgan ishlarni oʼtkazish muddatlari aniqlanadi, bunda OO va TO lar uchun ishlatish mavsumi, TR uchun esa ishlamaslik davri qabul qilinadi. Muddatlarni boshlanishi va oxirlarini jadvalga kiritiladi.Xar bir soxa ,xar bir ish turi uchun elektromontyorlarni oʼrtacha soni:
N ij = Тij/( Tki –Tнi)
bunda yiriklashtirilgan grafik boʼyicha elektromontyorlarni eng koʼp soni; ∆t - davr davomiyligi, qachonki u davomida )≥ N;
N - elektromontyorlarni oʼrtacha yillik soni (maʼlumotnomadan), Tp.t-yillik ishlab chiqarish mehnat sarfi, sprovochnik jadvalidan olinadi:
Mobodo kn> 0,1 boʼlsa, grafikni tekislash usuli belgilanadi, masalan, qaysidir korxonani elektr jixozlari TO va TR sini boʼshroq davrga koʼchirish evaziga , yoki u yoki bu ishlarni bajarilish muddatlarini oʼzgartirish, yoki baʼzi bir ishlarni podryad tashkilotlarga berish yoʼli bilan va sh.oʼ. grafik rostlanib,xar bir soxada profilaktik ishlarni oʼtkazilish muddatlariga aniqlik kiritiladi.
Yiriklashtirilgan grafik (jadval) asosida momenklaturali grafik ishlab chiqiladi va elektrotexnik xizmat ish dasturlariga aniqlik kiritiladi.
Ushbu qismda keltirilgan maʼlumotlardan koʼrinib turibdiki, barcha turdagi taʼmirlash ishlarini amalga oshirish maʼlum korxona (zavod, fabrika, sex va sh.oʼ.) uchun maqsadga muvofiq ekan. Kran-balka elektr jixozlari uchun PPR grafigi 6-rasmda koʼrsatilgan.
KT JT KT
t,oy
|
| |