|
Andijon mashinasozlik instituti elektrotexnika fakulteti
|
bet | 4/33 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 0,79 Mb. | | #238851 |
Bog'liq tayyor diplomII. MAXSUS QISM
2.1. ««Kommunar-2003»» MCHJ dagi kran –balka elektr yuritmasiga qoʻyiladigan talablar
Elektr yuritmani dunyo amaliyotidan ma'lumki, kran mexanizmlari barcha talablariga javob beradigan maxsus seriyali elektr mashinalari va jixozlari ishlab chiqarilmoqda xamda takomillashtirilmoqda.
Ishlab chiqarish mexanizmlarini koʻpchilik elektrik yuritmalaridan farqli xolda kranlar elektr yuritmasi avvaldan belgilangan ishlab-chiqarish sikliga ega emas.Uni ish rejimi 1 qator faktorlarga bogʻliq xolda katta chegarada oʻzgarib turadi.Shuning uchun elektr yuritma tizimini tanlash uchun mexanizm yuritmasiga tegishli barcha texnologik talablarni aniq bilib olish maqsadli elektr yuritma tizimini tanlashni ta'minlaydi , natijada mexanizmni yuqori ekspluatasion koʻrsatkichlarga erishishi ta'minlanadi.
Yuqorida keltirilgan ma'lumotlardan kelib chiqib yuklarni sifatli koʻtarib –tushirish, tashish uchun kran mexanizmini elektr yuritmasi quyidagi talablarni qoniqtirishi lozim:
1. Kran ish unumini oshirish uchun dvigatel burchak tezligi katta chegarada rostlanishi (oddiy kranlar uchun 4:1, maxsus kranlar uchun 10:1 va undan yuqori,chunki ogʻir yuklar past tezlikda, boʻsh ilmoq yoki yuksiz telejkalar yuqori tezlikda xarakatlanishi maqsadga muvofiqdir. Tashiladigan yuklarni aniq toʻxtashini amalga oshirish uchun xamda yuklarni tushurishda urilishlarni cheklash maqsadida past tezliklar kerak boʻladi.
2. Yuritma mexaniq xarakteristikasini qattiqligini ta'minla kerak, ayniqsa rostlanuvchi yuritma uchun, chunki past tezliklar yukka bogʻliq boʻlmasin.
3. Oʻtish jaraѐnlarini minimal davomiyligida tezlanishlarni ruxsat etilgan chegaralarda ushlab turish. Birinchi sharti oraliq masofani tanlashda mexaniq o'zatmalardagi zarbalarni kuchsizlantirish; ikkinchi shart esa kranni yuqori ish unumini ta'minlashdan iborat.
4. Elektr yuritmani reverslash va uni dvigatel rejimida xam, tormoz rejimida xam normal ishini ta'minlash.
Kran elektr yuritmalarini xususiyatlarini belgilaydigan asosiy faktorlardan biri, kran mexanizmlari ish jaraѐnlarini odamlar va qimmatbaxo jixozlar mavjud boʻlgan ishlab-chiqarish jaraѐnlari sharoitida oʻtishidir.Sanab oʻtilgan barcha shartlar barcha turdagi va vazifadagi kran mexanizmlari elektr yuritmalariga taalulikdir.Shuningdek, ushbu talablar kichkina yuk koʻtarish vositalari boʻlmish telferlar va kran-balkalarga xam taaluulikdir.
|
| |