|
-rasm a) kran balkani umumiy ko'rinishi.b) kran balkani kinematik sxemasi
|
bet | 3/33 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 0,79 Mb. | | #238851 |
Bog'liq tayyor diplom1-rasm a) kran balkani umumiy ko'rinishi.b) kran balkani kinematik sxemasi.
Kran balka quyidagi asosiy qismlardan tuzilgan: bosh balka yoki xarakatlanish dvutavri; xarakatlanish dvutavrini gorizontal tekislikda barqarorligini oshirish uchun ishlatiladigan gorizontal bikrlik fermasi ; kranni xarakatlanish g'ildiraklari ; xarakatlanish mexanizmi. Xarakatlanish dvutavrini pastki qismida elektrota ET xarakatlanadi.
Elektrotal parametrlari [ 1 ] :
- - yuk ko'tarish qobiliyati, Q=50 kN
- yuk ko'tarish balandligi, 6...8 m
- yuk ko'tarish tezligi, 8 m/ min;
- harakatlanish tezligi 0.9 m / sek;
- massasi 690 kg (og'irligi Gt =6900N);
««Kommunar-2003»» MCHJ dagi kran balkani texnik tavsiflari :
- kran xarakatlanishi elektrodvigatyeli quvvati, 0,37 kVt
- kran xarakatlanish tezligi, - 0,5m/s ;
- kran osti masofasi, 18 m;
- oraliq, 3-4,5 m;
- og'irligi, 802 -906 kg;
Kran-balkani boshqarish sxemasi 2-rasmda keltirilgan
1.2. ««Kommunar-2003»» MCHJ dagi kran balkani ish rejimlari va elektr jixozlarini xususiyatlari
Ma'lumki, kranlar yuklamasi katta chegarada o'zgaradi, shuningdek kran mexanizmlari takrorlanuvchi –qisqa rejimda ishlaydi. Kranlarda ko'p dvigatelli yuritma qo'llanilgani bois dvigatellar ko'tarish yoki xarakatlanish mexanizmlari bilan o'zatmalar orqali bog'langan bo'lib ular xam kranlarni boshqa elektr jixozlari kabi takrorlanuvchi qisqa rejimda ishlaydi. Kranlar ish rejimini belgilaydigan asosiy davomiyligi, ya'ni PV % 1 soat davomidagi ishga tushishlar soni xisoblanadi.
PV % ni xisoblashda sikl davomiyligi 10 minutdan oshib ketmasligi lozim
2-rasm. Elektrotalning boshqarish sxemasi
Standartga muvofiq mexaniq va elektrik jixozlarni ish rejimi boʻyicha kranlar ularni ishlatilish darajasi, yuklama xarakterili va ish sharoiti boʻyicha toʻrt kategoriyasi boʻlnadi. L-engil ish rejimi, S- oʻrtacha, T- ogʻir va VT-oʻta ogʻir.
Engil ish rejimiga PV=10...15% ga mashinasozlik zavodlarini mexaniq va yigʻish tsexlari kranlari, ogʻir PV =25...40% ga katta seriyali ishlab chiqarish zavodlarini ishlab chiqarish tsexlari va omborxonalari kranlari, oʻta ogʻir –PV =40...60% ga metallurgiya zavodlarini texnologik kranlari mansubdirlar.
Keltirilgan ma'lumotlardan ma'lum boʻlmoqdagi ««Kommunar-2003»» MCHJ dagi kran-balka uchun PV=15...25 % , ya'ni ikkinchi kategoriyaga mansub ekan.
Kran –balka elektr jixozlari ogʻir ish sharoitida soatiga katta ishga tushishlar soniga ega boʻlgan xolda silkinishlar , yuqori xavo namligi, bino xarorati va changligini keskin oʻzgarishlari sharoitlarida ishlaydi.
Shuningdek, kran-balka elektr jixozlari “Yuk koʻtarish kranlari tuzilish va xavfsiz ishlash qoidalar”iga mos ravishda bajariladi va ekspluatasiya qilinadi. Kran-balkani ta'minlovchi tarmoq ishchi kuchlanishi 500 V dan oshmasligi kerak. Bunga amal qilgan holda elektr jixozlarida 220 yoki 380 V oʻzgaruvchan tok kuchlanishi va 220 yoki 440 V oʻzgarmas tok kuchlanishi ishlatiladi.
Ta'minlash simlari va elektrodvigatellarni qiska tutashuv va katta yuklanishlardan (225% dan yuqori) ximoyalash uchun kranlarda maksimal tok rele yordamida maksimal tok ximoyasi amalga oshiriladi, yoki avtomatik o'zgichlardan foydalaniladi. Eruvchan saqlagichlar faqat boshqarish zanjirlarini ximoyalashda qoʻllaniladi. Issigʻlik ximoyasi odatda kranlarda qoʻllanilmaydi, chunki elektrodvigatellarni qaytariluvchi qisqa vaqtli ish rejimida ular soxta o'zib qoʻyishlarni amalga oshirib qoʻyish mumkin.
|
| |