Tok turi va kuchlanish kattaligini tanlash




Download 0,79 Mb.
bet5/33
Sana16.05.2024
Hajmi0,79 Mb.
#238851
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Bog'liq
tayyor diplom

2.2. Tok turi va kuchlanish kattaligini tanlash
Kran-balka elektr jixozlariga tok turi va kuchlanish miqdorini toʻgʻri tanlash aloxida axamiyatiga ega boʻlib elektr yuritmani texnik koʻrsatkichlari, kapital va ekspluatasion sarf xarajatlar narxi, massasi va jixoz oʻlchamlari, shuningdek uni bikrligi va xizmat qilish qulayligi ularga bogʻliq.
Kranli mexanizm yuritmasi uchun turli dvigatellar va elektr yuritma tizimlari qoʻllanilishi mumkin. Ammo ularni tanlash quyidagi parametrlar orqali aniqlanadi: yuk koʻtarish qobiliyati, nominal xarakat tezligi, talab qilingan yuritma tezligini rostlash diapazoni, mexaniq tavsif qattiqligi, shuningdek bir soat ichida ishga tushishlar soni va boshqalar. Xozirgi kunda kranlarda koʻproq oddiy elektr tizimlari qoʻllanilib, ularda dvigatellar yurgizish-rostlash rezistorlari orqali oʻzgaruvchan yoki oʻzgarmas tok tarmogʻidan ta'minlanadilar.
Engil rejimda ishlovchi uncha katta boʻlmagan kranlar mexanizmlari uchun (≤10....15 kVt) qisqa tutashtirilgan rotorli asinxron dvigatelli yuritmalar qoʻllanilmoqda .
Mobodo tezlikni rostlash kerak boʻlib qolsa yoki mexanizmni aniq toʻxtashish talab qilinsa ikki yoki uchta tezlikli dvigatellarni qoʻllash xam mumkin boʻladi.
Xozirgi kunda kranlarda rotor zanjiridan qarshilikni oʻzgartirib burchak tezligi pogʻonali oʻzgartiriladigan faza rotorli asinxron dvigatellar keng tarqalgan. Bunday yuritma etarlicha sodda, puxta soatiga koʻproq ishga tushirishlarni amalga oshiradi. Ammo lekin bunday yuritmalar rostlash tavsiflarini etarli qattiqligini, past tezliklarda turgʻun ishlashini amalga oshira olmaydi. Yurgizish va rostlash qarshiliklarida energiya isrofini sezilarli koʻpligi bois u tejamkor emas, qolaversa dvigatelni sezilarli eyilishi k o'zatiladi.
Mobodo kran mexanizmini elektr yuritmasiga tezlikni katta diapazonda rostlash, xamda past turgʻun tezliklarni ta'minlash talablari qoʻyilsa, unday taqdirda oʻzgarmas tok dvigatellaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Kran koʻtarish mexanizmlari uchun ketma-ket qoʻzgʻatishli oʻzgarmas tok dvigatelidan foydalanish qulay, chunki ular katta momentni ta'minlay oladi, demak oz yuklarni yuqori tezliklarda koʻtarish imkoniyati yaratiladi.
Parallel qoʻzgʻatishli oʻzgarmas tok dvigatellarini past burchak tezliklarida kerakli mexaniq tavsifi qattiqligi talab qilingan xolatlarda ishlatilishi maqsadga muvofiqdir.
Ammo lekin kran mexanizmlarida oʻzgarmas tok dvigatellarini ishlatilishi quyidagi muammolarni keltirib chiqaradi: oʻzgaruvchan tokni oʻzgarmas tokka aylantirish kerak boʻladi, shuningdek kapital sarf-xarajatlar koʻpayadi, qoʻshimcha energiya isroflari xamda ekspluatsion sarflar sezilarli oʻsadi.
Bundan kelib chiqib, tok turi va kuchlanishni aniqlashda muayyan konkrat xolatdan kelib chiqib mexanizmni yuritmaga boʻlgan talablari sinchiklab oʻrganilishi va qaror qabul qilinishi lozim boʻladi.
Yarim oʻtkazgichli texnikani rivojlanishi xozirgi kunda kran mexanizmlarida oʻzgarmas va oʻzgaruvchan tok dvigatellaridan foydalanishni yangi imkoniyatlarini ochmoqdaki, zamonaviy tiristorli oʻzgartgichli qurilmalardan foydalanilgan xolda ularni toʻgʻridan - toʻgʻri kranga oʻrnatilib oʻzgarmas va oʻzgaruvchan tok dvigatellarini ta'minlash mumkin boʻladi.Bunday oʻzgartgichlar yuqori energetik va iqtisodiy koʻrsatkichlarga ega boʻlgan xolda ekspluatasiya sharoitida yuqori mexaniq puxtalikni va koʻrsatkichlarni ta'minlaydi.
Xulosa qilib aytish mumkinki ««Kommunar-2003»» MCHJ dagi kran-balka uchun sodda va etarli puxtalikka ega boʻlgan oʻzgaruvchan tok va kuchlanishli elektr jixozlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir



Download 0,79 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Download 0,79 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tok turi va kuchlanish kattaligini tanlash

Download 0,79 Mb.