§23.4. Elektr motorlarga texnik xizmat koʻrsatish




Download 5,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet178/200
Sana24.05.2024
Hajmi5,59 Mb.
#252573
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   200
Bog'liq
Andijon mashinasozlik instituti mualliflar Maxsudov Moxirbek To

§23.4. Elektr motorlarga texnik xizmat koʻrsatish. 
Elektr qurilmalarni texnik ekspluatatsiya qilish qoidalariga ko‗ra 
elektr motorlarni ekspluatatsiya qilishda texnik talablar: 
1. Ushbu qoidalar o‗zgarmas va o‗zgaruvchan elektr motorlar uchun 
taluqlidir;
2. Elektr dvigatellar, ishga tushirish-rostlash apparaturalari,
nazorat-o‗lchov asboblari, himoya qurilmalari, shuningdek barcha
elektr va yordamchi uskunalar EKTK va ishlab chiquvchi zavod 
talablariga muvofiq tanlanadi va o‗rnatiladi. 
3. Elektr dvigatellarda va ular aylantiradigan mexanizmlarda 
aylanish yo‗nalishini ko‗rsatuvchi strelka chizib ko‗rsatilgan bo‗lishii 
shart. 
4. Elektr dvigatellarda, ularning kommutatsiya apparatlarida,
ishga tushirish - rostlash qurilmalarida, saqlagichlarda va 
boshqalarda ular tegishli bo‗lgan agregatlar va (yoki) mexanizmning 
nomi yozilgan bo‗lishii shart. 
5. Saqlagichlarning eruvchan kirgizmalari kalibrlangan bo‗lishii
va eruvchan kirgizmaning nominal toki kursatilgan ishlab
chikaruvchi zavod yoki korxona yorligiga ega bo‗lishii shart. 
Kalibrlanmagan eruvchan kirgizmalarni qo‗llash man etiladi. 
6. Loyixaviy qarorlar bilan elektr ta‘minotining qisqa muddatli


248
tanaffusida o‗zi ishlab ketish qurilmasi bilan ta‘minlanishi kerak
bo‗lgan texnologik jarayon mashina va mexanizmlar elektr 
dvigatellarining ruyxati aniqlangan bo‗lishi shart. 
Agar loyiha bilan elektr dvigatellarni o‗zi ishlab ketishi ko‗zda
tutilmagan bo‗lsa, u holda iste‘molchilar tarmogi barcha 
elementlarining himoyasi, shuningdek tugunlarning texnologik 
blokirovkasi shunday bajariladiki, bunda ma‘sul mexanizmlar elektr 
dvigatellarini o‗zi ishlab ketish holati oldi olinadi. 
7. Kommutatsiya apparatlari iloji boricha xizmat kursatish qulay
bo‗lgan joylarda, elektr dvigatellar yakinida joylashtirilishi lozim,
agar iqtisod qilish va kabelni tejash shartlari bo‗yicha boshqacha 
joylashtirish talab qilinmagan bo‗lsa. 
Texnologik mexanizmlarning elektr dvigatellari masofadan yoki
avtomatik boshqariladigan bo‗lsa, oxirgi mexanizm yakinida, elektr
dvigatelni masofadan yoki avtomatik ulashni oldini oladigan,
dvigatelni avariyaviy uchirish apparati o‗rnatilishi kerak. 
8. Energetika tizimining maksimal yuklama soatlarida sinxron
elektr dvigatellar quvvat koeffitsientining optimal qiymatida reaktiv 
quvvatni generatsiya qilish rejimida ishlashlari kerak. 
Yirik (quvvati 1000 kVt dan ortik) sinxron elektr
dvigatellarning jadallashtirish qurilmalari va qo‗zgatishni avtomatik
rostlagichlari (bundan keyin - KAR) doimo ishga ulangan bo‗lishlari 
shart. KAR ni uchirishga faqat ta‘mirlash yoki tekshirish uchun ruxsat 
beriladi. KAR ning o‗rnatmasi, energetika tizimining ishlash grafigiga
muvofik, energiya bilan ta‘minlovchi tashkilot tomonidan belgilanib 
o‗rnatiladi. 
9. Zaxiradagi elektr dvigatellar zudlik bilan ishga tushishga doimo 
tayyor turishlari, korxonaning, sexning, uchastkaning elektr xujaligiga 
javobgar shaxs tasdiklagan ish jadali buyicha davriy ravishda 
kurikdan va sinovdan utib turishlari shart. 
10. Texnologik jarayon stator toki buyicha rostlanadigan 
mexanizmlar, shuningdek texnologik uta yuklanishga moyil 
mexanizmlar elektr dvigatellari, ishga tushirish shchitida yoki 
panelida o‗rnatiladigan ampermetrlar bilan jixozlanishi shart.
Ampermetrlar shuningdek sinxron dvigatellarning kuzgatish 
zanjirida xam ulangan bo‗lishilari kerak. Ampermetr shkalasida 
stator (rotor) tokining uzok muddat ruxsat etilgan yoki nominal 
qiymatiga mos qizil chiziq bo‗lishii kerak. 
11. Elektr dvigatellarning guruxli yigmalarida va shchitlarida 


249
kuchlanish borligini nazorati voltmetrlari yoki signal lampalari kuzda 
tutilgan bo‗lishii shart. 
12. Taksimlovchi qurilma shinalaridagi kuchlanish nominalning
100-105% chegarasida ushlab turilishi kerak. Elektr dvigatellarni uzok
vakt ishlatilishini ta‘minlash uchun ularni kuchlanish nominaldan
110% dan ortik va 95% dan kam bulganda ishlatish tavsiya 
etilmaydi. 
13. Har bir podshipnikda ulchangan elektr dvigatellarning 
titrashi, rotorning uk buylab surilishi, xavo tirkishi oraligi ulchami 
Elektr uskunalarni SKvaM da keltirilgan kattaliklardan oshmasligi kerak. 
14. Elektr dvigatellarning yuklamasi, podshipniklarning xarorati,
yopik ventilatsiya tizimiga ega elektr dvigatellarda kiradigan va
chikadigan xavo xarorati ustidan doimiy nazoratni, podshipniklarga
karash, ishga tushirish, rostlash va tuxtatish operatsiyalarini
mexanizmga xizmat kursatuvchi elektr texnologik xodim amalga 
oshiradi. 
15. Quyidagi hollarda elektr dvigatel zudlik bilan (avariyaviy) 
tarmoqdan o‗chiriladi: 
odamlar bilan baxtsiz xodisalar yuz berganda; elektr dvigateldan, 
shuningdek uning ishga tushirish-rostlash apparaturasidan va
qo‗zgatish qurilmasidan tutun yoki olov paydo bulganda
yuritmaning mexanizmi buzilganda, normal bo‗lmagan taqillash 
paydo bo‗lganda; 
agregat podshipniklarining titrashi keskin oshganda; 
podshipniklar ishlab chiqaruvchi zavod yo‗riknomasida 
belgilangan ruxsat etilgan haroratdan ortiq qiziganda. 
Mahalliy yo‗riqnomalarda elektr dvigatellar avariyaviy 
o‗chirilishi shart b‘olgan boshqa hollar ham ko‗rsatilishi, shuningdek 
avariya holatini bartaraf qilish va elektr dvigatellarni ishga tushirish 
tartibi belgilanishi mumkin. 
16. Elektr dvigatellarda profilaktik sinashlar va o‗lchashlar Elektr 
uskunalarini SK,vaM ga muvofiq o‗tkazilishi shart. 

Download 5,59 Mb.
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   200




Download 5,59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



§23.4. Elektr motorlarga texnik xizmat koʻrsatish

Download 5,59 Mb.
Pdf ko'rish