Bog'liq Andijon mashinasozlik instituti mualliflar Maxsudov Moxirbek To
23.1.1-rasm. Motor valini ish mashinasi bilan skob yordamida tug‗irlash:a) homutlar bilan muftada tug‗irlash; b) vtulka yordamida tug‗irlash; v) mufta gardishida tug‗rillash Motorlarning qizish darajasi termometr bilan yoki quvvati 100 kVt
dan ziyod motorlarga o‗rnatiladigan maxsus asboblar bilan aniqlanadi.
Bunday asboblar bo‗lmaganda motorning qizish darajasi odatda qo‗lni
tekkizib tekshiriladi. Agar u juda issiq bo‗lsa, ko‗chma termometr,
yaxshisi spirtli termometr bilan o‗lchanadi, chunki u magnit maydon
tarsirida xatoga yo‗l qo‗ymaydi. Termometrning aktiv qismi alyuminiy
folsga bilan zich qilib o‗raladi va motor sirtidagi o‗lchanadigan joyga
siqib qo‗yiladi, ustidan
esa
izolyatsiyalangan joyi issiqlikni
izolyatsiyalovchi paxta bilan o‗raladi. Podshipniklarni ishlatish
davomida ularning qizishi va moyining holati tekshiriladi, zazorlari va
rotor (yakors) ning o‗q yo‗nalishida siljishi o‗lchanadi. Elektr
mashinalar konstruktiv jihatdan bir-biridan farq qiluvchi sirpanish va
dumalash podshipniklariga ega. Sirpanish podshipniklarining ustki
vkladishi bilan o‗q bo‗yni orasida radial zazor bo‗lishi kerak, uning
o‗lchami moyli ponaning ko‗tarish kuchiga bog‗liq. Zazor kichiklashsa,
podshipniklar kuchli qiziydi, zazor kattalashganda esa marlum moy
qatlami hosil bo‗lish sharoiti yomonlashishi oqibatida podshipniklar tez
ishdan chiqadi. Ajralmaydigan sirpanish podshipniklaridagi radial
zazor o‗q bo‗yni bilan vkladish orasiga sup kirgizib ko‗rib o‗lchanadi.
Ajraladigan podshipniklardagi radial zazorni o‗lchash uchun rux simlar
a va
b 8—b dan foydalaniladi. Sirpanish podshipniklari uchun ruhsat
etilgan radial zazorlarning ruhsat etilgan standart qiymatlari
belgilangan bo‗ladi (23.1.3-rasm). Cho‗tkalar holatini tekshirish,
cho‗tkalar tayyorlovchi zavod tavsiyalariga binoan to‗g‗ri tanlanishi,
cho‗tka tutqichlarda ishonchli mahkamlanishi hamda butun sirti bilan
kollektor va kontakt xalqalariga tegib turishi kerak. Yaxshi jilvirlangan
cho‗tkada kontakt birikmaning butun sirti oynadek yaltiraydi.
241
Cho‗tkalar cho‗tka tutqich gardishida erkin surilishi lozim. Bunda
cho‗tka bilan cho‗tka tutqich orasida 0,1- 0,2 mm zazor bo‗lishiga
ruhsat etiladi.