22.3.3 - rasm. ПАЕ seriyali magnitli ishga tushirgich: a) - elektr sxema;
b) - konstruktiv sxema:1- metall asos; 2- harakatsiz kontaktlar; 3 - o‗zakni
bosuvchi prujina; 4 - o‗zak; 5 - MI g‗altagi; 6 - yakor; 7 - yakorni bosuvchi
prujina;8- harakatlanuvchi kontakt; 9-harakatlanuvchi kotaktni bosuvchi
prujina; 10 - yopiq kamera; 11 - issiqlik rele.
Har bir fazada ikki martadan ajralish va yopiq kamera 10 maxsus
qoplamasiz yoy so‗ndirishini ta‘minlaydi. SB2 tugmani bosganimizda ham
huddi shunday MI ni ajratish yuzaga keladi.Prujina 3 amortizasiyasi
harakatlanuvchi qismlarni ulanishdagi har xil keskin zarbalardan saqlaydi.
MI ning hamma qismlari metall asosga 1 mahkamlangan.
Ananaviy kommutatsiya apparatlari kontaktlarga ega bo‗lgan va
yoyni so‗ndirish qurilmali, toklarni o‗chirishda zarur bo‗ladigan, hozirgi
vaqtda kontaksiz yarim o‗tkazgichlarni qo‗llashga asoslangan apparatlar
kirib kelmoqda. Katta toklarni ajratish uchun tiristorlar asosidagi
qurilmalar qo‗llanilmoqda.
23-BOB. ELEKTR MOTORLARNI ISHLATISH.
§23.1. Elektr motorlarni ishlatishga qabul qilish shartlari.
Elektr motorlarni uzoq muddat ishga yaroqli holatda saqlash uchun
remontlar oraligida ularga texnik xizmat ko‗rsatish katta ahamiyatga ega.
239
Texnik xizmat ko‗rsatishga tsexning, uchastkaning navbatchi xodimiga
ruhsat etiladi. Uning vazifasiga motorning temperatura rejimini, uning
cho‗tkalari kontakti, kollektori va kontakt halqalarining holatini,
vibratsiyani, podshipniklar holatini va ularda moy borligini kuzatish
kiradi.Smena davomida navbatchi xodim motorni bir marta ko‗zdan
kechiradi va motorni chang hamda iflosliklardan tozalaydi, bunda u ish
rejimi og‗ir (tez-tez yurgiziladigan va to‗xtatiladigan, mexanizmi o‗qiga
katta nagruzka tushadigan, atrof-muhit temperaturasi yuqori bo‗lgan)
motorlarga alohida ahamiyat beradi. Jihozlar oldini olib tarmir ishlarini
bajarish uchun to‗xtatilganda navbatchi xodim mashinani siqilgan havo
bilan
tozalaydi,
muftalar
holatini
boltlarning
mahkamligini,
podshipniklarda moy bor-yo‗qligini tekshiradi, kollektor va kontakt
halqalarini tozalaydi, cho‗tka tutqichlarning ishini, izolyatsiya holatini
tekshiradi va yerga ulovchi qurilmalarni ko‗rib chiqadi, cho‗tkalarni
neytral holatga o‗rnatadi va shamollatish kanallarini tozalaydi (23.1.1-
rasm). Izolyatsiyalovchi materialining klassiga karab, atrof-muhit harorati
40°S ligida elektr motorlar uchun ruhsat etilgan haroratlarning oshish
chegarasi turlichadir (60° dan 125°S gacha). Elektr motorlarning qizib
ketishi birinchi navbatda chulg‗amlarning izolyatsiyasi uchun xavflidir,
chunki bu holda ularning xizmat muddati qisqaradi, barzan esa elektr
mashinalar batamom buziladi. Motorning qizishi nagruzka va ish rejimiga
bog‗liq. Qizib ketishning asosiy sababi motorlarning naguzka toki bilan
o‗ta yuklanishidir. Bu xodisa uzoq muddatli rejimda o‗zgaruvchan tok
motorlari uchun stator zanjiridagi, o‗zgarmas tok motorlari uchun yakors
zanjiridagi tokni kontrol tarzda o‗lchab ko‗rib aniqlanadi. Qisqa muddatli
takroriy rejimda ishlovchi motorlarda tok doimo o‗zgarib turadi, shuning
uchun ularning nagruzkasini shchit asboblari
yordamida aniqlash mumkin
emas. Bu holda maxsus asboblar (ostsillograflar) yordamida tokning
ostsillogrammasi olinadi va uning asosida mexanizmning ish tsikli uchun
tokning ekvivalent qiymati aniqlanadi. Yuklama normal bo‗lganda
motorning qizib ketishiga uning yomon sovitilishi (ventilyator qanotlarining
shikastlanishi, shamollatish kanallari va tuynuklarining to‗lib qolishi) yoki
atrof- muhit harorati 40°S dan ortib ketishi sabab bo‗1ishi mumkin.
|