242
qog‗oz dastlab turli yo‗nalishlarda, uzil-kesil ishkalashda esa bir
yo‗nalishda harakatlantiriladi. Cho‗tkalar
dastlab yirik zarrali, keyin esa
mayda zarrali qog‗oz bilan ishqalanadi. Kontakt sirtlaridagi chang quruq
latta bilan ketkaziladi. Ular kollektorga uzil-kesil
ishqalanib moslanishi
uchun elektr mashina nagruzkasiz 3-4 soat ishlatiladi.
Cho‗tklar o‗rnatilgan traversa neytral holatni egallashi kerak, bunda
yakors induktsiyasi nolga teng bo‗ladi, bu
esa kommutatsiya sharoitini
yaxshilaydi. Cho‗tkalarning neytral holati qo‗zg‗almas mashinada induktiv
usulda aniqlanadi. Bu usul EYuK hosil bo‗lishiga asoslangan. Uyg‗otuvchi
chulg‗am LM zanjiri tarminlovchi manbaga ulanadi va uning 5-10% iga
teng uyg‗otish toki o‗rnatiladi. Har xil qutbli cho‗tkalarga nols belgisi
o‗rtada bo‗lgan shkalali millivolstmetr ulanadi. Uyg‗otish zanjirini uzib va
ulab millivoltmetr strelkasining og‗ishi kuzatiladi. Cho‗tkalarni keragicha
surib asbob strelkasining eng kam og‗ishiga erishiladi. Kollektorning turli
holatlari uchun bu operatsiya bir necha marta qaytariladi. Keyin cho‗tka
traversasi mahkamlanadi. Kollektorda cho‗tkalar va cho‗tkalarni
neytral
holatga joylashtiriladi.