• §23.3. Oʻzgarmas tokli elektr motorlarni ishlatish. Elektr motorlarni ishlatish ishonchligini ortirish.
  • -rasm. Elektr motorlarni quritish usullari: a-tashqi issiqlik manbasidan




    Download 5,59 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet177/200
    Sana24.05.2024
    Hajmi5,59 Mb.
    #252573
    1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   200
    Bog'liq
    Andijon mashinasozlik instituti mualliflar Maxsudov Moxirbek To

    23.2.1-rasm. Elektr motorlarni quritish usullari: a-tashqi issiqlik manbasidan
    b-past kuchlanishli induksiyon isitish bilan, c-chulg‗amlarni ketma-ket ulash paytida 
    past tok bilan, d - qisqa tutashuv usuli bilan. 
    Ekspluatatsiyaga tayyorlash. 
    Dvigatellarni ishlashga tayyorlash quyidagilarni o‗z ichiga oladi: 
    - dvigatelni tekshirish, hujjatlar va to‗liqlikni tekshirish;
    - izolyatsiya qarshiligini o‗lchash; 
    - dvigatellarni quritish (agar kerak bo‗lsa): tashqi issiqlik 
    manbasidan (chiroq, isitgichlar); qisqa tutashuv oqimlari usuli bilan 
    haroratni doimiy nazorat qilish (110 
    o
    C dan yuqori bo‗lmagan) va 
    izolyatsiyaga qarshilikni davriy (20-30 daqiqadan so‗ng) o‗lchash 
    amalga oshiriladi; 
    - podshipniklar va ulardagi moylash materiallarining holatini 
    tekshirish (podshipnik hajmining kamida 1/3 va 2/3 qismidan ko‗p 
    bo‗lmasligi kerak); 
    - dvigatelni ulash, shu jumladan zirhli kabel orqali ulash
    - dvigatelni yerlash; 
    - sinov kiritish; 
    - kichik nuqsonlarni bartaraf etish; 
    - yer osti koniga etkazib berish uchun dvigatelni olish uchun 
    hujjatlarni rasmiylashtirish yoki o‗rnatish joyiga ustaxonada; 
    - dvigatelni asosga yoki poydevorga o‗rnatish, dvigatel muftalarini 
    va boshqariladigan mexanizmni markazlashtirish, statik va dinamik 
    muvozanat; 
    - ishga tushirish moslamasiga ulanish, maksimal va tok 
    parametrlarini sozlash- ortiqcha yuklamalardan himoya qilish, himoya 
    ta'sirini tekshirish; 


    245
    - avtomatlashtirish tizimining elementlarini sozlash (harorat va 
    bosim sezgichlari va moylash tizimlari va boshqalar). 
    §23.3. Oʻzgarmas tokli elektr motorlarni ishlatish. Elektr 
    motorlarni ishlatish ishonchligini ortirish. 
    Elektr mashinalar yordamida mexanik energiyani elektr energiyasiga
    va aksincha elektr energiyani mexanik energiyaga shuningdek, elektr 
    energiyani bir turdan ikkinchi turga aylantirish mumkin. Mexanik 
    energiyani elektr energiyaga o‗zgartirish maqsadida elektr generatorlardan 
    foydalaniladi. Generatorlarni bug‗, gidravlik va gaz turbinalar, ichki
    yonar dvigatellar va boshqa dvigatellar yordamida xarakatga keltiriladi. 
    Ko‗pincha elektr stansiyalarida ishlab chiqarilgan elektr energiya yana 
    turli mashina va mexanizmlarni xarakatga keltirish uchun mexanik 
    energiyaga aylantiriladi. Bunday maqsadlarda elektr dvigatellardan 
    foydalaniladi. 
    Tokning turiga asosan elektr mashinalar o‗zgarmas va o‗zgaruvchan 
    tok mashinalariga bo‗linadi. Elektr mashinalar vattning juda kichik 
    qiymatidan million kilovattgacha va undan yuqori quvvatlarda 
    tayyorlanadi. Ko‗p qo‗llaniladigan elektr mashinlarda energiyaning
    o‗zgarishi magnit maydon taosirida bo‗ladi. Shuning uchun ularni
    induktiv elektr mashinalar deyiladi. Shuningdek, energiyani elektr
    maydon taosirida xam o‗zgartirish mumkin, bunday elektr mashinalarini 
    siimli elektr mashinalar deyiladi, lekin bunday mashinalar ko‗p 
    tarqalmagan. Magnit maydon yordamida elektr maydonga nisbatan ming 
    martagacha katta energiya xosil qilinishi mumkin. Bir xil o‗lchamli 
    induktiv va siimli elektr mashinalaridan induktiv mashinalar yordamida 
    ancha katta quvvatga erishish mumkin. Elektr mashinaning asosiy elementi 
    bo‗lib xisoblangan ferromagnit o‗zaklar yordamida kuchli magnit 
    maydon xosil qilish mumkin. O‗zgaruvchan magnit maydonlarda uyurma 
    toklarini kamaytirish maqsadida magnit o‗zaklar yupqa elektrotexnik 
    po‗lat tunukalardan tayyorlanadi. Elektr mashinalarining cho‗lg‗amlari 
    xam asosiy elementlardan xisoblanib, mis, alyuminiy va ularning 
    qotishmalaridan iborat bo‗lgan elektrotexnik materiallardan tayyorlanadi. 
    Cho‗lg‗amlarni ximoyalash maqsadida, turli elektr ximoyalash 
    materiallardan foydalaniladi. Elektr mashinalar generator va dvigatel 
    rejimida qo‗llanilishi mumkin. Elektr mashinalarida energiyaning 
    o‗zgarishi quvvat isroflari bilan boliq, shuning uchun elektr 
    mashinalarining foydali ish koeffitsientlari 100% dan kichik bo‗ladi. Katta 
    quvvatli elektr mashinalarining FIK i 98 

    99.5% ga teng bo‗lib, quvvati 
    10 Vt gacha bo‗lgan elektr mashinalariniki 20 

    40 % gacha bo‗ladi. 
    Elektr mashinalarni quvvatlariga nisbatan quyidagi guruxlarga


    246
    bo‗lish mumkin:
    0.5 kVt gacha juda kichik mashinalar yoki mikromashinalar;
    0.5 

    20 kVt - kichik quvvatli mashinalar;
    20 

    250 kVt o‗rtacha quvvatli mashinalar va 250 kVt dan ortiq quvvatli
    mashinalarga katta quvvatli mashinalar.
    O‗zgarmas tok mashinalari asosan ikki qismdan iborat: qo‗zalmas qismi 
    stator va aylanadigan qismi yakordan iborat. Stator o‗z navbatida 
    yarmodan, asosiy qutb o‗zagidan, qo‗zatish cho‗lg‗amidan, qo‗shimcha 
    qutblardan, qo‗shimcha qutb cho‗lg‗amlardan va boshqa konstruktiv 
    elementlardan iborat. 
    O‗zgarmas tok mashinalarining asosiy qutblarini magnit o‗zagi
    asosan qalinligi 0.5

    1 mm bo‗lgan elektrotexnik po‗latdan yiiladi baozi 
    xollarda konstruktiv po‗latlardan xam tayyorlanishi mumkin.
    Elektr mashinalarning magnit o‗zaklari issiq xolda juvalangan E41, 
    E42, E43 markali yoki sovuq xolda juvalangan E310, E320, E330 markali 
    elektrotexnik magnit yumshoq po‗latlardan tayyorlanadi. Keyingi 
    paytlarda elektr mashinasozlik zavodlarida elektr mashinalarning magnit 
    o‗zaklarini tayyorlashda sovuq xolda juvalangan E310, E320, E330 
    markali po‗latlar keng qo‗llanilmoqda. 
    Elektr mashinalarning magnit o‗zaklaridagi induksiya asosan 1,2–1,5 
    Tl, issiq xolda juvalangan po‗latlar uchun 1,5-1,7 Tl ni va magnit o‗zagi 
    sovuq xolda juvalangan po‗latdan tayyorlangan magnit o‗zaklarda 
    induksiya 1,0-1,5 Tl ni tashkil etadi.
    Magnit oqimi statsionar rejimlarda o‗zgarmasdan qolganligi sababli 
    o‗zgarmas tok mashinalarida asosiy qutb magnit o‗zaklarining tunukalari 
    bir-biridan laklar bilan ximoya qilinmaydi.
    Katta quvvatli o‗zgarmas tok mashinalarining o‗tish jarayonlarini 
    yaxshilash maqsadida asosiy qutb o‗zagining xavo bo‗shliiga yaqin 
    qismida pazlar frezalanib, bu pazlarga kompensatsiya-lovchi cho‗lg‗am 
    seksiyalari joylashtiriladi. Bu seksiyalar o‗zaro ketma-ket ulanib, 
    cho‗tkalar orqali yakor cho‗lg‗ami bilan xam ketma-ket ulanadi. 
    Qo‗shimcha qutb o‗zaklari yaxlit o‗zakdan tayyorlanadi va ikkita asosiy 
    o‗zaklar o‗rtasiga joylashtiriladi. Qo‗shimcha qutb cho‗lg‗amlari 
    kommutatsiya jarayonini yaxshilashga xizmat qiladi, shuning uchun 
    kompensatsiyalovchi cho‗lg‗amlarga o‗xshash yakor cho‗lg‗ami bilan 
    ketma-ket ulanadi. O‗zgarmas tok mashinalarining qo‗zatish cho‗lg‗amlari 
    misdan tayyorlanib, asosiy qutb o‗zaklariga o‗rnatiladi, yaxshiroq sovutish 
    uchun cho‗lg‗amni bir necha qismlarga bo‗linib, qismlar orasida sovutish 
    kanallari xosil qilinadi. O‗zgarmas tok mashinasining qo‗zatish
    cho‗lg‗ami yordamida asosiy magnit oqim xosil qilinadi.


    247
    O‗zgarmas tok mashinasining yakori quyidagi elementlardan: 
    valdan, magnit o‗zakdan, kollektordan, cho‗lg‗amdan va boshqa 
    yordamchi elementlardan iborat. O‗zgarmas tok mashinasining vali 
    konstruktiv po‗latdan tayyorlanadi. Yakorning magnit o‗zagi qalinligi 
    0.35

    0.5mm bo‗lgan elektrotexnik po‗lat tunukalaridan yiiladi, tunukalar 
    bir-biridan maxsus izolyatsiyalovchi laklar bilan qoplanadi, lakning 
    qalinligi yakorning kuchlanishiga bolik. Yakorning magnit o‗zagini
    yaxshiroq sovutish maqsadida yakorning o‗qi bo‗yicha magnit o‗zak 
    alohida paketlarga bo‗linadi Magnit o‗zakning o‗rta qismini sovutish qiyin 
    bo‗lganligi uchun o‗zakning o‗rtasida joylashgan paketlarni o‗lchami 
    kichik bo‗ladi. Yakorning paketlarga bo‗lingan magnit o‗zagini sovutish 
    uchun radial va aksial sovutish kanallaridan foydalaniladi. Bu kanallarning
    kengligi 10 mm gacha bo‗ladi. Yakorning cho‗lg‗amlari misdan
    tayyorlanadi. Cho‗lg‗amlarni tayyorlash uchun cho‗lg‗amning yoyilgan 
    sxemasi chiziladi, altaklarning boshi va oxiri kollektor tunukalariga
    ulanadi. Kollektor o‗zgarmas tok mashinalarida mexanik to‗rilagich
    vazifasini bajaradi. 

    Download 5,59 Mb.
    1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   200




    Download 5,59 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. Elektr motorlarni quritish usullari: a-tashqi issiqlik manbasidan

    Download 5,59 Mb.
    Pdf ko'rish