• 3.2.1-rasm. Kabel transpotyorida kabelni chuvtish.
  • §3.3 Kabellarni yerli trasheyalarda joylashtirish. Kabellarni




    Download 5,59 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet27/200
    Sana24.05.2024
    Hajmi5,59 Mb.
    #252573
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   200
    Bog'liq
    Andijon mashinasozlik instituti mualliflar Maxsudov Moxirbek To

    §3.3 Kabellarni yerli trasheyalarda joylashtirish. Kabellarni 
    transheyasiz joylashtirish 
    Transheyalarni qazish. Mustahkamlash qoplamalari bo‗lmagan 
    bo‗limlarda (asfaltlangan, ko‗prikli va shunga o‗xshashlar), daraxtzorlar 
    ekilmagan va har xil er osti obyekt va qurilmalar (kabellar, truba 
    o‗tkazgichlar va boshqalar) yuqorida qayd qilingan joylarda bo‗ldozyerlar 
    va transheya ekskavatorlarini qo‗llab mexanizasiyalashtirilgan usullar bilan 
    bajariladi (3.2.1 - rasm). 
    shahar cheti bo‗limlarida bir donali kabellarni joylashtirish maxus 
    kabel joylashtirish yuritmalari yordamida bajariladi, U pichoq ponasi bilan 
    to‗proqni qirqadi va siljitadi va bu hosil bo‗lgan yoriqqa kabel yotqiziladi. 
    Avtomobil va temir yo‗llarni kesib o‗tuvchi joylarda ochiq 
    (transheyani qazish) yoki yopiq (gorizontal parmalab teshish) usuli bilan 
    kabellar yotqiziladi. 
    Obyektlar tagidan kabellarni o‗tkazishda transheyani ochmasdan 
    gorizontal (teshish) parmalash usulida, zichlab yoki D-4601 turli 
    pnevmatik teshgich yordamida olib boriladi. 
    3.2.1-rasm. Kabel transpotyorida kabelni chuvtish. 


    42
    Transheyani tayyorlash. Kabel transheyaning 700 mm chuqurligida 
    qaziladi. Ko‗cha, maydon, shossey va temir yo‗llarni kesib o‗tishda 
    joylashtirish chuqurligi 1 m gacha bo‗ladi. Joylashtirish chuqurligini 0,5 m 
    gacha kamaytirish, kabellarni bino ichiga kiritish va er osti obyektlarini 
    kesib o‗tishda, agar kabellar mexanik jarohatlanishdan himoyalangan 
    bo‗lsa (misol, quvurlar ichiga yotqizilgan bo‗lsa). Haydalanadigan еrlarda 
    6-10 kV liniyalar chuqurligi 1m dan kam bo‗lmagan holatda kabellar 
    yotqiziladi va bu holatda liniya usti ekin ekishda foydalanilishi mumkin. 
    10 kV li kabellar uchun transheya kengligi 300 mm dan kam 
    bo‗lmasligi kerak; ikkita kabel uchun 400 mm; ikki-uch kabellar uchun 
    500 mm; uchta-turtta kabellar uchun 630 mm; turtta-beshta kabellar uchun 
    800 mm. transheya tagini 10 kV gacha bo‗lgan bitta kabel yotqizilishida er 
    qazish mexanizmlarida bajarilganida (frezalar) keskichlar kengligi 150 mm 
    dan kam bo‗lmagan holda bajariladi. Kabellar orasidagi oraliqqa itoat 
    qilinmagan hollarda kabellar ishlatilishi mumkin bo‗lmagan darajada isib 
    ketishiga va bu kabelning ishdan chiqishiga olib kelishiga sabab bo‗ladi. 
    Transheya bo‗lim burilishlarida, kabellar bukilganida ularning izolyatsiyasi 
    jarohatlanmasligi kerak. Kabellarni bukilishi ruxsat etilgan radiuslari, 3.1-
    jadvalda keltirilgan. 
    Kabellarni transheya ichida ulanish muftalariga ulash ishlarini 
    bajarish uchun, transheya bu еrlarda 2 m uzunlikda ikki kabel 
    yotqizilayotganida 1,5 m gacha har bir yonida yotgan mufta uchun 350 
    mm kenglikda bo‗ladi. Muftalarni transheya ichida shaxmat ko‗rinishda 
    joylashtiriladi. 
    Kabellarni joylashtirishdan oldin transheya nazoratdan o‗tkaziladi, 
    yo‗l joylarida harakatlantiruvchi narsalar, kabelning metal qoplamalarini 
    emiruvchi (sho‗r joylar, ohak, suv, to‗kilma to‗proqli, shlak yoki qurilish 
    chiqindilaridan tashkil topgan, 2 m dan yaqin joylashgan bo‗limlar, 
    so‗rilgan va chiqindi chuqurlari va h. k. aniqlanadi. 
    Bu joylarni nazorat qilish imkoniyati bo‗lmagan holatlarda kabel 
    boshqa toza to‗proqli, bosimsiz asbosementli quvurlarda, tashqi va ichki 
    qismi bitum birikmasi bilan yopilgan bo‗lishi kerak. 
    Kabel yotqizilgan transheyani ya‘ni neytral to‗proq bilan sepilishda 
    qo‗shimcha ikki tomonlama 0,5-0,6 m ga kengaytirilishi va 0,3-0,4 m ga 
    chuqurlashtirilishi kerak. 
    Transheyalarda joylashtirish moslama va mexanizmlar. Kabellarni 
    joylashtirish maxsus mexanizmlar, avtomobil, traktor, lebedkalar 
    yordamida, 
    barabanlarni 
    aylantirib 
    chuvalatuvchi 
    va 
    kabellar 
    harakatlanuvchi roliklar qo‗llanilib bajariladi (3.2.2 - rasm).


    43

    Download 5,59 Mb.
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   200




    Download 5,59 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    §3.3 Kabellarni yerli trasheyalarda joylashtirish. Kabellarni

    Download 5,59 Mb.
    Pdf ko'rish