39
uchun qo‗llaniladi. Ekranlar yarim o‗tkazgichli qog‗ozlardan va alyumin
yoki mis yassi tasmadan (falgasidan) tayyorlanadi.
To‗ldirgichlar kabel qismlari tuzilishini bo‗shliqlarini bartaraf qilib
zich berkitish maqsadida kerakli ko‗rinish berish va kabel tuzilishining
mexanik mustahkamligini oshirish uchun zarur. To‗ldiruvchilar sifatida
qog‗oz tasmalardan yoki kabel to‗qimasidan, plastmassalar ipidan yoki
rezinalar qo‗llaniladi.
Qobiqlar, alyuminli, qo‗rg‗oshinli, toblangan po‗lat tasmali,
plastmassali va yonmaydigan rezinali (nayritli) kabel qobiqlari kabelning
ichki qismlarini namdan, kislotalardan, gazlardan va boshqalardan emirilib
ketishdan himoya qiladi.
Himyalovchi qoplama. Kabel qobig‗i tashqi ta‘sirdan va kimyoviy
yoki mexanik ta‘sirdan emirilib ketishi mumkin, shu sababli, ularni
kimyoviy qoplama bilan qoplanadi. Bularga yostiqcha, zirxlangan qoplama
va tashqi qoplamalar kiradi. Kabellarning tuzilishiga qarab bir, ikki yoki
uch kimyoviy qoplamalar qo‗llaniladi. Yostiqcha shimdirilgan kabel
to‗qimasidan
va
boshqa
shunga
teng
keladigan
tasmadan,
mustahkamlangan qog‗ozdan, bitum to‗plamli yoki bitumdan tayyorlanadi.
Kabel qobig‗ini mexanik jarohatlanishdan ishlatilish sharoitiga
muvofiq po‗lat tasma yoki zirxlangan similar bilan o‗raladi.
Kabel zirxini zanglashlardan saqlash uchun uning yuzasi
(tashqarisidan) qoplama bilan qoplanadi, bu qoplama kabelning qatlamidan
yoki shisha to‗qimadan, bitum to‗plami bilan shimitilgan va bitum
zichlangan polivinilxloridli yoki polietilenli shlangdan tayyorlangan
bo‗ladi.