34
2.4.14-rasm. HL simlarini payvandlash uchun moslama: a) Mos energiya
payvandlash qisqichlari; b) Payvandlash to‗pponchasi; 1 – qisuvchi qurilma; 2–
payvandlanadigan simlar uchlari; 3 – termitli patron; 4 –ag‗dariladigan himoya
shitoki; 5 –prujinalar; 6 – tayanch ilgagi.
Soha energiya qurilishida portlatib simlarni
ulash jarayonini yaratgan
va bu jarayon texnika xavfsizligiga rioya qilgan holda bajarilsa maqsadga
muvofiq bo‗ladi.
Tayanch va traversalarni zaminlash. HL kuchlanishlariga ko‗ra, HL
tayanchlari qanday materialdan yaratilishiga va qanday hududdan trassa
o‗tishiga ko‗ra traversalarni zaminlash talablari amalga oshirilishi
aniqlangan.
1000 V dan yuqori kuchlanishli HL lari zaminlanishi kerak: a) - 6-35
kV temir-beton va metalli HL tayanchlarni: tushirish zaminlash sifatida
temir-beton tayanchlarning barcha ko‗ndalang armatura elementlaridan
foydalanish zarur, ular o‗zaro metalli va еrga ulangan bo‗lishi kerak; b) -
temir beton, metalli va yog‗och tayanchlarning
barcha turlaridagi liniya
kuchlanishlarida, o‗rnatilgan yashindan himoyalagich yoki osma tros; v) -
barcha turdagi tayanchlarda, o‗rnatilgan kuch va o‗lchov tansformatorlari,
ajratgichlar, saqlagichlar yoki boshqa apparatlar travers va troslarga
mahkamlanadi.
Zaminlash qurilmalar qarshiligi 0,05 Om, deb qabul qilingan. Temir
betonli tayanchlar liniyalarda, tayanchlarga erlangan armaturalar yoki
tushayotgan zaminlagichlar mahkamlanadigan izolyatorlar detallariga
mahkamlanadi.
Biriktirish, payvandlash yoki boltli zich siqish bilan bajariladi.
HL zaminlashlar odatda 0,5 m chuqurlikda joylashgan bo‗lishi
kerak, haydaladigan еrlarda (dalalarda) 1 m. Agar tayanchlarni tog‗
qoyalarida o‗rnatishga to‗g‗ri kelsa zaminlash no‗rinni
joylashtirishga
35
ruxsat byeriladi, shu ochilgan qatlam tagiga qoya ustida qatlam qalinligi
0,1 m dan kam bo‗lmasligi kerak.
Havo liniya simlarini tortish va osilish o‗qini rostlash.
Simlar tortilishi tortish mexanizmlari traktorlar va lebyodkalar
yordamida bajariladi. Simlarni tortishda simlar ulanish joylari montaj
roliklardan o‗tishikuzatilishi zarur, simlar uralib
qolishini bartaraf qilish
uchun yo‗llarning o‗tishi, osma bilan kesishish joylarida ishorachilar
biriktirilishi kerak.
Simlarni tortishda ularning osilish o‗qi rostlanadi, tayanchlardagi
osma simlarga va simning pastki osilish ulanish nuqtasi
f
- to‗g‗ri
chiziq
oraliq masofasi hisoblanadi. Osilish o‗qini rostlash jarayoni montaj grafigi
bo‗yicha havoning haroratini o‗lchash holatdagi haroratiga, simning
markasi va osmaning uzunligiga mos ravishda bajariladi.
Simlarning osilish o‗qini o‗lchash har xil usullarda bajarilishi
mumkin. Ko‗pincha, bu maqsad uchun oddiy moslama - cho‗ntak
balandlikni o‗lchagich qo‗llaniladi (2.4.15-rasm). Bu asbob yassi quticha -
1, teng tomonli trapetsiya shakliga ega, uning yuqori qismida nazorat qilish
teshiklari - 2 mavjud, asosiga shisha o‗rnatilgan, uning yuzasida ikkita
belgi - 3 yuqorigi va pastki - 4.
Balandligi o‗lchanadigan
obyekt balandligi N, ko‗zatuvchi qulda
ko‗z balandligida ko‗tarib, asbobni ushlagan holda nazorat qilish teshigini
ko‗ziga to‗g‗rilab L masofaga obyektdan uzoqlashiladi, bunda asbob
shishasidagi yuqorigi belgi obyektning yuqrigi uchiga, pastkisi esa - uning
asasi bilan chegaralanadi. Asbobning shishadagi geometirik belgilar
ulchamlari
bajarilishi, H = L/2 ga teng. Asbobda masofa L ni o‗lchash
xech qanday muammo tug‗dirmaydi.