28
yordamida bajariladi.
Poydevor va izolyatorlar montaji.
6-35 kV HL metal tayanchlar temir-beton poydevorlarga yoki
qoziqlarga
o‗rnatiladi.
Ularni
o‗rnatish
ishlari
temir-beton
konstruksiyalarini va HL loyiha ishchi matyeriallari qonun qoida (QQ) va
ko‗rsatmalarga (K) mos ravishda bajariladi.
Qurilish ish unumdorligi va
sifati yuqori bo‗lishi uchun yig‗ma poydevorlarni ko‗proq qo‗llash tavsiya
etiladi.
Yig‗ma va to‗g‗ri burchakli poydevorlar tagiga chuqurlar qazishda
bir ko‗rakli, zanjirlarda harakatlanuvchi E-652 turdagi ekskavatordan
foydalanish mumkin va ular yuklarni ko‗tarib tushuruvchi kran sifatida
tayanchlar montajida foydalaniladi. Ekskavator ko‗ragiga 0,65 m
3
va eng
chuqur qazishi 5560 mm.
Odatdagi еrlarni portlatib chuqurlar qazish
usulida olib borilishi
mumkin. Agar kerak bo‗lsa bir vaqtning o‗zida kiritgichlar botiriladi va
erlash elektrodlar Poydevorni o‗rnatishda ruxsat etilgan joylashtirish
kiritgichlarga mahkamlanadi.Qurilish ish unumdorligi va sifati yuqori
bo‗lishi uchun yig‗ma poydevorlarni ko‗proq qo‗llash tavsiya etiladi.
Ruxsat etilgan chegarali yig‗ma
poydevorlarni va qoziqlarni
o‗rnatish 2.1- jadvalda ko‗rsatilgan.
Yirik beton poydevor tagiga bostirilgan, anker boltlar og‗ishi, loyiha
o‗lchamlaridan oshmasligi kerak: boltlar o‗qlari orasidagi gorizontal
masofa bo‗yicha, bir oyoqli tayanchlarni mahkamlash uchun o‗rnatiladigan
masofa ±10 mm; anker boltlar yuqorigi belgilanishlari ular orasidagi farq
20 mm. Poydevorlar o‗rnatilish, chuqurligi qatiy loyiha bo‗yicha qabul
qilinadi.
2.4.1- jadval
Geometrik o‗lchamlari
Tayanchlar uchun ruxsat
etilgan
Mustaqil
turuvchilar
Tortilishi
Chuqurlar tag satx HL larining farqlanishi
10 mm
10 mm
Rejadagi poydevorlar o‗qlari oralig‗idagi
masofa
±20 mm
±50mm
Vertikalli belgilanishlar bilan poydevorlar yuqori qismlari
orasidagi farq
20 mm
20 mm
Poydevorlar tayanchlari bo‗ylama o‗qlari og‗ish burchagi
10 301
±10301
U ko‗rinishdagi anker boltning og‗ish o‗qlar burchagi
-
±20301
Rejadagi poydevorlar markazining siljishi
-
50mm
Hozirgi davrda temir-beton tag zinalar ko‗rinishidagi yoki
zamburug‗ shaklli temir-beton kiritgichlar keng qo‗llanilmoqda.
29
Poydevorlar montaji, yuqorida ko‗rsatilgani kabi bajariladi. Yig‗ma
temir- beton poydevorlarni montaj qilishda alohida turuvchi va tortib
turuvchi tayanchlarda ruxsat byerilganlari ko‗rsatgichlariga
mos ravishda
olib boriladi.
Izolyatorlar montaji. Izolyator va liniya armaturalari davlat
standartlariga mos keladigan talablarga va texnik shartlarga javob
beradigan bo‗lishi kerak. Ularni qo‗llash qo‗idagicha tekshiriladi: liniya
armaturalari va izolyatorlar partiyasiga ishlab
chiqarish korxona pasporti
borligi, izolyatorlar yuzalarida yoriqlar yo‗qligi, kemtik, siniqlar, emal
qatlam jarohatlari va yana po‗lat artmaturalarning sementlangan yoki
farforga nisbatan buralishi;
liniya armauralarida yoriqlar, rezbalari va
ruhlangan yuzalar kemtik va jarohati, ezilgan izlari yo‗qligi tekshirishdan
o‗tkaziladi (2.4.6- rasm).