Bog'liq Andijon mashinasozlik instituti mualliflar Maxsudov Moxirbek To
Tayanchlarni yig‗ish va o‗rnatish. Chuqurlarni qazish. HL lar qurilishida eng ko‗p mehnat talab
qiladigan ish, er ishlari hisoblanadi: yog‗och yoki temir-beton tayanchlar
montaji uchun chuqurlarni qazish, metal tayanchlar uchun oyoq osti va
poydevorlar tagiga chuqurlar qazish.
Bu ishlarni bajarishda ish vaqtini tejash uchun, yakka turdagi temir-
beton va yog‗och tayanchlarni qazilgan Chuqurlarga o‗rnatiladi.
Parmalovchi MPK turdagi yuritma diametri 750 mm, chuqurligi 4000
mmli Chuqurlarni qaziydi; BM turidagi diametri 800 mm, chuqurligi 3000
mm va diametri 650 mm, chuqurligi 8000 mm; BMTP turdagi - diametri
650mm, chuqurligi 3000mm qaziydi. Parmalovchi BM-802C turdagi
motor (chuqur diametri 650 mm, chuqurligi 8000 mm) tayanchlar tagiga
chuqurlar qazishdan tashqari, qoqqichlarni o‗rnatish va ular tagiga chuqur
qazish uchun ham foydalaniladi. 35kV gacha bo‗lgan HL ni qurishda
odatdagidek engilroq parmalovchi BKM turdagi yuritmalar qo‗llaniladi, bu
yuritmalar diametri 350, 400, 500 mm, chuqurligi 2000 va 2500 mm
qazishga mo‗ljallangan va muz qoplamiga ko‗ra I-IV xil turkumli еrlarda
chuqurlarga tayanchlar o‗rnatish uchun ishlatiladi.
Tayanchlar montaji. Tayanchlarni yig‗ish texnologiyasida hamma
talablari keltirilgan.
Tayanchlarni yig‗ish, montaj o‗lchov maydonlarida texnologik
usullar qo‗llanilishi lozim. Tayanchlarning tortgich troslari chirishga qarshi
qoplamaga ega bo‗lishi kerak.
Tayanchlarni poydevorlarga montaj qilish, qurilish tugallanmagan va
to‗proq bilan to‗la, ko‗milmagan hollarda ta‘qiqlanadi. Tayanchlarni
montajdan oldin sharnir yordamida bo‗rash usulida poydevorlarning
so‗rilish kuchidan saqlashni ko‗zda to‗tish kerak. Teskari tomonga
aylantirib ko‗tarishdan to‗xtatish qurilma qo‗llanishi lozim. Tayanchlarni
mahkamlash gaykalari oxirigacha mahkamlanishi va o‗z - o‗zidan bo‗shab
ketishga bolt rezbasini o‗yib yo‗lini bo‗zish (kernolash) boltni 3 mm
chuqurlikkacha o‗yiladi. Tayanchning еrga ishonchli mahkamlanishi
27
qazilgan yoki ochiq chuqurlarga, tayanchlarni loyihadagi yopish chuqurligi
ko‗rsatilishiga ko‗ra bajarilishi, ankerli plitalar bilan va sinchiklab
qatlamma-qatlam to‗proqni chuqurlarga (sepib) to‗kib cho‗qo‗rni to‗ldirib
zichlanadi.