kW va undan yuqori quvvatli elektr motorlar montaji. EMlarni




Download 5,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/199
Sana16.02.2024
Hajmi5,59 Mb.
#157767
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   199
Bog'liq
DARSLIK ETT montaj va ishlatish (6)

1000 kW va undan yuqori quvvatli elektr motorlar montaji. EMlarni 
salt va yuklama bilan yurgizish 
Elektr motorlar avtotransport yoki boshqa transport vositalarida 
keltirilgan EMlarni kranlar, avtoyuk ko‗targich yoki boshqalar yordamida 
tushiriladi. O‗ramlardan ajratilgan EMlarni gorizontal yuzaga ko‗chirishda 
kran, elektrtallar, elektrkaralar, yuklagichlar, ular EMlarni ko‗tarish, 
poydevorga montaj qilish qo‗llaniladi. EM larni montajdan oldin sexdagi 
maxsus ajratilgan kameradagi dastgohda qarab chiqiladi. Hamma 


143 
aniqlangan nuqsonlar elektr o‗rnatuvchi brigada ustasiga yoki montaj 
boshlig‗iga aytib byeriladi yoki yozma ravishda bildiradi. 
Agar elektr motoro tashqi nuqsonlarsiz bo‗lsa uning ichki qismlarini 
tozalash olib boriladi. Buning uchun siqilgan havodan foydalaniladi. Oldin 
quvur o‗tkazgichdan havo uzatilishi va Quruqligi tekshiriladi, buning 
uchun oqimni birorta yuzaga yoki qo‗l kaftiga yo‗naltiriladi. Purkalganda 
rotor qo‗l bilan aylantiriladi va o‗qning podshipniklarda engil aylanishi 
tekshiriladi. 
EM tashqi sirti kerosinda engil namlangan latta bilan artiladi. 
Sirpanish zoldirlarini yuvish, buni montaj davrida quyidagicha 
bajariladi. Zoldirlardan to‗kish tiqinini еchib moy qoldiqlari to‗kiladi. 
Tiqinni joyiga mahkamlab zoldirlarga kerosin quyiladi va yakor yoki rotor 
qo‗l bilan aylantiriladi. Keyinchalik kerosin to‗kilib kerosin qoldiqlari moy 
bilan yuvib tashlanadi. SHundan keyin zoldirlarni yangi moy bilan 1/2 
yoki 1/3 hajmda vannasi to‗ldiriladi. Zoldirlarni moy bilan to‗ldirish 
mustaqil hajmining 2/3 dan oshmasligi kerak. 
Izolyatsiya qarshiligini o‗lchash. O‗zgarmas tokli EMlarning 
izolyatsiya qarshiligini o‗lchashda yakor bilan o‗yg‗otish g‗altaklari 
(qutblar aro) oralig‗i, yakorning, tanaga nisbatan o‗yg‗otish g‗altaklari va 
shyotkalar izolyatsiya qarshiligi tekshiriladi. Izolyatsiya qarshiligini 
o‗lchashda, reostatni tarmoqdan EMga keltirilgan similar EM dan 
ajratilgan bo‗lishi kerak. O‗lchash davrida kollektor va shyotkalar orasiga, 
mikanit, 
elektr 
karton, 
fibralar, 
rezinali 
trubkalar 
va 
boshqa 
izolyatsiyalovchi narsalar o‗rnatilishi kerak. Toki uch fazali qisqa 
tutashtirilgan 
rotorli 
Elektr 
motorlarning 
izolyatsiya 
qarshiligini 
o‗lchashda, еrga nisbatan stator chulg‗amlari (tanaga nisbatan) va o‗zaro 
bajariladi. Bu chulg‗amlarning oltita uchlari chiqariladigan bo‗lganida 
mumkin. Agar chulg‗amlarning faqat uchta uchi chiqariladiganida o‗lchash 
faqat еrga (tanaga) nisbatan bajariladi. 
Faza rotorli elektr motorlarda stator chulg‗amlarining еrga nisbatan 
va o‗zaro izolyatsiya qarshiligini o‗lchashdan tashqari rotor bilan stator 
orasidagi va shetkalarning tanaga nisbatan izolyatsiyasi (halqalar bilan 
shyotkalar orasiga izolyatsiyalovchi qistirma qo‗yilishi kerak), izolyatsiya 
qarshiliklari o‗lchanadi. 
Agar izolyatsiya qarshiligi talab qilinganidan past bo‗lsa sinchiklab 
tekshiriladi va nima sababdan izolyatsiya qarshiligi pastligi aniqlanadi. 
EM lar tekshirib bo‗lingach, ishga tushirishga to‗la tayyorlangandan 
keyin, montaj joyiga olib kelinadi va mahkamlanadi. Stendda tayyorlash 
tekshirish usullari bajariladi(agar zaro‗riyat bo‗lsa taftish qilish, kerak 
bo‗lsa quritish) bu ishlar obyektda montaj ishlarini bir necha bor 


144 
tezlanishiga va muddatning qisqarishiga olib keladi. bu usullar katta 
quvvatli motorlarni montajida borgan sari keng qo‗llanilmoqda. 
Montaj va mahkamlash. Motorni yig‗ish va tekshirish ishlari tomom 
bo‗lgandan keyin uni o‗rnatishga kirishiladi. Katta bo‗lmagan EMlarning 
engillari (50 kg gacha) ularni past poydevorlarga va tizimlarga qo‗lda, qiya 
qo‗yilgan taxtalardan foydalanib maxsus tizimga va еrga qo‗lda qo‗yiladi. 
Og‗irligi 80 kg dan ortiq bo‗lgan EM oldindan tayyorlangan anker boltlar 
bilan poydevorga mahkamlangan asoslarga - payvandlanadigan romlarga 
cho‗yan plitalarga yoki salaskalarga o‗rnatiladi (10.3.1 - rasm). Motorlar 
mexanizimlar yordamida (tal, chig‗ir va h.k.) ko‗tarilib o‗rnatiladi. 
Ancha og‗ir elektr motorlar montajida devorlarga, poydevor ustiga, 
qavatlararo mahkamlangan qatlamga, EMlarni to‗g‗ridan-to‗g‗ri kranlar, 
tallar yoki polistpastlardan (bloklari bilan) va boshqa yuk ko‗tarish 
mexanizmlarida ko‗tarish ishlari bajariladi va mexanizmlarda ko‗tarib 
o‗rnatiladi (10.3.2-rasm). 
O‗rnatilish tugatilgach sinov ishlari olib borilishida tarqatilgan 
holatda kelganlari yoki tarqatilgan elektr motorlarning(EM) stator va rotor 
po‗lati oraliqlari, sirpanish podshipniklari va titrash podshipniklari oralig‗, 
rotorning o‗qibo‗ylab harakatlanishi ishlab chiqarish korxona texnikaviy 
hujjatlarida ko‗rsatilganiga mos kelishi kerak. 

Download 5,59 Mb.
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   199




Download 5,59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 kW va undan yuqori quvvatli elektr motorlar montaji. EMlarni

Download 5,59 Mb.
Pdf ko'rish