§1.4. Elektr montaj ishlarini bajarishga tayyorlash




Download 5,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/199
Sana16.02.2024
Hajmi5,59 Mb.
#157767
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   199
Bog'liq
DARSLIK ETT montaj va ishlatish (6)
15, kompyuter texnologiyalari asoslari, malumotlar bazasini boshqarish tizimlari mbbt, 13 mavzu, 8-mavzu Оиланинг роли, DASHTI QIPCHOQDAGI SIYOSIY AHVOL, KAFOLATLI TOʻLOVLAR, ABDURASHIDOV ANVARJON, DETAL CHIZMALARINI METROLOGIK EKSPERTIZASI (Berdiqulov Islom), kurs ishi abduvosilov oybek (копия) 2, « GLOBAL IQTISODIY RIVOJLANISH фанидан курс иши, koreys tili, tikuvchilik
§1.4. Elektr montaj ishlarini bajarishga tayyorlash 
Elektr montaj ishlarini bajarishdan oldin quyidagi tashkiliy ishlar 
bajarilishi kerak: 

buyurtmachi muhri bilan tasdiqlangan —ishni bajarishga‖ texnik-
loyiha hujjatlarini pudratchi olgan bo‗lishi kerak; 

etkazib beruvchi korxona va pudratchi bilan kelishib texnologik 
ketma- ketlikni hisobga olib qurilmalar keltirilish jadvalini etkazuvchi 
korxona, shaxsan shef montaj vakili bilan o‗zaro munosabatda bo‗lib, 
montajda murakkab elektr qurilmalar sonini yirik va og‗ir-murakkab elektr 


11 
asbob-anjomlar montaj joyiga etkazish shartlari kelishib olinadi; 

ishchi brigadalarini kameralarga joylashtirish muxandis texnik 
ishchilarni ishlab chiqarish bazalari, yana matyeriallarni va asboblarni 
taxlash uchun joy tayyorlangan bo‗ladi; 

mehnatni himoyasi bo‗yicha tashkiliy qoidalari va bajarilishi 
ko‗zda tutilgan me‘yorlari va elektr qurilmalar akt bo‗yicha qurilish 
obyektining bo‗laklari montajga qabul qilish amalga oshirilgan yong‗inga 
qarshi atrof muhitni himoyasi amalga oshiriladi. 
Elektr ta‘minot tizim qurilmalarini montajga qabul qilishda uni 
nazorat qilish olib boriladi to‗plamligini tekshirish (taqsimlashsiz), ishlab 
chiqarish korxona kafolat muddati amaldaligi va hamma narsalar borligi 
tekshiriladi. 
Tekshirish 
natijalari 
bo‗yicha 
kerakli 
akt 
bilan 
hujjatlashtiriladi. Elektr qurilmalar montajida ochish va tekshirish olib 
borilmaydi. Texnik shartlar yoki soha standartlarida va davlat 
qo‗llanmalarida bu ko‗zda tutilgan bo‗lgan hollardagina va yana korxona 
ko‗rsatmasi bo‗zilib, uzoq vaqt saqlangan hollarda tarqatib tekshirilishi 
mumkin. Ishlab chiqarish korxonasidan plombali qabul qilingan qurilma va 
asbob-anjom tarqatilishi ta‗qiqlanadi. 
Shakli o‗zgargan elektr qurilmalarni shikastlangan joylari va 
nuqsonlari bartaraf qilinganidan keyingina montajga olinadi. 
Maromli saqlanish muddati tugagan elektr qurilmalar va asbob-
anjomlar davlat standartlarida yoki texnik shartlarda ko‗rsatilishiga ko‗ra 
montajga, faqat montaj oldi tekshirish ishlari o‗tkazilib nuqsonlari 
to‗g‗rilanib va sinov natijalariga binoan yaroqli deb hisobilangandan so‗ng 
qabul qilinadi. 
Bajarilgan ishlar natijalari, elektr qurilmalar formulyarlariga, 
pasporti va boshqa ko‗zatuvchi hujjatlariga tuzatish kiritilib, kerakli akt 
tuziladi va bajarilgan ishlar ko‗rsatiladi. 
Yopiq taqsimlash qurilmalar (YOTQ) kameralari elektr asbob-
anjomlar tag poydevorlarini qurilish ishlari va suvoq ishlari to‗la 
tugaganida montajga topshiriladi. Kamera va poydevorlar murakkab va 
qimmat elektr tizim qurilmalarini o‗rnatish uchun montaj qiluvchi ishchi, 
montaj xizmatchilarini va shefmontaj xodimini taklif qilib korxona 
xodimlari bilan birga o‗zaro munosabatda shefmontaj ishlari amalga 
oshiriladi. 
Misol: Elektr montaj ishlari boshlanishidan oldin ochiq TQ larda 
general pudratchi, maydonini rejalashtirish ishlari tugatishi kerak, obyektni 
yer osti yo‗llari kabel kanallari, shinalarini o‗rnatish va liniya portallari, 
elektr asbob-anjomlar tag poydevorlarini qurish, TQ atrofini to‗siqlash, 
shikastli maydon, yer osti obyektlari va moy yig‗ish idishlarini tayyorlash 


12 
ishlari tugallanishi kerak. TQ asbob - anjomlari tag poydevorlari va 
portallar tuzilishlari o‗rnatilishi kerak, loyihada ko‗zda tutilgan botirma 
qismlar va mahkamlash detallari izolyator shodalarini va asbob-anjomlarni 
mahkamlash uchun kabel kanallarida va tunellarda o‗rnatish detallari kabel 
konstruksiyalarini mahkamlash uchun o‗rnatilishi kerak. Bundan tashqari 
suv o‗zatgichlar va loyihada ko‗zda tutilgan o‗t o‗chirish avtomatik 
qurilmalar qurilishi tugatilgan bo‗lishi kerak. 
Bino ichida va obyektlarda elektr asbob-anjomlarni montajga 
topshiriladigan ishni boshqaruvchi yoki to‗g‗ridan to‗g‗ri qurilishni 
bajaruvchi tomonidan doimiy chuqurlar arxitektorlik-qohilish chizmalarida 
ko‗zda tutilganlari tagliklar devoridagi teshiklar va qoplamalardagi elektr 
tarmoqlarida nazorat kabelarini joylashtirish va elektr asbob-anjomlarni 
siljitish uchun kerakli bo‗lgan ishlar bajarilgan bo‗lishi kerak. Elektr 
montaj ishlari tugatilgach geniral pudratchi ishlarni taglarni, kovaklarni va 
vaqtinchalik teshiklarni to‗ldirib chiqishni amalga oshirishga ma‗sul. 

Download 5,59 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   199




Download 5,59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



§1.4. Elektr montaj ishlarini bajarishga tayyorlash

Download 5,59 Mb.
Pdf ko'rish