19
10 kV va undan past kuchlanishli HLlar iste‘molchilarga
elektr
energiyani keltiruvchi hisoblanadi.
HL larni kuchlanishi bo‗yicha sinflarga bo‗linishi:
-
1000 Vgacha kuchlanishli HL (past kuchlanish klassli HL)
-
1-35 kV HL(o‗rta kchlanish klassli HL)
-
110-220 kV HL(yuqori kuchlanish klassli HL)
-
330-750 kV HL(o‗ta yuqori kuchlanish klassli HL)
-
750 kV va undan yuqori kuchlanishli HL( ultra yuqori kuchlanish
klassli HL).
HLlarni klasslarga bo‗linishlari, asosan-HL konstruksiyasi va hisob-
kitob shartlarin bo‗limlari talablariga ko‗ra sezilarli darajada bir-biridan
farq qiladi.
Bu guruxlar asosan - hisob-kitoblarni bajarilishi shartlari va tuzilishi
talablariga ko‗ra sezilarli darajada bir-biridan farq qiladi.
§2.3. Havo liniya yo‗l(trassa)larini montajga tayyorlash
Elektr energiya uzatish havo liniyalari (HL) ochiq havoda izolyatorlar
armaturalri orqali simlar tayanchlarga maxkamlangan holda elektr
energiyani uzatish va tarqatish uchun mo‗ljallagan qurilmalarga aytiladi.
Elektr energiyani havo liniyalari orqali uzatish 1000 V gacha kuchlanishli
(standart kuchlanish shkalasi bo‗yicha 3,6,10 kV)
va undan yuqori
kuchlanishga bo‗linadi.
Elektr uzatish havo liniyalarini (HL) qurishdan oldin quyidagi ishlar
bajarilgan bo‗lishi kerak:
-
HL trassalaridagi qishloq xo‗jalik ekinzorlari va o‗rmon
maydonlarida ish olib borishga ruxsat olingan bo‗lishi kerak;
-
montaj brigadalarini va bo‗lim ishboshqaruvchilarni joylashtirish
uchun vaqtinchalik xonalar tayyorlanishi lozim;
-
materiallarni taxlash uchun vaqtinchalik bazani
tashkil qilish;
-
yo‗llar, ko‗priklar va HL trassalariga keladigan er osti yo‗llar holati
tekshiriladi, zarur bo‗lganda vaqtinchalik er osti yo‗llarini qurish;
-
trassa bo‗ylab er yuzasini tozalash, va urmon joylarda o‗tish
yo‗llarni qurish;
-
loyihada ko‗rsatilgan HL trassasidagi yoki unga yaqin va ish
bajarilishida kesishadigan qurilishlarni
bartaraf qilish;
-
ishlab chiqarish piket joyini bajarish-HL trassasi bo‗ylab
keyinchalik tayanchlarni o‗rnatish joylarini belgilovchi belgilarni o‗rnatish.
Matyeriallarni saqlashga vaqtinchalik baza joylashtrilgach HL
trassasi o‗tadigan tumanga kerakli matyeriallarni tashish bajariladi. HL
trassalariga tayanchlarni maxsus ustun tashigichlarda tashish amalga
oshiriladi. Simli
barabanlarni vertikal holatda, avtotransport ko‗zovida
20
po‗lat simlar bilan tortgichlarda tortib mahkamlangan holatda tashiladi.
Osma farforli va shishali izolyatorlar, dastlab tekshirilib zaro‗riy uzunlikda
shodalar
tuziladi
va
HL
trassasiga
izolyatorlarni
mexanik
shikastlanishlardan saqolvchi maxsus yog‗och konteynyerlarda tashiladi.
Tayanchlarni va simli barabanlarni qoidaga muvofiq ko‗tarish
kranlarida yuksizlantriladi.
HL trassasiga qurilish texnikalari o‗z yurishida yoki maxsus
atomobil platformalarida keltiriladi.