|
Mehnat xavfsizligini ta’minlovchi texnik vositalar
|
bet | 2/3 | Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 0,59 Mb. | | #117554 |
Bog'liq hayot faoliyati xavfsizligi
Mehnat xavfsizligini ta’minlovchi texnik vositalar ishlab chiqarish bunday muammolarni oldini olish, jarohatlanishga qarshi kurashni, baxtsiz hodisalarni oldini oluvchi zamonaviy vositalardan keng foydalanmasdan turib hal qilib bo’lmaydi. Insonni xavfli ishlab chiqarish omillardan himoyalash usuli: aktiv va passiv bo’ladi. Aktiv himoya xavfli omil hosil bo’lishini yo’qotishga yoki uning xavflilik darajasini kamaytirishga yo’naltiradi. Passiv himoya xavfli omillarning insonga ta’sirini oldini oluvchi kompleks tadbirlarni o’z ichiga oladi. Bunga insonni xavfli zonadan chiqarish yoki insonni xavfli zonada bo’lmasligi uchun sharoit yaratish bilan yerishiladi. Passiv himoyalash ishlab chiqarish jarayonini tashkillashtirish uskuna va jihozlarni konstruksiyalarini yaxshilash orqali ta’minlanadi. Agar qayd qilingan tadbirlar bilan ishlovchilarning xavfsizligi to’laligicha ta’min etilmasa, individual himoya vositalarini (kaskalar, ko’z oynaklar, respiratorlar va boshqalar) qo’llanilishini taqoza etadi.
Xavfsizlik belgilari sistemasi Signal o’zining funksional vazifasi bo’yicha ogohlantruvchi, avariya, nazorat qiluvchi, gaplashish signallarga bo’linadi.Ta’sir etish usuli bo’yicha quyidagi signallardan foydalaniladi; yoritish, tovush, rangli va belgi. -davlat standarti quyidagi rang signallari va ularning vazifalarini belgilaydi: qizil-ta’qiqlovchi, “Stop”- muqarrar xavf; sariq-diqqat, sodir bo’lishi mumkin bo’lgan xavf haqida ogohlantirish; yashil-“xavfsizlik”, “ruxsat”, “yo’l bo’sh”; ko’k-“ma’lumot”. Xavfsizlik belgilari: taqiqlovchi, ogohlantiruvchi, tushuntiruvchi, ko’rsatuvchi. Yuqori shovqin ostida ishlaydigan uskunalarda yoritish signallari va past shovqinda ishlaydigan uskunalarda (60…70 dB gacha) tovushli signallar qo’llanilishikerak. Belgili signallar yo’l belgilari ko’rinishida anchadan buyon qo’llaniladi. 1970 yildan boshlab esa belgili signallar mehnat xavfsizligini taminlash uchun ham tobora keng qo’llanilmoqda. Davlat standarti bo’yicha xavfsizlik belgilari 4 ta guruhga bo’lingan Har bir guruh uchun belgilar formasi, rangi va o’lchamlari mavjud.
|
| |