Bajaradigan ishi va qo‘llaniladigan kesish asboblariga ko‘ra
stanoklar
to‘qqiz gruppaga bo‘linadi, bu gruppalarning har biri to‘qqiz tipga bo‘linadi.
Seriyalab ishlab chiqarilgan stanok modelining belgisi uch-to‘rt raqamdan
iborat, zarur bo‘lganda bu raqamlarga harf ham qo‘shib yoziladi. Birinchi
raqam stanok gruppasini, ikkinchisi – stanokning tipini, uchinchisi –
stanokning asosiy parametrini bildiradi. Masalan, 2H125 modeldagi vertikal-
parmalash stanogining belgisi bunday o‘qiladi: 2-parmalash stanogi; H-
modernizatsiya qilingan; 1-vertikal; 25-ana shu stanok bilan po‘latda
parmalanadigan teshikning eng katta
diametri, mm.
Dastur bilan boshqariluvchi stanoklar modellarining belgisiga F harfi
va raqam qo‘shib yoziladi, masalan: F1 (raqamli indikatsiyasi va dastlabki
koordinatalar to‘plami bo‘lgan stanoklar), F2 ( pozitsion va to‘rtburchak RDBQ
li stanoklar) , F3 ( konturli RDBQ li stanoklar ) , F4 (pozitsion - konturli
RDBQ li stanoklar) . Masalan, 6Ф13Ф3 modeldagi stanok uchinchi tip
o‘lchamli stol va konturli RDBQ bilan ta‘minlangan konsolli –
vertikal
frezalash stanogidir. Siklli dastur bilan boshqariluvchi stanoklar modellarining
belgisiga S harfi, operativ RDBQ li stanoknikiga esa T harfi kiritiladi.
Ishlov beriladigan detal chizmasida berilgan parametrli sirt hosil bo‘lishi
uchun asbob bilan zagatovkaning harakati o‘zaro mos bo‘lishi kerak. Dastur
bilan boshqariluvchi stanok bu ikki asosiy harakat: asosiy va surish
harakatlarini amalga oshiruvchi mexanizmga ega.
Kesish tezligi v ni belgilovchi harakat asosiy harakat deyiladi, tezligi
uzatish kattaligini belgilovchi harakat surish harakati S deyiladi. Asosiy
harakat
aylanma va qaytma - ilgarilama bo‘lishi mumkin. Har bir stanokda yordamchi
harakatlar: zagatovkani keltirish va mahkamlash, asbobni yaqinlashtirish hamda
uzoqlashtirish, kesish va uzatish tezliklari qiymatini o‘zgartirish va boshqa
harakatlar ham bajariladi.
Aniq ishlab chiqarish masalalarini hal etishda maqbul stanoklarni tanlash
va ularning tехnik darajasini qiyosiy baholash uchun qator tехnik-iqtisodiy
ko`rsatkichlardan foydalaniladi. Bunday ko`rsatkichlarga
stanoklarning ish
unumi, aniq ishlov bеrishi, moslanuvchanligi va iqtisodiy samaradorlik
ko`rsatkichlari kiradi.