10-MA’RUZA.
YIG‘UV JARAYONLARINI MEXANIZATSIYALASH VA
AVTOMATLASHTIRISH
MA’RUZA REJASI:
1. Yig‘ish jarayonlari texmologik operatsiyalarini mexanizatsiyalash
2. Mashinalarni yig‘ish yordamchi jarayonlarini mexanizatsiyalash
3. Yig‘uv ishlarini avtomatlashtirish
Tayanch iboralar: aniq podshipniklar, vtulka-korpus, og‘ir
mashinasozlik, avtomobilsozlik, mehnat hajmi, ko‘tarish, transport,
telferlar, karn-balka, telejka, rolganga, konveyyrlar, elektr va prevmatik
ko‘targichlar, uzellarni biriktirish, avtomatizatsiyalash darajasi, sanoat
robotlari
Zagotovkalarni olish hamda ularga mexanik ishlov berish
texnologik jarayonlari yalpi va seriyali ishlab chiqarish sharoitlarida
odatda mexanizatsiyalash va avtomatlashtirishdan to avtomatik liniya,
uchastka va sexlarni yaratishgacha rivojlanishiga asoslanadi. Yig‘ish
jarayoni esa hatto yalpi ishlab chiqarish sharoitida ham qisman qo‘l
mehnatini talab qiladi va katta mehnati hamda yuqori malakali ishchilar
orqali amalga oshiriladi. Mashinasozlikning turli sohalarida yig‘ish
ishlarining tuzilishi 12.1-jadvalda keltirilgan.
MDH davlatlarida avtomatlashtirish o‘rtacha umumiy yig‘ish ishlari
hajmining 7% ni qamrab olgan. Bu avvalo yig‘ish jarayonlarining o‘ziga
xos xususiyatlaridan kelib chiqadi:
1) yig‘ish hajmining murakkabligi va turli-tumanligi hamda yig‘ish uchun
uskunalarning zarurligi;
2) yig‘ish jarayonlari siklining qisqaligi (ayrim hollarda sekundning
o‘ndan birida);
3) detallarning bikir emasligi yoki elastikligi;
4) harakatlarni bajaruvchi manipulyator, robotlar ishchi organlarining
murakkabligi;
5) o‘zaro birikkan detallarning kichik dopusk maydonlari va ularni
moslash, to‘g‘rilash ishlarining zarurligi. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra
AQSH dagi avtomobilsozlik korxonalarida 50% gacha ishchilar yig‘ish
operatsiyalarini bajaradilar. Eng asosiysi, oxirgi o‘n yillikda yig‘ish
jarayonlaridagi mehnat hajmining ulushi kamaymasdan, aksincha,
ko‘paymoqda, bu esa zagotovkalarni olish va ulardan detallarni
shakllantirish bosqichlarida avtomatlashtirish jarayonlarini keng tadbiq
etish bilan bog‘liq. Qo‘l bilan yig‘ishdan avtomatik yig‘ishga o‘tish ham
texnologik, ham konstruktorlik ko‘rinishdagi katta qiyinchiliklarga
bog‘liq. 5-10 detaldan iborat buyumlarni yig‘ishda avtomatik liniyalar
nisbatan o‘zini yaxshi oqlagan. Buyumdagi detallar sonini ko‘payganda
avtomatik liniya konstruksiyasining murakkabligi va ish ishonchliligini
ozligi bilan farqlanadi.
|