|
Yig‘ish jarayonlari texmologik operatsiyalarini
10.1 Yig‘ish jarayonlari texmologik operatsiyalarini
mexanizatsiyalash
Yig‘ish sexlari dastgohlarini ikki guruhga bo‘lish mumkin:
texnologik, detallarni qo‘zg‘almas yoki qo‘zgaluvchi qilib biriktirish,
uzelli yoki umumiy yig‘ish jarayonida ularni rostlash va nazorat qilish
uchun bevosita mo‘ljallangan hamda yordamchi, ish hajmi yig‘ish
jaroyonida salmoqli bo‘lgan barcha yordamchi ishlarni mexaniza
siyalashtiruvchi.
Quyida
jarayonlarni
mexanizatsiyalash
uchun
mo‘ljallangan yig‘ish qurilmasiga misol keltirilgan. 23-rasmda
qamrovlanuvchi va qamrovchi detallarni aniq o‘rnatish ta;minlash uchun
moslama ko‘rsatilgan. Ushbu holatda podshipnik 2 presslanadigan uzel
korpusi 1 maxsus taglikning 6 aylana chiqig‘iga narkazlashadi. Taglik esa
o‘zining konussimon teshigi bilan presslovchi sirg‘algich (polzun) 4
harakatlanadigan juvaga markazlashadi. Sirg‘algichga biriktirilgan
egiluvchi kirgizma (vstavka) biriktirish jarayoni boshlangunigacha
podshipnikni markazlash va ushlab turish uchun ximat qiladi.
Mashinasozlik
korxonalarida
yig‘ish
texnologik
jarayonlarini
mexanizatsiyalash uchun turli gaykaburagich, pnevmatik va gidravlik
skoba, elektrbolg‘a va boshqa mexanizmlar keng qo‘llanilmoqda. Seriyali
va yalpi ishlab chiqarish sharoitlarida mexanik ishlov berish texnologik
jarayonini tezlashtiruvchi yo‘nalishlardan biri maxsus sozlangan
dastgohlarda mashina detallari o‘lchamlarini avtomatik olish usuli
hisoblanadi. Bu usuldan vtulka-korpus tipida taranglik bilan birikuvchi
detallarga ishlov berishda foydalanilganda presslangan vtulkalar
partiyasida chizmada ko‘rsatilgan aniq diametr o‘lchamlarini ta’minlash
imkoni qiyin bo‘ladi.
10.1-rasm. Aniq podshipniklarni presslash uchun moslama
|
| |