10.2-rasm. Vtulka-korpus partiyasida dopusklar maydonining
joylashish sxemasi
10.2-rasmda vtulkani presslash va teshiklarini kalibrlash
jarayonlarini mexanizatsiyalashga imkon beruvchi moslamaning
konstruktiv sxemasi ko‘rsatilgan. Moslama presslash va kalibrlash
jarayonlarini o‘zida mujassamlashtirish uchun mo‘ljallangan vilkaga 6
o‘rnatilgan qurilmadan 11 iborat. YO‘naltiruvchi vtulka 7, shayba 5 va
prujinalar 4 yordamida vilka 6 asosda 1 joylashgan juva 2 bo‘ylab vertical
harakatlanish imkoniyatiga ega. Rezina halqalar 8 va gaykalar 9, 10
vilkani haddan tashqari yuqoriga ko‘tarilishini, tirgak 3 esa burchak
bo‘ylab og‘ishini cheklab turadi. Ushbu moslamaning ishlash prinsipi
quyidagicha. Korpus teshigiga 14 vtulkani 13 o‘rnatish uchun vilka 6
presslovchi qurilma 11 bilan birgalikda chap chetga chiqib turadi, so‘ngra
vtulka o‘rnatilgach tirgakkacha 3 olib boriladi, buning hisobiga birikuvchi
juftlikka nisbatan aniq mo‘ljallanadi. Prujina 4 vtulkani presslash vaqtida
qurilmani pastga harakatlanishiga to‘sqinlik qilmaydi, jarayon tugagach u
presslovchi qurilmani dastlabki joyida ushlab turadi. Rezina halqalar -
dempferlar 8 qurilmaning 11 nishab tomoniga qulf 11 roliklari tushib
qolganida yuqoriga qaytarishda hosil bo‘lgan vilka zarbasini so‘ndirishga
imkon beradi. Korpus teshigida vtulka o‘rnatilgacha va vilka tirgakka 3
etkazilgach, qurilma, vtulka va korpus teshigi orqali yuqori qismi dornoga
qotirilgan pog‘onali juva o‘rnatiladi. So‘ngra juva changallovchi press
patroniga biriktiriladi va pastga harakatlanib, korpusga 14 vtulkani 13
presslaydi. Presslovchi qurilma korpusining ostki yon tomoni bilan
qamraluvchi detalning yon tomoniga tekkanda, korpus to‘xtaydi,
presslovchi vtulka 11 esa roliklar 15 nishabga etguniga va
presslanayotgan
vtulka
teshigini
kalibrlovchi,
pastga
tomon
harakatlanayotgan dornoga ta’sir qiluvchi kuchdan ozod qilguniga qadar
pastga tomon harakatlanishda davom etadi.
|