10.3-rasm. Vtulkalarni presslash mexanik jarayoni va uning
teshiklarini kalibrlash uchun qurilma
10.2. Mashinalarni yig‘ish yordamchi jarayonlarini
mexanizatsiyalash
Yordamchi yig‘ish qurilmalariga transportirlash, ko‘tarish,
o‘rnatish, alohida detallarni va uzellarni biriktirish qurilmalari mansub.
10.4-rasm. Ko‘tarish-transport vositalar tasnifi
Ayrim elektr va pnevmatik ko‘targichlar, shunindek engil aylanma
va polga o‘rnatilgan kranlardan tashqari sxemada ko‘rsatilgan ko‘atarish
va ko‘tarish-transport vositalari asosan qo‘zg‘almas yig‘ishda, ko‘targich
va kranlar - qo‘zg‘almas va harakatlanuvchi yig‘ishda, transport vositalari
esa qo‘zg‘aluvchi yig‘ish uchun mo‘ljallangan. Yig‘ish ishlari mehnat
sarfining
asosiy
ulushini
yig‘ilayotgan
ob’ektlarni gorizontal
harakatlanishiga sarflanadigan vaqt tashkil qiladi. Buni kamaytirish
maqsadida qo‘l bilan yig‘ilayotgan buyumni harakatlantirilayotganda
rolganga, relsn va relssiz yo‘lli aravalar, yuqori mexanizatsiyalashish va
avtomatlashish darajasida - konveyrlardan foydalaniladi.
Yig‘uv sexlarida qo‘llaniladigan konveyrlarni ikki guruhga: yig‘ish
- uzel yoki umumiy yig‘ishda yig‘ilayotgan buyumlar ni surish uchun,
transport - detal va komplektlarni yig‘ish maydoni va liniyalarga uzatish
konveyrlariga bo‘lish mumkin.
|