|
Loyiha asosida o‘rnatilgan qurilma haqida ma’lumot
|
bet | 5/10 | Sana | 24.05.2024 | Hajmi | 1,71 Mb. | | #251725 |
Bog'liq Tursunaliyev Botirbek BMI edited 162.2. Loyiha asosida o‘rnatilgan qurilma haqida ma’lumot.
Amalda o‘rnatilgan qurilma haqida ma’lumot.Maktablar va oliy ta’lim muassasalarida qo‘ng‘iroq chalinish tizimining avtomatlashtirilishi ta’lim jarayonining uzluksizligi va samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Hozirgi kunda ko‘plab ta’lim muassasalarida qo‘ng‘iroqlarni qo‘lda chalish usuli qo‘llaniladi, bu esa o‘qituvchilar va ma’muriyat uchun qo‘shimcha vaqt va kuch sarflashni talab etadi. Shuningdek, qo‘lda chalinadigan qo‘ng‘iroqlar vaqtida xatoliklarga yo‘l qo‘yilishi mumkin, bu esa ta’lim jarayonining samaradorligini pasaytiradi.
Ushbu muammolarni bartaraf etish maqsadida, maktablar va oliy ta’lim muassasalarida qo‘ng‘iroq chalinish tizimini avtomatlashtirish loyihasi ishlab chiqildi va amalga oshirildi. Loyihaning asosiy maqsadi qo‘ng‘iroq chalinish jarayonini to‘liq avtomatlashtirish orqali o‘qituvchilar va ma’muriyat uchun qulaylik yaratish, ta’lim jarayonining aniq va tartibli olib borilishini ta’minlashdir [16].
Loyihaning amalga oshirilishi doirasida quyidagi qurilmalar va komponentlar o‘rnatildi:
1. RD-TPD1 bitta kontaktli vaqt relesi.
2. Timer (vaqt o‘lchagich).
3. 220V ni 5V ga o’zgartirgich.
4. Qo‘shimcha materiallar (kabel, ulash vositalari, montaj materiallari va boshqalar).
Bu qurilmalar Andijon Mashinasozlik instituti “Transport va Logistika” fakulteti binosiga o‘rnatilgan va sinxron holda ishlashga moslashtirilgan. Keyingi bo‘limda ushbu qurilmalarning programmalash haqida batafsil ma’lumotlar keltiriladi.
2.7-rasm AndMI “Transport va logistika” fakultetiga o‘rnatilgan ‘Smart qo‘ng‘iroq’ tashqi ko‘rinishi.
III BOB. Tashkiliy texnologik qism
3.1.Avtomatlashtirilgan qo‘ng‘iroq chalinish tizimlarining texnologik asoslari va ularni amalga oshirish jarayonlari.
Dastlabki operatsiyalar
3.1-rasm. Dastur sozlamalarini sozlash
Tugmalari bilan kerakli tilni tanlaniladi va “OK” tugmasini bosiladi.
Tugmachalari bilan kerakli yilni tanlaniladi va “OK” tugmasini bosiladi.
Tugmachalari bilan kerakli oyni tanlaniladi va “OK” tugmachasini bosiladi.
Tugmachalari bilan kerakli kunni tanlaniladi va “OK” tugmasini bosiladi.
Tugmachalari bilan kerakli soatni tanlaniladi va “OK” tugmachasini bosiladi.
Tugmachalari bilan kerakli daqiqani tanlaniladi va “OK’ tugmasini bosiladi.
Eslatma: agar Sozlamalar tugamagan bo‘lsa va 2 daqiqa davomida tugmachalar bilan operatsiya qilinmasa, qurilma menyuga qaytadi.
|
| |