Matematik savodxonlik , fan va texnika yangilklaridan xabardor bo’lish hamda foydalanish kompetensiyasi




Download 157.43 Kb.
bet5/8
Sana04.04.2017
Hajmi157.43 Kb.
#2969
1   2   3   4   5   6   7   8
6. Matematik savodxonlik , fan va texnika yangilklaridan xabardor bo’lish hamda foydalanish kompetensiyasi

- aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy, kasbiy va iqtisodiy rejalarini tuza olish;

- shaxsiy, ijtimoiy va iqtisodiy munosabatlarda hisob-kitob bilan ish yuritish;

- kundalik faoliyatda turli formula, model , chizma, grafik va diagrammalrni o’qiy olish va foydalanish;

- inson mehnatini yengillashtiradigan , mehnat unumdorligini oshiradigan va qulay shart-sharoitga olib keladigan fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo’lish hamda foydalana olish.

Xo’sh xozirgi kunda kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan DTS nima uchun zarur bo’lib qoldi.Bu savolga javob berish uchun “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning asosiy tarkibiy qismlariga e’tibor qaratish lozim.Ya’ni ta’lim tizimi, shaxs,davlat va jamiyat, fan va ishlab chiqarishdan iborat bo’lgan milliy modelning ayrim qismlaridagi ulkan o’zgarishlar xususan davlat va jamiyatning tubdan o’zgarishi ,hayotimizga kirib kelgan axborot-kommunikatsion vositalar,fanning eng so’nggi yutuqlariga asoslangan zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalari va oldingi yoshlardan tubdan farq qiluvchi o’zgacha fikrlovchi yoshlarnig vujudga kelganliklarini keltirish mumkin.

Undan tashqari butun dunyoda bo’layotgan ta’lim sohasidagi islohotlar ham , xususan Janubiy –sharqiy Osiyo davlatlari, Yevropa va Amerika qit’asidagi 10-15 yildan buyon amalga oshirilayotgan ta’limiy islohotlarni keltirish mumkin.Masalan, har uch yilda maktab o’quvchilarining o’zlashtirishini baholash bo’yicha Xalqaro dastur (PISA)jahon mamlakatlari ta’lim tizimi sifatini o’rganib chiqadi.PISA(Programme for International Student Assessment) dasturining maqsadi 15-16 yoshli o’quvchilarning maktabda berilayotgan ta’limni qay darajada o’zlashtirayotgani va ularni inson faoliyatining turli sohalarida qo’llay bilishini tadqiq etishdan iborat.PISA dasturi bo’yicha birinchi tadqiqot 2000 yilda o’tkazilgan va unda 32 davlat ishtirok etgan.2003 –yilda 43, 2006-yilda 57, 2009-yilda 65,2012-yilda 65,2015-yilda 70 dan ortiq davlat ishtirok etgan.2015-yilga dasturda 500 000 mingga yaqin o’quvchi ishtorok etgan.

PISA dasturi bo’yicha mutaxassislar tomonidan 15-16 yoshli o’quvchilarning o’qsh savodxonligi, matematik savodxonligi va tabiiy- ilmiy savodxonligi sinovdan o’tkaziladi.

“Matematik savodxonlik” bo’limi bo’yicha dasturda o’quvchilarga havola qilingan masalalardan namuna ko’raylik.



Download 157.43 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 157.43 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Matematik savodxonlik , fan va texnika yangilklaridan xabardor bo’lish hamda foydalanish kompetensiyasi

Download 157.43 Kb.