|
Andijon viloyati marhamat tumani
|
bet | 2/9 | Sana | 03.07.2024 | Hajmi | 4,88 Mb. | | #266441 |
Bog'liq Natural sonlarni qo’shish va ayrish xamda matnli masalalar yangi Shavkat Mirziyoyev
KIRISH
Ma’lumki, matematika fani mavjud moddiy dunyodagi narsalarning fazoviy formalari va ular orasidagi miqdoriy munosabatlarni o ‘rganish jarayonida “ilmiy izlanish” metodlaridan foydalanadi. Shuning uchun ham ushbu darslikda ilmiy izlanish metodlaridan kuzatish va tajriba, taqqoslash, analiz hamda sintez, umumlashtirish, abstraktlashtirish va konkretlashtirishlarni matematika darslarida qo’llanishi ilmiy-metodik jihatidan tushuntirishga harakat qilingan. Matematikani o'qitish jarayonida fikrlash formalarini paydo qilish metodikasi ham yoritilgan, yani hissiy bilish (sezgi, idrok, tasavvur) bilan mantiqiy bilish (tushuncha, hukm, xulosa) orasidagi mantiqiy bog’lanishlar ochib berilgan. Matematik tushuncha va uni o’quvchilar ongida shakllantirish metodikasi, matematik hukm va uning turlari bo’lmish aksioma, postulat va teoremalarni o’quvchilarga o’rgatish metodikalari yoritilgan. Matematik xulosa va uning induktiv, deduktiv hamda analogik turlarini dars jarayonidagi tatbiqlari ko’rsatilgan. Matematika fanini o’qitishdagi didaktik prinsiplarning turlarini o’rgatishga alohida ahamiyat berilgan. Darslikda yangi pedagogik texnologiya asosida o‘qitishning an’anaviy va noan’anaviy metodlaridan: ma’ruza, suhbat, mustaqil ish, evritstik va muammoli ta’lim metodlarini dars jarayonida qo’llanilishiga katta ahamiyat berilgan. Matematika darsi, uning tuzilishi va uni tashkil qilish metodikasi, matematika darsining turlari, darsga tayyorgarlik va uning tahlili m atematika darsiga qo’yilgan talablar ochib berilgan.
Darslikda yana son tushunchasini kiritish va uni kengaytirish, ular ustida to’rt amalni bajarish, maktabdagi ayniy shakl almashtirishlarni o’rgatish, maktab matematika kursidagi tenglama turlari, tenglamalar sistemasi hamda parametrik usulda berilgan tenglamalarni yechish metodikalari ham ko‘rsatib o‘tilgan. Darslikning oxirida masala va uning turlarini yechish metodikasi ham ko‘rsatilgan. Har bir bob tugagandan keyin talabalar uchun shu bob mavzularining mazmunini ochib beruvchi mantiqiy ketma-ketlikka ega bo‘lgan savollar sistemasi hamda tayanch iboralar keltirilgan.
Ushbu metodik tavsiyada “Natural sonlarni ustunli qo’sish va ayrish” metodi nima ekanligi, bu metodni dars jarayonlariga qanday qo’llash kerakligi haqida so’z boradi. Bu metodni afzallik tomonlari shundan iboratki, o’quvchilar matematika darsi jarayonida matematik bilimlari bilan birgalikda boshqa fanlardan olgan bilimlarini ham takrorlab, mustahkamlab oladilar. Metodik tavsiyadan ko’zlangan asosiy maqsad shuki, o’quvchilarni olgan matematik bilim, ko’nikma, malaka va amaliy kompitensiyalarini rivojlantirishdan iborat. Metodik tavsiya o`quvchilarni kreativlikka yo`naltiradi. O`quvchi yoshlarni mantiqiy fikrlash qobiliyatini o`stiradi, shakllar bilan ishlash qobilyatini rivojlantiradi, millatga, ona tilimizga hurmat ruhida tarbiyalaydi ,. O`quvchilar ongida tariximiz va o`zligimizga nisbatan hurmat va faxrlanish hissini oshiradi .
|
| |