|
Andijon viloyati marhamat tumani
|
bet | 4/9 | Sana | 03.07.2024 | Hajmi | 4,88 Mb. | | #266441 |
Bog'liq Natural sonlarni qo’shish va ayrish xamda matnli masalalar yangiNATURAL SONLAR
Narsalarni sanashda ishlatiladigan sonlar natural sonlar deb ataladi.
Natural sonlar o‘nta: 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 0 raqamlari bilan yoziladi.
18, 905, 3 410, 10 201, 1 678 314.
Bu natural sonlarning o‘nli yozuvi deb, sonlar esa o‘nli sanoq sistemasida
yozilgan deyiladi.
Natural sonlar sanoq tartibida ketma-ket yozib chiqilsa,
1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10, 11, 12, 13, 14, 15, ...
natural sonlar qatori hosil bo‘ladi.
Natural sonlar qatorida 1 eng kichik natural sondir.
Natural sonlar qatori cheksizdir.
0 natural son emas.
Ko‘p xonali sonlar, ularning o‘qilishi va yozilishi
Natural sonlar yozuvidagi raqamlar soniga qarab turlicha nomlanadi
Natural son deb sanash (sanoq) uchun ishlatiladigan sonlarga aytiladi. Natural sonlar to'plami �N harfi bilan belgilanadi. Natural sonlar qatori cheksizdir. Natural sonlar qatori: 1,2,3,4,5,6,7... [ 0(nol) natural son emas]. 3] Natural sonlar ustida amallar.
Natural songa natural son qo'shilsa natija har doim natural son bo'ladi.
7+10=17
Bunda 7 soni 1-qo'shiluvchi, 10 soni 2-qo'shiluvchi, 17 soni yig'indi deyiladi.
Natural sondan natural son ayrilsa natija natural son bo'lish ham mumkin, natural son bo'lmasligi ham mumkin.
14-6=8. 11-34=-23
Bunda 14(va 11) soni kamayuvchi, 6( va 34) soni ayriluvchi, 8(va -23) soni ayirma deyiladi.
MATNLI MASALA
M atnli masala - muammoli vaziyat tavsifidan iborat. Matnli masalada biror muammoli vaziyat yozma tarzda beriladi va undagi muammoni hal qilish, ya’ni yechish talab qilinadi. Matnli masalada matndan tashqari muammoga doir turli xil rasm, chizma, jadval va diagrammalar ham berilishi mumkin. Muammoli vaziyatdan matematik masalaga o‘tiladi. Matnli masalani yechish uchun avval matnni yaxshilab o‘qib, undagi hayotiy muammo tahlil qilinadi. Mulohaza yuritish orqali masala sxema va matematik belgilar yordamida ifodalanadi hamda matematik masalaga olib kelinadi Shundan so‘ng, masalani yechishga kirishiladi.
Matnli masalalar mulohaza yuritib yechiladi. Matnli masalani yechish jarayonini shartli ravishda to‘rtta bosqichlarga bo‘linadi va har bir bosqichda quyidagicha mulohazalar yuritiladi: Masalani yechish bosqichlari
|
| |